8-Laboratoriya ishi.
OSPF protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o’rganish
Ishdan maqsad
: OSPF protokolini sozlash
va uning ishlash prinsipini
o’rganish.
Topshiriq:
-
8.1-rasmda ko’rsatilgandek qurilmalar interfeyslarini sozlang va
tekshiring;
-
OSPF protokolini sozlang;
-
Hududni (area) o'rnating va unga tarmoq segmentlarini kiriting;
-
Marshrutlarni tekshirib ko’ring.
Nazariy qism
OSPF (Open Shortest Path First) - link-state texnologiyasiga
asoslangan va
qisqa yo'lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanib,
dinamik marshrutlash
protokoli. OSPF protokoli IETF tomonidan 1988 yilda ishlab chiqilgan.
Protokolning eng so'nggi versiyasi QRM 2328 (1998) da keltirilgan. OSPF - bu Ichki
Gateway Protokoli (IGP). OSPF protokoli avtonom tizimning marshrutizatorlari
o'rtasida mavjud marshrutlar haqida ma'lumot tarqatadi.
OSPF protokoli quyidagi xususiyatlarga ega.
- sinfsizlik: protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish
va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;
- samaradorlik: marshrutda o‘zgarish bo‘lsa marshrutizatsiyani
yangilash
(doimiy bo‘lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‘lni to‘plash
uchun SPF ni qisqa yo‘lni izlash algaritmini ishlatadi;
- tez bir xillikka erishish: tarmoq o‘zgarganligini tez translyasiya qilish;
- masshtablik: kichik va katta tarmoqlarda ishlatishga mo‘ljallangan. Ierarxik
tuzilishni qo‘llab-quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area)ga
guruhlash mumkin;
- xavfsizlik: MD5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Agar bu funksiya yoqilgan bo‘lsa, OSPF marshrutizatorlar oldindan berilgan bir xil
parolli teng huquqli qurilmadan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini
qabul qiladi;
- Ma’muriy masofa (MM): marshrut manbasining
ishonchlilik qiymatini
ko‘rsatadi. OSPF protokolining MMsi 110 ga teng. OSPF marshrutizatsiya
protokolining 3 ta asosiy komponenti mavjud. OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar
bazasini yaratadi va xizmat ko‘rsatadi:
- qo‘shni qurilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi: qo‘shni
qurilmalarning
jadvalini yaratadi;
- kanal holati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (LSDB): topologiya to‘g‘risida
jadval yaratadi;
- jo‘natmalar to‘g’risidagi ma’lumotlar bazasi: marshrutizatsiya jadvalini
yaratadi.
OSPF protokoli marshrutizatsiya ma’lumotlarini
uzatish uchun xabarlarni
almashishda 5 ta turdagi paketni ishlatadi.
-
salomlashish paketi (hello);
-
ma’lumotlar bazasini tavsiflovchi paket (DBD);
-
kanal holati paketi (LSR);
-
kanal holatini yangilash paketi (LSU);
-
kanal holatini tasdiqlash paketi (LSack).
Bu paketlar qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to‘g‘risida
aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashish
uchun ishlatiladi.
OSPF protokolini quyidagi usullardan birida ishlatish mumkin:
- bitta maydon uchun OSPF. Magistral yoki nol maydon deb nomlanuvchi
bitta maydonda joylashgan (0 maydon);
- bir nechta maydonlar uchun OSPF. OSPF protokoli
ierarxik tartibda bir
nechta maydonlar yordamida ishlatiladi. Barcha maydonlar magistral maydonga (0
maydon) ulanishi shart. Maydonlar orasida ulanishni amalga oshiruvchi
marshrutizatorlar chegaraviy marshrutizatorlar deyiladi.
OSPF quyidagi afzalliklarga ega:
- Masofa vektorlarini yo'naltirish protokollari
bilan solishtirganda yuqori
yaqinlik darajasi;
- Argumentlar uzunligi tarmoq maskalarini (VLSM) qo'llab-quvvatlash;
- Eng qisqa yo'llar daraxtini qurish bilan tarmoqli kengligidan maqbul
foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: