237
KIRISH
Mustaqilikka erishganimizdan keyin Respublikaning barcha oliy va o‘rta maxsus
o‘quv yurtlarida “Dinshunoslik” fani o‘qitila boshlandi.
Bu ish jamiyatni demokratik
asoslarda qayta qurilishi, takomillashuvining nazariy-amaliy
asoslarini ishlab chiqish
yo’lida muhim qadam bo‘ldi. Zero, yurtimizning milliy mustaqil taraqqiyot yo’liga
chiqishi, iqtisodiyotni yangi tamoyillar asosida boshqarishga o’tilishi, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining yaratilishi, huquqiy davlat va demokratik jamiyat asoslari
yaratilayotganligi ijtimoiy fanlar rivojiga alohida e’tibor berish zaruriyatini kun tartibiga
qo‘ydi.
Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat
natijasida biz uchun
nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi.O‘zbekiston Respublikasi jahon
hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot
qilishning yuksak madaniyatiga yerishish katta ahamiyat kasb etadi.
“Dinshunoslik” fani kishilar diniy e’tiqodi, dinlar, ulardagi oqim va mazhablar, din
jamiyatning ajralmas qismi ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi.
Dinning umumiy
ta’rifi, uning kelib chiqishi, ta’limoti, muqaddas manbalari. “Vijdon
erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati haqida. Jahonda mavjud bo’lgan
dinlarning umumiy xususiyatlari, dunyo diniy xaritasi, dunyo xalqlarining dinga bog‘liq
qadriyatlari to’g‘risida, din va qonunning o’zaro munosabatlarini o’rganadi.
Talabalar mazkur fanni o‘rganish yuzasidan, uning mohiyatini izchil o‘rganib
olishda manba sifatida mustaqil ta’lim mavzusiga
oid asosiy adabiyotlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari, ma’ruza
va nutqlarida asoslab
berilgan g‘oyalarini o‘rganishi lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy
Majlis qabul qilgan qonunlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari mazkur fanni o‘rganishda muhim manbalardir.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Dinshunoslik”
fanidan mustaqil ta’limni bajarish bakalavr bosqichi 1-kurs I, II - semestrida olib
boriladi. Ushbu mustaqil ishni bajarish bo‘yicha uslubuy qo‘llanma “Dinshunoslik” fani
namunaviy dastur va ishchi o‘quv fan dasturlari asosida
Nizomiy nomidagi TDPU
o‘quv yuklamasidan kelib chiqib 64 soat bo‘lib, ma’ruza-18 soat, seminar-18 soat,
mustaqil ta’lim-28 soat hajmida olib boriladi.
238
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi
286-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: