O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
32
2-jadval.
Payshanba shaharchasi hududidagi yer fondi toifalarining 2021 yil 1 yanvarga bo‘lgan holati bo‘yicha
taqsimlanishi
T/r
Yer fondi toifalari
Umumiy maydon
ga
%
1.
Uy-joy qurilishi yerlari
356.12
82.30
2.
Umumiy
foydalanishdagi yerlar
2.3
0.53
3.
Kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, savdo, ma’muriy va xizmat
ko‘rsatish binolari hamda inshootlar qurilishi yerlari
58.03
13.41
4.
Daraxtzorlar egallagan yerlar
1.5
0.35
5.
Sanoat, transport, aloqa,
mudofaa yerlari
12.14
2.80
6.
Alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlari
1.28
0.30
7.
Suv fondi yerlari
1.36
0.31
8.
Zahira yerlar
-
-
Jami yerlar
432.73
100
to‘lanadigan soliq va kommunal xizmatlar
to‘lovlarining nazoratini tashkil etishda
birlamchi
asos bo‘lib hisoblanadi.
Yer hisobi va hisoboti hujjatlari
o‘rtasida mantiqiy jihatdan doimiy ravishda
bog‘liqlik bo‘lishi kerak. Chunki, hududdagi yer
uchastkalarining miqdor va sifat hisobi mazkur
hududdagi
yer toifasidagi, huquqiy va xo‘jalik
yuritish maqomlari bo‘yicha o‘zgarishlar asosida
shakllantirilishini inobatga olgan holda hududning
yer hisobini tuzishni vakolatli organ tomonidan yil
yakuni 31 dekabrga bo‘lgan hisoblar bo‘yicha,
keyingi yangi yil boshlanishi 1 yanvar holatidagi
o‘zgarishlarni, o‘tgan yil boshidagi (2-jadval) yer
hisobati bilan taqqoslangan holda quyidagicha
shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- hududidagi yer egalari va foydalanuvchilari
yer maydonlarining yangi yil boshlanishi 1
yanvar holatidagi o‘zgarishlar hisobini tasdiqlash
to‘g‘risidagi vakolatli organning qarori 2-shaklga
asosan;
- hududdagi yer
fondi toifalari va kichik
toifalari turlarining egallab turgan maydonlari
hududning umumiy yer maydoniga nisbatan foiz
hisobi 1-ilovaga asosan;
- hududdagi yer fondi toifalari va kichik
toifalari turlari egallab turgan yer maydonlarining
yer toifasidagi o‘zgarishlar hisobotiga asosan (yer
toifasi maqomi bo‘yicha);
- hududdagi yer fondi toifalari va kichik
toifalaridan foydalanuvchilari
egallab turgan
yer maydonlarining mulkchilik shakli bo‘yicha
o‘zgarishlar hisobotiga asosan (huquqiy maqomi
bo‘yicha);
- hududdagi yer fondi toifalari va kichik
toifalaridan foydalanuvchilari egallab turgan yer
maydonlarida xo‘jalik yuritish faoliyati bo‘yicha
o‘zgarishlar hisoboti(balansi)ga asosan (xo‘jalik
yuritishi maqomi bo‘yicha);
- hududidagi yer egalari va foydalanuvchilari
yer maydonlarining yangi yil boshlanishi 1 yanvar
holatidagi o‘zgarishlar xisoboti bo‘yicha
Sharx
xatiga asosan.
Yer resurslarning hisobotini faqat Milliy
geoaxborot tizimida yuritish [4] talab etilganligini
inobatga olib yer hisobini yuritishning dasturiy
algoritimi tuzildi va ushbu algoritimni
qo‘yidagicha tavsiflash mumkin (4-shakl).
Bu erda:
A - yer toifasidagi o‘zgarishlar;
B - yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning
huquqiy maqomi bo‘yicha o‘zgarishlar;
S - yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning
xo‘jalik yuritishi maqomi bo‘yicha o‘zgarishlar;
M- hududdagi yer uchastkalarining miqdor
ko‘rsatgichi;
K- hududdagi
yer uchastkalarining sifat
ko‘rsatgichi.
t - yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning
yer toifasidagi, huquqiy va xo‘jalik yuritish
maqomlaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha
foydalanishlar soni
tk- yer uchastkalaridan foydala-
nuvchilarning yer toifasidagi, huquqiy va xo‘jalik
Do'stlaringiz bilan baham: