O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
24
4-jadval
Dala tajribasini amalga oshirish tizimi
№
Sug‘orish oldi tuproq namligi, CHDNSga
nisbatan % da
Sug‘orish meyori, m3/ga
1
Ishlab chiqarish nazorati
Faktik o‘lchovlar
2
70-70-60
70-100-70 sm qatlamdagi namlik tanqisligi bo‘yicha
3
70-80-60
70-100-70 sm qatlamdagi namlik tanqisligi bo‘yicha
4
70-80-60
70-100-70 sm qatlamdagi namlik tanqisligi 30% ga oshirilgan
Tadqiqot ob’ekti va uslublari.
Ilmiy
tadqiqot ishlari Xorazm viloyati Shovot tumanidagi
“Ergash Ro‘zimov” fermer xo‘jaligi (IX gidromodul
rayon)ning og‘ir qumoq (1-tajriba) va Gurlan
tumanidagi “To‘lqin Mirzabek Asilbek” fermer
xo‘jaligi (VII gidromodul rayon)ning engil qumoq
(2-tajriba) sug‘oriladigan yerlarida olib borildi.
Barcha fermer xo‘jaliklarining yerlarida kollektor-
zovur tarmoqlari barpo qilingan, sug‘orish
tarmoqlari injenerlik xususiyatga ega. Qishloq
xo‘jaligi ekinlarni sug‘orish uchun suv dalalarga
shox va o‘q ariqlar orqali yetkaziladi va ekinlar
egatlab sug‘oriladi. Xo‘jalikning tuproqlari kuchsiz
va o‘rtacha darajada sho‘rlangan.
Dala tajribalari quyidagi tizimda amalga
oshirildi (4-jadval):
Tadqiqot
natijalari
va
ularning
muhokamasi.
Tuproq haydov qatlamining tuzilishini
belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri uning
hajmi og‘irligi hisoblanadi. Bunda tajriba dalalarida
tuproq hajmiy og‘irligi bo‘yicha olingan natijalar
ko‘ra, 1-tajribada vegetatsiya boshida tuproqning
hajmiy og‘irligi haydaladigan 0-30 sm qatlamda
1,37 g/sm3 ni, haydov osti (30-50 sm) qatlamda 1,43
g/sm3 va 0-100 sm qatlamda 1,41 g/sm3 tashkil qildi.
2-tajribada vegetatsiya boshida tuproqning
hajmiy og‘irligi haydaladigan 0-30 sm qatlamda
1,32 g/sm3 ni, haydov osti (30-50 sm) qatlamda
1,35 g/sm3 va 0-100 sm qatlamda 1,33 g/sm3 tashkil
qildi.
Tajriba dalalari tuprog‘ining cheklangan
dala nam sig‘imi.
Tuproqning cheklangan dala
namlik sig‘imi deganda, uning o‘ziga ma’lum
miqdorda suvni singdirish va ushlab turish
qobiliyati tushuniladi. Tuproqda suvni saqlash
holati, kuchi va sharoitiga bog‘liq namlik sig‘imi
quyidagicha: maksimal adsorbsion namlik sig‘imi,
maksimal molekulyar, kapillyar, dala va to‘liq nam
sig‘imlariga ajraladi.
Dala tajribalari ma’lumotlariga ko‘ra,
1-tajriba dala bo‘yicha tuproqning cheklangan dala
nam sig‘imi haydalma 0-50 sm qatlamida quruq
tuproq og‘irligiga nisbatan 22,4% ni, tuproqning
0-100 sm qatlamida cheklangan dala nam sig‘imi
quruq tuproq og‘irligiga nisbatan 22,5% ni,
2-tajribada 0-50 sm qatlamda 19,6 % ni, 0-100 sm
qatlamda 19,3% ni tashkil etdi.
Tajriba
dalalari
tuprog‘ining
suv
o‘tkazuvchanligi.
Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning
muhim suv-fizik xususiyatlaridan biri bo‘lib, u
tuproqning suvni singdirish va pastki qatlamlarga
o‘tkazish qobiliyatini tavsiflaydi, ushbu jarayon
filtratsiya deb ataladi. Suv o‘tkazuvchanlik
tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, chirindi
miqdori va sho‘rxoklik darajasiga bog‘liq holda
turlicha bo‘ladi. Tuproq suv o‘tkazuvchanligi
tuproqning mexanik tarkibiga va suv-fizik xossasiga,
uning struktura holatiga, zichligi, g‘ovakligi, namlik
hamda namlanish davomiyligiga ham bog‘liq.
Tadqiqot olib borilgan o‘tloqi tuproqlar S.V.Astapov
bo‘yicha o‘rtacha suv o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib,
har turli sug‘orish tartiblari ta’sirida uning qiymatlari
variantlar bo‘yicha turli miqdorlarni tashkil etdi.
Tajriba
dalalarida
tuproqning
suv
o‘tkazuvchanligi bo‘yicha olingan natijalarga
binoan 1-tajribada vegetatsiya davrining boshida
tuproq suv o‘tkazuvchanligi 6 soat davomida
996 m3/ga yoki 0,277 mm/minni tashkil qildi.
2-tajriba uchastkasida vegetatsiya
davrining boshida tuproq suv o‘tkazuvchanligi
6 soat davomida 1501 m3/ga yoki 0,417 mm/minni
tashkil qildi.
G‘o‘zaning sug‘orish tartiblari. Qishloq
xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda sug‘orish tartibi
aniq bir iqlimiy sharoitda, har bir o‘simlik turi
bo‘yicha suv rejimini ta’minlash zarur. Qishloq
xo‘jalik ekinlari g‘o‘zaning biologik xususiyatlariga
binoan suv bilan ta’minlanish sharoitiga turlicha
munosabatda bo‘ladi. Lekin odatda butun o‘sish
va rivojlanish davri davomida suvga bo‘lgan talabi
uzluksiz qondirilsa, barcha o‘simliklar maksimal
darajadagi hosildorligi ta’minlanadi.
Sug‘orish me’yori quyidagi formula
bo‘yicha aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: