O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
24

4-jadval 
Dala tajribasini amalga oshirish tizimi

Sug‘orish oldi tuproq namligi, CHDNSga 
nisbatan % da
Sug‘orish meyori, m3/ga
1
Ishlab chiqarish nazorati
Faktik o‘lchovlar
2
70-70-60
70-100-70 sm qatlamdagi namlik tanqisligi bo‘yicha
3
70-80-60
70-100-70 sm qatlamdagi namlik tanqisligi bo‘yicha
4
70-80-60
70-100-70 sm qatlamdagi namlik tanqisligi 30% ga oshirilgan
Tadqiqot ob’ekti va uslublari. 
Ilmiy 
tadqiqot ishlari Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 
“Ergash Ro‘zimov” fermer xo‘jaligi (IX gidromodul 
rayon)ning og‘ir qumoq (1-tajriba) va Gurlan 
tumanidagi “To‘lqin Mirzabek Asilbek” fermer 
xo‘jaligi (VII gidromodul rayon)ning engil qumoq 
(2-tajriba) sug‘oriladigan yerlarida olib borildi. 
Barcha fermer xo‘jaliklarining yerlarida kollektor-
zovur tarmoqlari barpo qilingan, sug‘orish 
tarmoqlari injenerlik xususiyatga ega. Qishloq 
xo‘jaligi ekinlarni sug‘orish uchun suv dalalarga 
shox va o‘q ariqlar orqali yetkaziladi va ekinlar 
egatlab sug‘oriladi. Xo‘jalikning tuproqlari kuchsiz 
va o‘rtacha darajada sho‘rlangan.
Dala tajribalari quyidagi tizimda amalga 
oshirildi (4-jadval):
Tadqiqot 
natijalari 
va 
ularning 
muhokamasi.
Tuproq haydov qatlamining tuzilishini 
belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri uning 
hajmi og‘irligi hisoblanadi. Bunda tajriba dalalarida 
tuproq hajmiy og‘irligi bo‘yicha olingan natijalar 
ko‘ra, 1-tajribada vegetatsiya boshida tuproqning 
hajmiy og‘irligi haydaladigan 0-30 sm qatlamda 
1,37 g/sm3 ni, haydov osti (30-50 sm) qatlamda 1,43 
g/sm3 va 0-100 sm qatlamda 1,41 g/sm3 tashkil qildi. 
2-tajribada vegetatsiya boshida tuproqning 
hajmiy og‘irligi haydaladigan 0-30 sm qatlamda 
1,32 g/sm3 ni, haydov osti (30-50 sm) qatlamda 
1,35 g/sm3 va 0-100 sm qatlamda 1,33 g/sm3 tashkil 
qildi.
Tajriba dalalari tuprog‘ining cheklangan 
dala nam sig‘imi.
Tuproqning cheklangan dala 
namlik sig‘imi deganda, uning o‘ziga ma’lum 
miqdorda suvni singdirish va ushlab turish 
qobiliyati tushuniladi. Tuproqda suvni saqlash 
holati, kuchi va sharoitiga bog‘liq namlik sig‘imi 
quyidagicha: maksimal adsorbsion namlik sig‘imi, 
maksimal molekulyar, kapillyar, dala va to‘liq nam 
sig‘imlariga ajraladi.
Dala tajribalari ma’lumotlariga ko‘ra, 
1-tajriba dala bo‘yicha tuproqning cheklangan dala 
nam sig‘imi haydalma 0-50 sm qatlamida quruq 
tuproq og‘irligiga nisbatan 22,4% ni, tuproqning 
0-100 sm qatlamida cheklangan dala nam sig‘imi 
quruq tuproq og‘irligiga nisbatan 22,5% ni,
2-tajribada 0-50 sm qatlamda 19,6 % ni, 0-100 sm 
qatlamda 19,3% ni tashkil etdi.
Tajriba 
dalalari 
tuprog‘ining 
suv 
o‘tkazuvchanligi.
Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning 
muhim suv-fizik xususiyatlaridan biri bo‘lib, u 
tuproqning suvni singdirish va pastki qatlamlarga 
o‘tkazish qobiliyatini tavsiflaydi, ushbu jarayon 
filtratsiya deb ataladi. Suv o‘tkazuvchanlik 
tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, chirindi 
miqdori va sho‘rxoklik darajasiga bog‘liq holda 
turlicha bo‘ladi. Tuproq suv o‘tkazuvchanligi 
tuproqning mexanik tarkibiga va suv-fizik xossasiga, 
uning struktura holatiga, zichligi, g‘ovakligi, namlik 
hamda namlanish davomiyligiga ham bog‘liq. 
Tadqiqot olib borilgan o‘tloqi tuproqlar S.V.Astapov 
bo‘yicha o‘rtacha suv o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, 
har turli sug‘orish tartiblari ta’sirida uning qiymatlari 
variantlar bo‘yicha turli miqdorlarni tashkil etdi. 
Tajriba 
dalalarida 
tuproqning 
suv 
o‘tkazuvchanligi bo‘yicha olingan natijalarga 
binoan 1-tajribada vegetatsiya davrining boshida 
tuproq suv o‘tkazuvchanligi 6 soat davomida 
996 m3/ga yoki 0,277 mm/minni tashkil qildi.
2-tajriba uchastkasida vegetatsiya 
davrining boshida tuproq suv o‘tkazuvchanligi 
6 soat davomida 1501 m3/ga yoki 0,417 mm/minni 
tashkil qildi.
G‘o‘zaning sug‘orish tartiblari. Qishloq 
xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda sug‘orish tartibi 
aniq bir iqlimiy sharoitda, har bir o‘simlik turi 
bo‘yicha suv rejimini ta’minlash zarur. Qishloq 
xo‘jalik ekinlari g‘o‘zaning biologik xususiyatlariga 
binoan suv bilan ta’minlanish sharoitiga turlicha 
munosabatda bo‘ladi. Lekin odatda butun o‘sish 
va rivojlanish davri davomida suvga bo‘lgan talabi 
uzluksiz qondirilsa, barcha o‘simliklar maksimal 
darajadagi hosildorligi ta’minlanadi.
Sug‘orish me’yori quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlandi.

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish