O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
22
1-jadval
O‘rta Osiyo yerlarini gidromodul rayonga bo‘lishdi
Gidromodul rayonining nomeri
Tuproqning mexanik tarkibi
Sizot suvlarining satxi, m
1
Yengil
3-4 dan chukur
2
O‘rta
-»-
3
Og‘ir
-»-
4
Yengil
2 dan 3 gacha
5
O‘rta
-»-
6
Og‘ir
-»-
7
Yengil
1 dan 2 gacha
8
O‘rta
-»-
9
Og‘ir
-»-
10
Turlicha
0 dan 1 gacha
xo‘jaligi ishlab chiqarishining keyingi o‘sishini
qiyinlashtiradi [3].
Respublikamizda mustaqillik yillarida
suvdan foydalanish tizimi tubdan o‘zgardi. Ilgari
Xorazm vohasida sentabr oyida daryolardan suv
olish to‘xtatilar hamda sho‘r yuvish boshlangunga
qadar kanal va zovur tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazilib,
ta’mirlash-tiklash tadbirlari amalga oshirilar edi.
Hozirgi kunda paxta-kuzgi bug‘doy navbatlab ekish
tizimi qo‘llanishi natijasida sug‘orish tarmoqlari yil
davomida uzluksiz ishlamoqda. Kollektor-zovur
tarmoqlariga tushayotgan yuk juda oshib ketdi.
Bular o‘z navbatida Xorazm vohasida tuproq hosil
bo‘lish jarayoniga ham ta’sir qilmoqda, vohada
gidromorf tuproqlar maydonlarining oshishi
kuzatilmoqda.
Shuning uchun 80-yillarda ishlab chiqilgan
Xorazm vohasining sug‘oriladigan yerlarini
gidromodul
rayonlashtirilishiga
o‘zgarishlar
kiritish, gidromodul rayonlar bo‘yicha sug‘oriladigan
yerlarni taqsimlash va har bir gidromodul rayonlari
bo‘yicha g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish
tartiblarini aniqlash masalalarini hal qilishga
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari iqlim o‘zgarishi
hamda Respublikamizda kuzatilayotgan va tobora
oshib borayotgan suv tanqisligi sharoitida dolzarb
hisoblanadi [4,5].
Sug‘orish
maydonlarini
gidromodul
rayonlashtirish – hududni taksonomik birlik
maydonlarga bo‘lish bo‘lib, uning maqsadi yer va
suv resurslaridan unumli foydalanish va u yerlarda
ilmiy-asoslangan sug‘orish tartiblarini qo‘llash,
hamda ekinlardan yuqori hosil olishdir.
Gidromodul rayonlashtirishning O‘rta
Osiyo uchun asosiy prinsiplari 1932-1951 yillarda
V.M.Legostaev, B.S.Konkov va G.P.Gelserlar
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida
tuproqning mexanik tarkibi va yer osti sizot
suvlarining joylashishi yotadi [6].
1948-1957 yillarda S.N.Rejov, B.V.Fedorov
va V.E.Eremenkolar rayonlashtirishning asosiy
prinsiplarini takomillashtirishdi va O‘rta Osiyo
yerlarini 10 ta gidromodul rayonga bo‘lishdi
(1-jadval).
Keyingi
takomillashtirish
sobiq
“Sredazgiprovodxlopok” (UzGIP MCHJ) instituti
tomonidan (Shreder va b.) 1968 yilda olib borildi.
Ular yuqoridagidan tashqari Respublika hududini
6 ta: Shimoliy I va Shimoliy, Markaziy I va
Markaziy II, Janubiy I va Janubiy II kenglik
mintaqalariga hamda gidrogeologik-meliorativ
oblastlarga ajratdilar.
Bular:
- chuqur joylashgan grunt suvlari yaxshi
oqimga ega va ular tuproq hosil bo‘lish jarayonida
ishtirok etishmaydi (grunt suvlarini yer ostiga
singish oblasti);
- yer yuziga yaqin joylashgan grunt suvlari,
tashqaridan oqib kelishi yaxshi, lekin oqib chiqib
ketishi qiyinlashgan hudud, ular tuproq hosil bo‘lish
jarayonida ishtirok etadi (grunt suvlarining yer
yuziga qalqib chiqish oblasti);
- grunt suvlarining doimiy satxi bo‘lmay,
ma’lum joydagi tabiiy sharoitga qarab o‘zgaradigan,
tashqaridan oqib kelishi va ketishi qiyinlashgan
hududlar (grunt suvlarini yoyilishi oblasti).
Shreder va b. (1968) ta’kidlashlaricha, yer
osti suvlari sathi va tuproqning mexanik tarkibi bir
xil bo‘lsa ham, gidrogeologik-meliorativ oblasti har
xil bo‘lsa, sug‘orish tartibi ham turlicha bo‘ladi.
Gidromodul rayon – tuproq-meliorativ oblastining
bir qismi bo‘lib, tuproq qatlamining qalinligi
yaqinligi, mexanik tarkibi, aeratsiya zonasida
ularning joylashishi, suv-fizik xossalari, sizot
Do'stlaringiz bilan baham: