Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya


Fosfororganik moddalar bilan zaharlanishning salbiy



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Fosfororganik moddalar bilan zaharlanishning salbiy 

oqibatlari va asoratlari. O‘rtacha  darajadagi  zaharlanishda 

uzoq  vaqt  davomida  bronxlarning  takrorlanib  turuvchi  spazmi 

ko‘rinishidagi,  ba’zida  astmatik  surunkali  bronxit  ko‘rinishidagi 

nafas  a’zolari  faoliyatining  buzilishi  kuzatilishi  mumkin. 

Zaharlanganlarda  3–4-kunga  borib  astenik  yoki  asteno-vegetativ 

sindrom  ko‘rinishidagi  buzilishlar  kuzatilishi  mumkin.  O‘rtacha 




34

darajadagi  zaharlanishdan  kelib  chiqadigan  salbiy  oqibatlar  2–3 

hafta davomida saqlanib turadi.

Og‘ir darajadagi zaharlanishda har xil turdagi asoratlar kuzatilib, 

og‘ir kechadi. Ko‘p hollarda o‘limga sabab bo‘lishi ham mumkin. 

Zaharlanish  asoratlariga  zotiljamdan  tashqari  o‘tkir  nafas 

yetishmovchiligi  ham  kiradi.  Bunday  asorat,  asosan,  nafas 

markazining falajlananishi oqibatida kelib chiqadi.

Birinchi  hafta  davomida  kuzatiladigan  asoratlarning  yana 

bir  xavfli  turi  to‘satdan  sodir  bo‘ladigan  o‘tkir  yurak-tomir 

yetishmovchiligi hisoblanadi. Bunday asorat to‘qimalarda moddalar 

almashinuvi  buzilishi  natijasida  yuzaga  keladigan  energetik  talabni 

faoliyati  buzilgan  yurak-tomir  tizimi  qondirib  bera  olmasligi 

oqibatida yuzaga keladi.

Yurak-tomir  tizimida  kuzatiladigan  asoratlarga  asab  tizimidagi 

o‘zgarishlar  sabab  bo‘ladi.  Bunday  o‘zgarishlar  neyrosirkulator 

distoniya  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi  (lanjlik,  terlash,  befarqlik, 

yurak  urishining  tezlashishi  va  seknlashishi,  qon  bosimining 

o‘zgarib  turishi,  yurak  sohasida  og‘riq  va  boshq.).  Ushbu  salbiy 

oqibatlar uch-to‘rt hafta davomida kuzatilib turishi mumkin.

Og‘ir  darajada  zaharlanganlarda  oshqozon-ichak  tizimida 

ham  o‘zgarishlar  kuzatiladi.  Zahar  organizmga  qanday  yo‘l  bilan 

tushishidan  qat’i  nazar  jabrlanganlar  uzoq  muddat  davomida 

ishtahaning  pasayishi,  ko‘ngil  aynishi,  qusish,  oshqozon  sohasida 

og‘riq,  ich  kelishining  buzilishiga  shikoyat  qilishadi.  Bunday 

funksional buzilishlar bir necha oy davomida kuzatiladi.

Buyrakdagi  o‘zgarishlar  birinchi  hafta  davomida  kuzatiladi. 

Biroq  organizmning  holati  tiklangan  sari  siydik  ajralishi  ham 

me’yorlashib undagi o‘zgarishlar yo‘qoladi.

Yuqorida  keltirilgan  asorat  va  oqibatlardan  tashqari,  kam  hol-

larda markaziy va periferik asab tizimida ham psixoz ko‘rinishida, 

nevrotik  holat,  astenik  sindrom  kabi  ko‘rinishlardagi  o‘zgarishlar 

kuzatilishi mumkin. 

Asab  tizimidagi  o‘zgarishlarning  asosini  astenik  simptomlar 

majmuasidan  iborat  simptomokompleks  tashkil  qiladi.  Bunga 



35

quyidagilar  kiradi:  lanjlik,  ruhiy  va  jismoniy  toliqish,  ish 

qobiliyatining  tushib  ketishi,  kayfiyatning  beqarorligi  (tez 

asabiylashish, tez tushkunlikka tushish, tez xafa bo‘lish, qo‘rqoqlik), 

kayfiyatning  tushib  ketishi,  befarqlik,  bosh  aylanishi,  ko‘ngil 

aynishi,  bosh  og‘rishi,  uyquning  buzilishi,  yomon  tush  ko‘rish, 

xotiraning pasayishi, tez unutuvchanlik. Bunday nevrotik buzilishlar 

uzoq muddat davomida saqlanib qoladi. Biroq davolanish natijasida 

butunlay yo‘qolib ketadi.

Og‘ir  darajadagi  zaharlanishlarda  psixoorganik  sindrom  deb 

ataluvchi  kech  paydo  bo‘ladigan  o‘zgarishlar  hamda  periferik 

asablarning zararlanishi kuzatilishi mumkin.




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish