Mavzu: Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari. Maqsad va vazifalar



Download 17.31 Kb.
Sana02.04.2017
Hajmi17.31 Kb.

Mavzu:

Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari.

Maqsad va

vazifalar

Maqsad: O’quvchilarga avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari i haqida ma’lumot berish

Vazifalar:

O’quvchilarni avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari bilan tanishtirish

Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlarining vazifalari bilan tanishtirish

- Kasb tanlashni o’rgatish , kasb tanlash ko’nikmasini shakllantirish.

-avtomatikaga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.


O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilar avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar, avtomatik qurilmalarning asosiy vazifalarini o’rganadilar, kasb tanlashni o’rganadilar,tabiatni asrash,ona Vatanimizning har bir qarich yeridan unumli foydalanishni o’rganadilar.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Usul: og’zaki bayon qilish, suhbat o’tkazish, ko’rgazmalilk, bahs-munozara.

Shakl: nazariy ,kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.

Vosita: Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, “Klaster’.

Baholash: rag’batlantirish yoki jarima bеrish.

Kutilayotgan natijalar

O’quvchi:

Mavzu yuzasidan qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.




Uyga vazifa

Mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlarni topish

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.



O’quvchi: Sohaga oid kasb-hunarlar haqida qo’shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.

Darsning borishi:1.Tashkiliy qism-5 daqiqa (O’quvchilar bilan Salomlashish, yo’qlama qilish, fevral oyida tavallud topgan allomalar haqida savol javob o’tkazish)

2.O’tilgan mavzularni takrorlash-5 daqiqa( klaster)

3.Yangi mavzu bayoni- 15 daqiqa

4.O’tilgan mavzuni mustahkamlash-“Qanday-qanaqa” grafikli organizeyri-10 daqiqa

5.Darsni yakunlash-5 daqiqa

Klaster javoblarini ekrandan tekshiramiz




Yangi mavzu bayoni:

Avtomatik sistemalarda muhitdagi har xil tabiiy parametrlar ( temperature, namlik) yoki ob’yekt qiymatining o’zgarishini sezishi uchun o’lchov elementlari-Datchiklardan foydalaniladi.Termorezistor temperaturaning eng sodda datchigidir.undan issiqxonalarda, parrandachilik fabrikalarida qo’llaniladi.

Datchiklar boshqarilayotgan parametrning qiymatini (termik pechdagi temperaturani, gazoprovoddagi bosim, elektr zanjiridagi tokning kuchi) qabul qiladi hamda keying uzatishlar uchun qulay signallarga aylantiradi.

Texnologik jarayonning parametrlarini rostlaydigan yoki ularni boshqaradigan avtomatik sistemalarda ijrochi mexanizmlardan foydalaniladi.Ular datchikning signali bo’yicha rostlovchi organni harakatga keltiradi.Ko’pincha ijrochi mexanizm sifatida dvigatellardan foydalaniladi, bu dvigatellardagi valning aylanishi rostlovchi organning surilishiga olib keladi.Rostlovchi organ normadan chetlashgan parametrga ta’sir etadi., masalan suyuqlik yoki gazning sarflanishini o’zgartiradi.

Ijrochi mexanizm datchikdan kelgan signal bo’yicha ishga tushadi, lekin uning ishga tushishi boshqaruvchi qurilmalar yordamida amlga oshadi.Avtomatikada bunday qurilma sifatida har xil relelar xizmat qiladi.Avtomatik sistemalarda electron, fotoelektrik,elektromagnitli relelardan foydalaniladi.Ular signalning kirishdagi darajasiga bog’liq holda sistemani boshqa rejimga ulaydi,bunda avtomatik sistemada ijrochi mexanizm dvigatelining ulanishi yoki uzilishi ro’y beradi, o’lchanayotgan parametrga ta’sir ko’rsatish boshlanadi yoki tamom bo’ladi.

Avtomat texnologik jarayonning qaysi parametri nazorat qilinishi kerakligini “Bilishi” va qiymatni “Eslab qolishi “ lozim.Buning uchun avtomat qurilma sostaviga ish programmasini tuzishda yordam beradigan belgilovchi element kiradi.

Parametrlarni boshqarish va rostlash avtomatik sistemalarining zarur tarkibiy qismi- taqqoslovchi element bo’lib, u belgilovchi va o’lchovchi elementlardan keladigan signallarni taqqoslaydi, rostlanayotgan parametrning normadan chetga chiqishini belgilaydi va shunga muvofiq holda jarayonga ta’sir ko’rsatish signalini bujudga keltiradi.

Hozirgi sistemalarda bu vazifani ko’proq elektron -hisoblash texnikasi bajaradi.


Mustahkamlash uchun savollari:

1.Avtomatikaning qanday elementlarini bilasiz?

2.Datchiklar avtomatik sistemalarda qanday vazifani bajaradi?

3.Rele qanday vazifani bajaradi?



4.Dvigatellar qanday vazifani bajaradi?

Uyga vazifa :Eng soda avtomatik qurilma yasab kelish, mavzuni o’rganish.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa