[Huawei]sysname LSW3
[LSW3]stp mode rstp
LSW4 ni RSTP rejimida ishlash uchun sozlaymiz.
system-view
[Huawei]sysname LSW4
[LSW4]stp mode rstp
Asosiy (root) va zaxira (root secondary) kommutatorlarni sozlaymiz. LSW1
ni asosiy va LSW4 ni zaxira kommutator sifatida sozlaymiz.
LSW1 ni asosiy sifatida o'rnatamiz.
[LSW1]stp root primary
[LSW1]display stp
LSW4 ni zahira sifatida o'rnatamiz.
[LSW4]stp root secondary
Port bloklanishi uchun port uchun yo’l qiymatni sozlaymiz.
Yo'l qiymati diapazoni algoritmga bog'liq. Misol tariqasida Huawei
kompaniyasining patentlangan algoritmidan foydalaniladi. Bloklanadigan portlar
uchun yo'l qiymati sifatida 20000 ni belgilaymiz. Xuddi shu tarmoqdagi kommutator
qurilmalari port yo’l qiymatini hisoblash uchun bir xil algoritmdan foydalanishi
kerak.
Yo‘l qiymatini hisoblash uchun LSW1 ni sozlaymiz.
[LSW1]stp
pathcost-standart legacy
Yo‘l qiymatini hisoblash uchun LSW2 ni sozlaymiz.
[LSW2]stp pathcost-standart legacy
Yo‘l qiymatini hisoblash uchun LSW3 ni sozlaymiz.
[LSW3]stp pathcost-standart legacy
LSW3 da Ethernet0/0/1 yo'l qiymatini 20000 ga o'rnating.
[LSW3]interface Ethernet 0/0/1
[LSW3-Ethernet0/0/1]stp cost 20000
[LSW3-Ethernet0/0/1]quit
Yo‘l qiymatini hisoblash uchun LSW4 ni sozlaymiz.
[LSW4]stp pathcost-standart legacy
Halqadan qochish uchun RSTP ni yoqamiz. Kompyuterga ulangan portlarni
chegara port (edged-port) sifatida o'rnatamiz. LSW2 da Ethernet 0/0/2
ni chegara
port sifatida sozlaymiz.
[LSW2]interface Ethernet 0/0/2
[LSW2-Ethernet0/0/2]stp edged-port
enable
[LSW2-Ethernet0/0/2]quit
(Ixtiyoriy) LSW2 kommutatorda BPDU xavfsizligini sozlaymiz.
[LSW2]stp bpdu-protection
LSW3 da Ethernet 0/0/2 ni chegara port sifatida sozlaymiz.
[LSW3]interface Ethernet 0/0/2
[LSW3-Ethernet0/0/2]stp edged-port enable
[LSW3-Ethernet0/0/2]quit
(Ixtiyoriy) LSW3 kommutatorda BPDU xavfsizligini sozlaymiz.
[LSW3]stp bpdu-protection
Agar chegara portlar STP va BPDU himoyasi yoqilgan tarmoq qurilmalariga
ulangan boʻlsa, chegara portlar oʻchirib qoʻyiladi va BPDU qabul qilingandan keyin
ularning atributlari oʻzgarishsiz qoladi. Har bir kommutator qurilmasida RSTP
yoqiladi (masalan, [LSW1] stp enable).
Xavfsizlik funksiyalarini yoqamiz. Asosiy (root)
kommutator sifatida
belgilangan portda ildiz himoyasidan foydalaniladi.
LSW1 asosiy kommutatorining Ethernet0/0/1
interfeysida xavfsizlikni
sozlaymiz.
[LSW1]interface Ethernet 0/0/1
[LSW1-Ethernet0/0/1]stp root-protection
[LSW1-Ethernet0/0/1]quit
LSW1 asosiy kommutatorining Ethernet0/0/2 interfeysida xavfsizlikni
sozlaymiz.
[LSW1]interface Ethernet 0/0/2
[LSW1-Ethernet0/0/2]stp root-protection
[LSW1-Ethernet0/0/2]quit
Konfiguratsiya tugallangandan va tarmoq topologiyasi barqaror bo'lgandan
so'ng, konfiguratsiyani tekshirish uchun quyidagi amallarni bajarimiz. Portlardagi
holat va xavfsizlik turini ko'rish uchun LSW1 da “displey stp brief” buyrug'ini ishga
tushiramiz.
LSW1 asosiy kommutator sifatida sozlangandan so'ng, LSW2 va LSW4 ga
ulangan Ethernet0/0/2 va Ethernet0/0/1 himoyalangan portlarga aylanadi.
Ethernet0/0/1 holatini tekshirish uchun LSW2 da “displey
stp interface
Ethernet0/0/1 brief” buyrug'ini ishga tushiramiz.
Ethernet0/0/1 belgilangan portga aylanadi va FORWARDING holatida.
LSW3 da port holatini tekshirish uchun “displey stp brief” buyrug'ini ishga
tushiramiz.
Ethernet0/0/1 alternativ portga aylanadi va DISCARDING (rad etish)
holatida. Ethernet0/0/3 ildiz portiga aylanadi va FORWARDING (yuborish)
holatida.
Do'stlaringiz bilan baham: