)
٤٥
(
«Hali men sizlarga aytayotgan so‘zlarni eslaysizlar. Men o‘z ishimni Allohga topshirurman. Zero,
Alloh bandalarini ko‘rib turuvchidir». Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan
saqladi va Fir’avn zodagonlarini yomon azob o‘rab oldi. (G’ofir, 45.)
Muso (a.s.) va Horun (a.s.) qancha sa’y-harakat qilmasinlar, Fir’avn qavmidan juda oz kishi imonga keldi.
Mufassirlarning ta’kidlashicha, qibtiylardan faqat uch kishi: Fir’avnning xotini Osiya, amakivachchasi Sham’on
va Musoni Fir’avnning g‘azabidan ogohlantirib, hijrat qilishga ko‘ndirgan shaharlik kishi imonga kelgan edilar.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Mazkur imonga kelgan uch kishidan murod sehrgarlardan boshqalardir».
Ba’zi olimlarning fikrlaricha, Muso va Horunga bani Isroilning hammasi, qibtiylardan ham katta guruh,
bundan tashqari sehrgarlarning hammasi imon keltirgan edilar. Bu gapning rostligiga Qur’on oyati dalildir:
Do'stlaringiz bilan baham: |