Tripslar turkumi ikki kenja turkum: tuxum qo‘yuvchilar (
Terebrantia
) va
naycha dumlilar (
Tubulifera
) ga bo‘linadi.
Birinchi kenja turkumga qarashli turlarda tuxum qo‘ygich yaxshi taraqqiy etgan va
oldingi qanotlarida bittadan chetki va yana ikkitadan cho‘ziq tomirlar bor.
Ikkinchi kenja turkumga mansub tripslarda tuxum qo‘ygich yo‘q, qorinchaning oxirgi
uchi naychasimon cho‘ziq, oldingi qanotlarida bittadan tomir bor.
Tuxum qo‘yuvchi tripslardan
Thripidae
oilasiga mansub kanaxo‘r trips va yana bir
qator turlar qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradi. Naycha dumli tripslar (hammasi
Phloethripidae
oilasiga mansub)
bug‘doy
va
puchgul
tripslar ko‘proq tarqalgan.
Tamaki tripsi
turli o‘simliklarning barg va gullarida oziqlanadi. G‘o‘za
zararkunandalari qatoriga kiradi. Bundan tashqari tamaki, beda, bodring (ayniqsa,
issiqxonalarda), piyoz, karam va boshqa ekinlarga ham zarar keltiradi.
Bug‘doy tripsi
–
Haplothrips tritici
Kurd. Bug‘doyga, ayniqsa, quruqchilik yillari
lalmikor erlardagi o‘simliklarga sezilarli zarar keltiradi.
Puchgul tripsi
–
Haplothrips aculeatus
Fabr. Boshoqli madaniy o‘simliklarda
rivojlanadi. Qisman boshqa o‘simliklarda ham uchraydi. O‘rta Osiyoda sholiga zarar
keltirishi aniqlangan. Ovqatlanishi va keltiradigan zarari bug‘doy tripsiga o‘xshash. Keng
tarqalgan.
Trips(Suocerathrips lingus)ning lichinka va imagosi
Yarim qattiqqanotlilar (
Nemirtera
)
Yarim qattiqqanotlilar (
Nemirtera
) yoki qandalalar turkumi to‘liqsiz o‘zgarish bilan
rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka besh yoshni o‘tib voyaga etadi. 25 mingdan ortiq
turi ma’lum, shundan 2 mingtachasi MDH da uchraydi.
Yarim qattiqqanotlilar, asosan, quruqlikda yashaydi, qisman turlari suvda ham
uchraydi. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan.
62
MDH davlatlarining sahro va chala sahro zonalarida ko‘p turlari uchraydi. Bu turlar
o‘rtasida o‘rgimchaklar jumladan, boshqa zararkunandalarni kamaytiruvchi yirtqich turlari
ko‘p. Issiq iqlimli joylarda ko‘rshapalak, qush, odam qonini so‘ruvchi turlari ham bor.
Yarim qattiqqanotlilar morfologik belgilari bilan aniq guruhlarni tashkil qiladi.
Tanasi yassi, silindrik yoki bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Kattaligi 1
mm-
1
sm
o‘rtasida. YAxshi
taraqqiy etgan fasetik ko‘zlaridan tashqari yana 2 oddiy ko‘zlar ham bor.
Tuxumlari qattiq, po‘sti tarang, bochka yoki sharsimon, yuqori uchida qopqoqchasi
bor, u lichinka chiqish chog‘ida embrionningboshidagi maxsus do‘mboqcha (tuxum tishi)
yordamida ko‘tarilib ochiladi.
Lichinkalari etuk formalariga o‘xshaydi, lekin tashqi ko‘rinishi, kichikligi, qanoti
yo‘qligi bilan farq qiladi.
Qandalalar epimorfoz tipida rivojlanadi. Hayot kechirishi va tarqalish areali har xil.
Deyarli hamma tur qandalalar tuxum qo‘yib ko‘payadi, faqat ko‘rshapalaklarda tashqi
parazitlik qiluvchilari tirik tug‘adi. Tuxumlarini o‘simlik to‘qimalari ichiga botirib yoki
o‘simliklar sathiga yopishtirib qo‘yadi. Bir urg‘ochi, turiga qarab, 10- 100 tagacha tuxum
qo‘yadi. Ba’zi tur qandala (N. Phyllomorpha) tuxumlarini erkak zotlari ustiga o‘rnashtirib,
boshqa birlari esa o‘z tanalari ostiga yashirib qo‘yadi. Rivojlanishlari bir necha haftadan
ikki yilgacha davom etadi.
Qandalalarning fitofag turlari urug‘, meva, barg yoki boshqa organlar shirasi bilan
oziqlanadi. Fitozoofaglar ham ko‘pchilik turni tashkil etadi. Bular o‘simliklarda oziqlanib,
zarar
keltirishi
bilan
birga,
mayda
bo‘g‘imoyoqlar, shu jumladan, o‘simlik
zararkunandalarining kushandasi ham hisoblanadi.
Fitofag va fitozoofagdan tashqari tipik yirtqich tur qandalalar ham bor.
Birinchi ikki trofik guruhlarga (
Plataspidae
, ko‘pchilik
Sudnidae, Lygaeidae
)
oilasining ba’zi bir turlari kiradi. MDH davlatlarida kam uchraydi va zararkunanda
sifatida ahamiyatga ega emas.
Uchinchi guruh (
Piesmatedae, Tingidae, Miridae
) ning ba’zi turlari barglarda mayda
yaltiroq nuqtalar yoki yirikroq dog‘lar paydo qiladi. Zarari xavfli emas.
To‘rtinchi guruh eng katta va qishloq xo‘jalik o‘simliklarining muhim
zararkunandalarini o‘z ichiga oladi. Bunga ko‘pchilik miridlar (
Miridae
) va
Coreoidae
hamda
Pentatomoidae
bosh oilalari turlari kiradi. Turli xil zarar keltiradi. Maysalarning
o‘sish nuqtasini nobud qiladi. Usimliklarning keyinchalik rivojlanish fazasida ular poya va
shoxlarning normal o‘sishini buzadi, uch qismlarining qurishiga sababchi bo‘ladi.
Generativ organlari paydo bo‘lganida g‘alla boshoqlari oqboshoqqa aylanadi, gul va
g‘unchalari to‘kiladi. Qandalalar urug‘ bilan ham ovqatlanadi. Agar urug‘ ertagi fazasida
zararlansa, nobud bo‘ladi, sut davrida bo‘lsa bujmayib qoladi.
Beshinchi guruhga
Lygaeidae
oilasiga mansub ko‘p turlar,
Pyrrhocoridae, Coreidae
va
Petatamoidae
tegishli ba’zi turlar kiradi. Ular o‘simliklar shirasini so‘rib ovqatlanadi.
Bu yarim qattiqqanotlilarning etuk davri uzoq, shuning uchun ham ovqatlanish xarakteri
ham o‘zgargan. Xasva qandalalar, eliylar, ba’zi bir kraeviklar, qisman miridlar (xususan,
etuk davrida qishlovchilar) yuqoridagi oilalarning tipik vakili hisoblanadi. Qandaladan
zararlangan urug‘larning og‘irligi kamayadi, ekilganda unib chiqmaydi. Zararkunanda
turlari baliqchilik xo‘jaliklarida va parrandachilikda uchraydi. Suvda yashovchi turlari
baliqlar tuxumi va chavoqlari bilan oziqlanib, ular miqdorini kamaytiradi. Kishilar va
qushlarda uchraydigan turlari kasalliklar tarqatadi.
63
Miridlar (
Miridae
) oilasiga mansub qandalalar guruhining kattaligi 2-10
mm,
nozik,
tanasi yumshoq. Tana formasi va rangi har xil. Ko‘zlari yirik, boshining orqa chetiga
joylashgan. Ko‘zchalar yo‘q, shu sababli bu oilaga mansub qandalalar so‘qirlar deb ham
ataladi. Burtlari odatda ingichka va uzun. Xartumchasi 4 bo‘g‘imli o‘rta va orqa
ko‘kraklari chok-chiziqlar bilan bir qancha qismlarga bo‘lingan. Qalqonchasi uchburchak
ko‘rinishda. Ust qanoti korium
(s),
klavus
(s1),
kuneus
(si)
va pardali
(t)
qismlarga
bo‘lingan. Panjalari 3 bo‘g‘imli.
Ko‘pchilik turlari o‘simlikxo‘r. Qishloq xo‘jalik ekinlariga, ayniqsa, urug‘lik
donlarga katta zarar keltiradi. Yirtqich yoki o‘simlik va hayvonlar hisobiga yashovchi
turlari ham bor.
Beda qandalasi –
Adelphocoris lineolatus
Goeze. Beda va boshqa ko‘p yillik hamda
kam yillik dukkakli o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |