O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


Tengqanotlilar (Homoptera) turkumi



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Tengqanotlilar (Homoptera) turkumi 
Shiralar (Aphidinae) teng qanotlilar (Homoptera) turkumiga mansub kenja 
turkumlardan biri. To‘liqsiz o‘zgarishli rivojlanadi.
Shiralar tanasi nozik (yumshoq), ko‘pincha oval ko‘rinishda, ba’zan shar va, hatto, 
silindrsimon, siyrak yoki zichroq tuklar, ba’zan oq g‘ubor yoki bezlar ishlab chiqargan oq 
mumsimon momiq bilan qoplangan. Rangi yashil, sarg‘ish yoki to‘q yashil, qoramtir va 
qora bo‘lishi mumkin. Burtlari 6 bo‘g‘imli, turlariga qarab bo‘g‘imlar soni kamroq ham 
bo‘ladi. Lichinka burtlari bo‘g‘imi soni etuk formalarnikiga nisbatan oz. Burtlarning 
birinchi ikki bo‘g‘imi qisqaroq va yo‘g‘onroq. Burtlarda
 rinariylar 
deb ataluvchi organlar 
bor. Ularning forma va o‘rnashish tartiblari har xil. SHiralar tug‘ilishidayoq paydo 
bo‘lgan boshlang‘ich yoki doimiy rinariylardan biri so‘nggi bo‘g‘imning cho‘qqisi 
o‘rnashgan joyida, ikkinchisi bo‘lsa, undan oldingi bo‘g‘imda bo‘lib, hasharotning umri 
bo‘yicha saqlanib qoladi. Oxirgi tullashdan so‘ng qanotli formalari burtlarida doimo, 
qanotsizlarnikida bo‘lsa, ba’zan, ikkilamchi rinariylar paydo bo‘ladi. Rinariylar yumaloq, 
oval yoki gardishsimon bo‘lishi mumkin. 
Shiralar xartumi cho‘ziq pastki labdan iborat bo‘lib, uch bo‘g‘imlidir. Birinchi 
bo‘g‘imi juda qisqa, ikkinchisi eng uzuni. Ko‘krak qismi oldingi – o‘rta va orqa 
ko‘krakdan iborat. Urta ko‘krak eng kattasi bo‘lib, qanotlarida orqa ko‘krak bilan tutashib 
ketgan. 
Qanoti nozik, pardasimon, odatda tiniq, ba’zan tutun rangli. Oldingi qanotlarida 
uzunasiga ketgan ikkita: kostal va subkostal tomirlar bor. Bu tomirlar qanotning uch 
qismida kul rangli «ko‘zcha» hosil qiladi. Subkostal tomiridan qiyalab to‘rtta tomirchalar 
chiqqan. To‘rtinchi tomircha ko‘zchadan boshlanadi va dugasimon ilingan holda qanot 
uchi tomon yo‘naladi. Orqa qanotlarida bittadan uzunasiga ketgan radial tomir bor, undan 
ikkita qiya tomirlar chiqadi, ba’zan, ular taraqqiy etmaydi. 


57 
Oyoqlari tuklar bilan qoplangan. Urg‘ochilari orqa oyoqlar boldirida rinariylarni 
eslatuvchi rangli yumaloq mayda teshikchalar bor. SHiralarning panjalari odatda ikki 
bo‘g‘imli, ulardan birinchisi bir bo‘g‘imlidir. 
Qorinchasi 9 bo‘g‘imdan tashkil topgan bo‘lib, ko‘pchiligi bir- birndan aniq 
ajralmaydi. Birinchi etti segmentlari yonboshida bir juftdan stigmalari – nafas olish 
teshiklari bor. Ko‘pchilik tur shiralarning oltinchi segmenti yuqori tomonida turli katta-
kichiklikda va formada «shira bo‘rtmalari» yoki «shira naychalari» bor. Ular havoda tez 
qotib qoladigan suyuq elimsimon modda ajratadi. SHira naychalari turli bo‘yli; ko‘rinishi 
silindr, shish, gumbazsimon va boshqacha bo‘lishi mumkin. Urg‘ochi jinsiy teshigi 
qorinchaning 8 va 9 bo‘g‘imlari oralig‘iga joylashgan. Anal teshigi dumcha ostida 
joylashgan ko‘ndalang yoriqcha formadadir. U orqali shiraning «sharbat-shudring» deb 
ataluvchi yopishqoq, suyuq chiqindisi chiqarib tashlanadi. Bu chiqindi tarkibida shira 
tomonidan hazm qilib ulgurilmagan qand mod- dasi bor. Mana shu chiqindi o‘simlikni 
ifloslantiradi. 
Ko‘pchilik tur shiralar etuk davrida to‘rt xil formada: tirik tug‘uvchi qanotsiz, tirik 
tug‘uvchi qanotli, tuxum qo‘yuvchi qanotsiz urg‘ochi zotlar va qanotli (ahyon-ahyonda 
qanotsiz) erkak zotlar uchraydi. Ko‘proq tirik tug‘uvchi qanotsiz va ma’sum deb ataluvchi 
urg‘ochi zotlar uchraydi. Bahor – yoz vaqtlarida shiralar koloniya to‘plamlarining 
ko‘pchiligini tashkil etuvchi bunday formalar partenogenetik (urug‘lanmasdan) urchiydi. 
Mavsum davomida shiralarda jinsiy va jinssiz urchish bo‘g‘inlari navbatlashadi. 
Jinsiy bo‘g‘inlar kuzda vujudga keladi va urug‘lantirilmagan tuxumlar qo‘yadi. Tuxumlar 
qishlaydi. Bahorda ulardan shiralar ochib chiqadi. Bu tlyalar katta yoshga etgandan so‘ng 
kelgusi bo‘g‘inlar uchun asos bo‘ladi, shuning uchun ularni
asoschilar
deyiladi. Ular 
deyarli qanotsiz bo‘ladi va jinssiz usulda qanotli va qanotsiz zotlar tug‘adi. Shular 
jumlasidan tirik tug‘uvchi qanotlilari, odatda, ko‘p bo‘lmaydi. Ular turning tarqalishini 
ta’min qiladi, shu sababli
tarqalishchilar
deb ataladi. Kuzga borib qanotli urg‘ochi 
formalar ko‘i miqdorda paydo bo‘ladi, ular jinsiy – erkak va urg‘ochi zotlar tug‘adi va
 
jinslilar
deb ataladi. 
Shunday qilib, bahor - yoz davrida shira koloniyalari jinssiz tirik tug‘uvchi va 
lichinka zotlardan iborat bo‘ladi va faqat kuzga borib erkak va tuxum qo‘yuvchi urg‘ochi 
zotlari yuzaga keladi. 
Urug‘lantirilgan urg‘ochi tuxum qo‘yadi. Tuxumlar qishlaydi. Ular yaltiroq –qora 
rangda, oval formali va ko‘zga ko‘rinadi. 
Shiralar etuk davriga qadar to‘rt qayta tullaydi. Bular bahorda 15-20 kunda, yozda 4-
8 kunda rivojlanadi. Oxirgi tullashdan so‘ng shiralar tirik tug‘a boshlaydi. 
Bo‘g‘inlar almashishdan tashqari, shiralar bir tur o‘simlikdan ikkinchisiga ko‘chib 
o‘tadi. Ular uchun daraxtlar, asosiy o‘tsimon o‘simliklar esa, ko‘pincha, o‘tkinchi xo‘jayin 
rolini o‘ynaydi. Asosiy o‘simliklarga qishlovchi tuxum qo‘yadi va ularda asoschilarning 
bir-ikki bo‘g‘in zotlari yashaydi va faqat qanotli urg‘ochi tarqaluvchilar o‘tkinchi 
o‘simliklarga uchib o‘tadi. Nihoyat, bu erda yozgi tirik tug‘uvchi zotlar urchiy boshlaydi. 
Kuzda qanotli jinslilar paydo bo‘ladi, ular yana asosiy xo‘jayin o‘simliklarga uchib o‘tadi 
va u erda erkak hamda urg‘ochi zotlar tug‘adi. 
Ko‘pchilik tur shiralar bir tur o‘simlik bilan ovqatlanadi. Faqat nisbatan kamchilikni 
tashkil etuvchi tur shiralar ko‘pxo‘rlardir, lekin ular ham qanday bo‘lmasin bir tur yoki 
gruppa tur o‘simliklarda ovqatlanadi. Usimliklar bargida yashirinsiz yashovchi shiralar 
yassi oval ko‘rinishda. YArim yashirin, masalan, bukilgan barglar ichida yashovchilarning 


58 
tanasi bo‘rtgan, butunlay yashirin sharoitlarda (masalan, tuproq ichida, ildizda) hayot 
kechiruvchilarining tanasi juda bo‘rtgan bo‘ladi. Ular tanasi rangsiz, sariq, oqish yoki och 
sariq. 
G‘o‘zaga poliz shirasi, beda shirasi va katta g‘o‘za shirasi deyarli hamma zonalarda 
shikast etkazadi. Ba’zan, g‘o‘zadagi shaftoli shirasi (Myzods persicae Sulz.) va so‘galdor 
shira (Thrioaphistrifolii Men.) uchrashi ham mumkin. 
Beda shirasi
– Aphis ceraccivora Koch. G‘o‘zaga katta zarar keltiradi. Shuningdek, 
beda, akadiya va dukkakli ekinlarning muhim zararkunandasi hisoblanadi.
Xoldor shira
– Therioaphis trifolii Mon. Ba’zan bedada ko‘plab uchraydi, zararli. Bir 
uyli. Bedadan tashqari boshqa dukkakli o‘simliklarda ham yashaydi. G‘o‘zaga ham o‘tishi 
mumkin. 
Ildiz shirasi
– Smynthurodes betae Westw. G‘o‘za ildizida ham ovqatlanadi; zararli. 
Juda keng tarqalgan. Ildiz shirasining – Pemphigus fiscicornis Koch turi Ukrainada 
lavlagining muhim zararkunandasi hisoblanadi. 
YAshil no‘xat shirasi
– Acurthosiphon pisum Harr. YAshil no‘xatga katta zarar 
etkazadi. Bir uyli. Juda, keng tarqalgan. Bedada maxsus formasi uchraydi. U beda katta 
shirasi nomi bilan ham yuritiladi. 
 
Karam shirasi
– Brevicorynebrassicae L. Karamga, ba’zan, boshqa butgullilarga katta 
zarar keltiradi. Viruslar tarqatadi.
Lavlagi shirasi
–Aphis fabae Scop. Juda zararli hasharot turlaridan biri. Bular so‘rgan 
barg burishadi, quriydi va ko‘pincha o‘simlikni nobud qilishgacha olib boradi.
Makkajo‘xori tukdor shirasi
– Rungsia maydis Pass. Makkajo‘xoridan tashqari 
boshoqli o‘simliklarga ham zarar keltiradi.
Oq jo‘xori shirasi
–Rhopalosiphum maidis Fitch. Oq jo‘xori, arpa, makkajo‘xoriga, 
ba’zan, qattiq zarar keltiradi. Barg va barg qo‘ltig‘ida yashab, shira so‘rib ovqatlanadi.
Boshoqlilar oddiy shirasi
– Schizaphis gramina Rond. Arpa, bug‘doy, makkajo‘xori, 
oq jo‘xori, ayniqsa, sholiga zarar keltiradi.
Boshoqlilar katta shirasi
– Macrosiphum avenae F. Asosan, boshoqli ekinlarda 
oziqlanib, donini aynitadi, hosilini kamaytiradi.
Arpa shirasi
– Brachycolus noxius Mordv. Ko‘proq arpa va ba’zan bug‘doyga zarar 
etkazadi. Zararlangan barg uchi naysimon qayrilib qoladi. Bu zararkunandalar gulda va 
boshoqda oziqlanadi. 
 
Shaftoli shirasi –
Myzodes persicae Sulz. Bu tur oranjereya yoki tamaki shirasi nomi 
bilan ham ataladi. SHaftoli barglarini zararlaydi. Tamaki, kartoshka, karam, ba’zan g‘o‘za, 
oranjereyadagi o‘simliklarga zarar keltiradi.
Yashil olma shirasi
–Aphis pomi Deg. Olmazorlarda, ayniqsa, pitomniklarda zarar 
keltiradi. Olma, behi, nok, do‘lana barglarida oziqlanadi. Ba’zan, o‘rik, shaftoli va 
boshqalarda ham uchrashi mumkin.
Anor shirasi
– Aphis punicae Pass. Anorning barglarida, qisman mevasida shira so‘rib, 
zarar keltiradi. Bir uyli. Anorzorlarda keng tarqalgan. 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish