O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
17
jarayonini tezlashtirgan [5].
Jizzax viloyatning umumiy yer maydoni
21,2 ming km2, aholisi 1,301 ming kishi, iqlimi
mo‘tadil, asosiy qismini chala cho‘l, past
tekisliklar, adir va tog‘lar egallagan.
Tadqiqot ob’ekti va uslublari.
Jizzax
viloyatidagi bosh kollektor zovur suvlari va
ularning minerallashganlik darajasi hisoblanadi.
Tadqiqot uslublar asosini amaliyotda umum qabul
qilingan uslublar tashkil etiladi.
Tadqiqot natijalari va ularning
muhokamasi.
Jizzax
viloyat yer usti va yer osti
suv resurslari miqdori va sifatining pasayishi,
sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining
yomonlashuvi kabi muammolarni o‘zida keskin
namoyon etayotgan hududlardan biridir.
Fizik-kimyoviy va statistik usullardan
foydalangan holda viloyatning kollektor-zovur
suvlarining xossa xususiyatlarini kompleks
o‘rganib, sug‘oriladigan yerlardan oqilona
foydalanishga takliflar berish.
Viloyatning suv ta’minoti transchegaraviy
xarakterga ega, ko‘p jihatdan Qirg‘iziston va
Tojikiston respublikalaridan keladigan suv
miqdoriga bog‘liq. Viloyatda yiliga o‘rtacha
Sirdaryo daryosidan 1890 mln m3, Zarafshon
daryosidan 1050 mln m3 va Sangzor daryosidan
100 mln m3 suv olib ishlatiladi. 2000–2020 yillar
davomida irrigatsiya maqsadlarida ishlatilgan suv
miqdori 2644 mln m3 dan 2854 mln m3 gacha o‘zgarib
turgan. Sirdaryo suvi minerallashganlik darajasi
o‘rtacha 1166,6 mg/l-ni va Zarafshon daryosi
347,5 mg/l –ni tashkil qilgan [5].
Viloyatning
umumiy
sug‘oriladigan
maydoni 300547 ga ni tashkil qilib asosan paxta,
g‘alla mahsulotlari hamda meva, sabzavot, poliz
va uzum etishtiriladi. Sug‘oriladigan tuproq turlari
– cho‘l tuproq, qum va kulrang-jigarrang tuproqlar
bo‘lib gumus miqdori kam 1-2% ni tashkil qiladi.
Mazkur tadqiqotda hududiy gidrogeologik
va melioratsiya ekspeditsiyasi hamda maqola
mualliflari tomonidan dala ekspeditsiyalari
natijasida olingan yer usti va yer osti sizot
suvlari, sug‘oriladigan tuproq namunalari analiz
va tahlil qilinib statistik qayta ishlangan. Ushbu
ekspeditsiyalar yer osti sizot suvlari sathini,
tuproq sho‘rlanishi va mineralizatsiyasini nazorat
qiladi [5]. Yer osti sizot suvlarini monitoring
qilish stansiyalari qum-gravelli filtrlar bilan
to‘ldirilgan quvur (ichki diametri 90-110 mm,
uzunligi 3-6 m) bilan jihozlangan. Yer osti sizot
suvlari minerallashuvi darajasi Priklonskiy usulida
baholangan [9].
Keyingi yillarda kuzatilayotgan iqlim
o‘zgarishlari (haroratning ko‘tarilishi va “issiqxona”
effekti), Markaziy Osiyo muzliklaridan kelayotgan
daryolar suvi oqimi miqdorining kamayishi tez-
tez takrorlanib turayotgan qurg‘oqchilik sug‘orish
maqsadlari uchun ishlatilayotgan suv resurslarini
ko‘proq talab qilmoqda [9].
Sug‘orish uchun ishlatiladigan suv
miqdori haqiqiy asoslangan talab asosida emas,
balki ortiqcha miqdorda ishlatilsa, sug‘oriladigan
tuproqlarda suvning ortiqcha miqdori to‘planadi
va ortiqcha suv sug‘oriladigan maydonlardan
tabiiy ravishda oqib chiqib ketishi qiyinlashadi,
tuproqlarning
unumdorligini
pasaytiradi,
botqoqlanishiga olib keladi [10].
O‘zbekistonda sug‘oriladigan maydonlar
qishloq xo‘jaligi yerlarining 15% ini tashkil
qilsada, lekin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
90% i shu yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi [11].
Yer osti sizot suvlarining to‘yinishi manbai
sug‘orishga ishlatilgan suvlarning sug‘oriladigan
yer maydonlaridagi tuproqning pastki qatlamlariga,
infiltratsiya (shimilish) orqali o‘tishidir. Bu faktor
sizot suvlari to‘yinadigan manbalarning 90-95%
ini tashkil etadi [12].
Jizzax bosh kollektori (JBK) Sirdaryo
viloyati Mirzaobod tumani hududidan boshlandi,
umumiy uzunligi 77,96 km. Sirdaryo viloyatining
Mirzaobod, Xovos tumanlaridagi sug‘oriladigan
maydoni 8460 ga JBK-ning umumiy sug‘oriladigan
maydoni 80,021 ming ga. Jizzax viloyatining
Zomin tumanidan 17720 ga, Zarbdor tumanidan
28900 ga, Zafarobod tumanidan 12008 gektar,
Sh.Rashidov tumanidan 12933 ga. Jizzax bosh
zovuri suvining sifatini baholash maqsadida uning
bosh, o‘rta va quyi qismlaridan namunalar olindi.
JBK o‘rtacha yillik suv sarf va
mineralizatsiyasining 2000, 2005, 2010, 2015
va 2020 yillar davomida o‘zgarish dinamikasi
1-rasmda ko‘rsatilgan. Umumiy suv miqdori
2000 yilda o‘rtacha 9,02 m3/s; 2005 da
13,6 m3/s; 2010 da 6,7 m3/s va 2015-2020 yillarda
10-11 m3/s atrofida o‘zgarib turgan. 2005 yilning
bahor fasli seryog‘in bo‘lib (524,5 mm) Zomin tog‘
yonbag‘irlaridan oqib tushgan yomg‘ir suvlarining
Do'stlaringiz bilan baham: