5-Laboratoriya ishi.
STP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish
Ishdan maqsad
: Kanal pog’onasi protokoli
STP ni ishlash prinsipini
o’rganish va uni sozlash.
Topshiriq:
STP (spanning-tree protocol) protokoli bo’yicha topshiriq:
–
LSW1, LSW2, LSW3 va LSW4 kommutatorlar interfeyslarini 5.2-rasmda
ko’rsatilgandek sozlang va tekshiring;
–
STP protokoli bo’yicha root switch va root secondary kommutatorlarni
sozlang va tekshiring;
–
Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib,
kadrning harakat
yo’nalishlarini o’zgartiring;
–
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
Nazariy qism
STP protokoli OSI modelining kanal pog’onasi protokoli bo’lib, IEEE 802.1d
standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman
tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud:
VBST (
VLAN-Based Spanning Tree), RSTP, MSTP, STP.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog’idagi
ixtiyoriy
topologiyada bir-biriga bog’langan bir nechta kommutatorlar o’rtasidagi kanalda
halqa (loop) hosil bo’lishini oldini olishga qaratilgan.
STP protokoli tarmoqda
kommutatorlar bir-biri bilan bog’lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga
asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch)
va undan
keyingi shoxlarida (ответвления), ya’ni ildiz bo’lmagan kommutatorlar joylashadi.
Kommutatorlar bir-biri bilan bog’langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib,
boshqa kanallarni fizik jihatdan bog’lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab
qo’yish imkoniyatini beradi (5.1-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
Ildiz kommutatorni tanlash (root switch);
Ildiz portlarni tanlash (root port);
Belgilangan portlarni tanlash (designated port).
5.1-rasm. STP protokolidagi port turlari
Tarmoqda asosiy bo’lgan ildiz kommutatorni
tanlashda kommutatorlarning
eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu
yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati
tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga
Hello BPDU kadrlarni jo’natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi.
Qo’shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID
identifikator qiymatlarini
taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo’lsa, u ildiz lavozimiga da’vo
qilishni to’xtatadi va g’olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni
bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo’lib qolsa, u holda
ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s
standartida
tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo’shimchalar kiritilgan.
MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo’llab-quvvatlash maqsadida
IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko’rinishi. U tarmoqni tezroq
ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini
ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo’shimcha 802.1Q standartida qo’shimcha
kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: