10 Amaliy mashg’ulotlar tabiiy ipak va to‘qimachilik iplarining sifatini belgilovchi standartlar ishdan maqsad



Download 0,8 Mb.
Sana30.05.2023
Hajmi0,8 Mb.
#946169
Bog'liq
10(30)


10 - Amaliy mashg’ulotlar
TABIIY IPAK VA TO‘QIMACHILIK IPLARINING SIFATINI BELGILOVCHI STANDARTLAR
Ishdan maqsad:
Tut ipak quritining quruq pillalari O‘zDst 630-95 standartini o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Xom ipakning sifati haqida ma’lumot bering.
2. To‘quvchilik uchun mo‘ljallangan pishitilgan ipak haqida ma’lumot bering.

Tut ipak quritining quruq pillalari O‘zDst 630-95 standartida, tut ipak qurtining tirik pillalari O‘zDst 631-95 standartida qabul qilish qoidalari, sinash usullari, tashish va saqlash kabi usullari batafsil berilgan.


Xom ipak. Xom ipakning sifati O‘zDst 839-97 standartiga binoan uchta (I, II, III) nav bilan baholanadi. Xom ipakning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan asosiy talablar 1-jadvalda, va ikkinchi darajali ko‘rsatkichlari esa 2-jadvalda keltirilgan.
Mazkur standartga ko‘ra pilla o‘rash jarayonida bir nechta pilla iplarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan xom ipakning chiziqiy zichligi 1,56; 1,89; 2,33; 3,23; 4,65 teks deb belgilanadi.
Xom ipakning sifat ko‘rsatkichlari barcha iplarga xos: chiziqiy zichlik, shu ko‘rsatkichi bo‘yicha kvadratik notekisligi, nisbiy uzish kuchi (mustahkamligi), uzilishdagi uzayishidan tashqari nafis shoyi gazlamalar xossalariga bevosita ta’sir etadigan xom ipakning bir qancha maxsus xossalari ham aniqlanadi.

1-jadval


Me’yoriy chiziqiy zichlik, teks

Nav

Belgilangan chiziqiy zichlik me’yoriyga nisbatan farqi, foiz

CHiziqiy zichlikning kvadratik notekisligi, foizdan ortiq emas

Qayta o‘ralish qobiliyati, uzuqlar soni quyidagilar-dan oshmasligi kerak

Yirik nuqsonlardan tozaligi, foizdan kam emas

1,56

Birinchi

+7,7

12,8

39

95




Ikkinchi

-6,4

15,9

60

90




Uchinchi




19,7

121

85

2,33

Birinchi

+6,5

12,0

18

93




Ikkinchi

-5,6

14,0

37

88




Uchinchi




18,0

68

82

2-jadval

Me’­yoriy chizi­qiy zichlik, teks

Kalava­lar holati, balda, ortiq emas

Notekis­ligi, balda ortiq emas

Mayda nuqson­lardan tozaligi foizdan kam emas

Solish­tirma uzuvchi kuch mN/teks, (gk/teks) dan kam emas

Uzilish­dagi cho‘zilish, foizdan kam emas

Jips­ligi, kare tkaning yurish sonidan kam emas

1,56

25

8

83

294 (30,0)

16,0

25

2,33

25

7

82

294 (30,0)

17,0

30

Xom ipakning mos kelmasligi (kalavalar holati)-seriplan deb ataladigan dastgohda maxsus qora panelga (doskaga) o‘ralgan xom ipakning tashqi ko‘rinishi sinchiklab tekshirilib etalon rasmlari bilan taqqoslanib bal bilan baholanadi. SHu usulda xom ipakning mayda nuqsonlari bo‘yicha tozaligi-ipdagi kichik qalinlashuv (yo‘g‘onlashish), katta bo‘lmagan tugunaklar va boshqa nuqsonlar soni aniqlanadi.


Katta nuqsonlar bo‘yicha tozaligi- g‘adir-budur, buralgan, tutunsimon va to‘zigan qismlar soni bilan ifodalanadi.
Xom ipakning jipsligi deb uni tashkil qiluvchi ipak tolalarning seretsin bilan yopishqoqlik darajasiga aytiladi. Bu ko‘rsatkich maxsus asbobda 10 ta yondoshsimon tortilgan xom ipak ipini ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan karetkaning namuna titilgunicha qilgan harakat davri bilan aniqlanadi.
Tekshirilayotgan xom ipak ikki yoki undan ko‘p sifat ko‘rsatkichlari yoki konditsion chiziqiy zichligi me’yoriy chiziqiy zichlikdan farqlangan hollarda xom ipak sifati bir navga pasaytiriladi, III nav xom ipak esa nostandart deb baholanadi.
To‘quvchilik uchun mo‘ljallangan pishitilgan ipak GOST 7052-80 standartiga muvofiq chiziqiy zichligi bo‘yicha notekislik koeffitsienti, nisbiy mustahkamligi, uzilishdagi uzayishi, o‘rtacha pishitilganligidan ruxsat etilgan farqlanishi va pishitilganligi bo‘yicha notekislik koeffitsientlari bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlari taqqoslanib uchta navga ajratiladi.
Yigirilgan ipak ipining chiziqiy zichligi 20 teks x 2; 7,2 teks x 2; 5 teks x 2 va boshqa pishitilgan, hamda 10 teks yakka ip holida ko‘proq ishlab chiqariladi. Yigirilgan ipak iplar GOST 1025-80 standartiga muvofiq chiziqiy zichligi bo‘yicha notekisligiga mos ravishda uchta navga ajratiladi. Nuqson ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikki nav past bo‘lsa 1 navga pasaytiriladi. Ipning mustahkamligi hamda, pishitilgan­ligi bo‘yicha kvadratik notekisligi, me’yoriy chiziqiy zichligi, buramlar soni bo‘yicha farqlanishi, uzilish uzunligi va uzilishdagi uzayish ko‘rsatkichlari barcha navli iplar uchun bir xil bulganligi sababli ularning birortasiga mos kelmagan holda ipak ipi nostandart (brak) deb baholanadi.
GOST 6611.-73 «To‘qimachilik iplari. Qabul qilish».
Bu standartlarda to‘qimachilik iplarini to‘da bo‘yicha qabul qilishni ko‘rsatib beradi.
To‘da deganda bir ko‘rinishdagi to‘qimachilik iplarining mikdori, ishlab chiqarish tartibi, rangi, navi, sinfi, eshilishi, me’yoriy chiziqiy zichligi har xil bo‘lgan va bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan iplar mikdoriga aytiladi.
To‘qimachilik iplari sifat ko‘rsatkichlari va miqdori bo‘yicha qabul qilinadi.
GOST 6611.1-73 «To‘qimachilik iplarining chiziqiy zichligini aniqlash uslubi».
Bu standartda to‘qimachilik iplarining chiziqiy zichligini aniklash uchun o‘rash asbobi, laboratoriya tarozilari, kvadrantlar kerak bo‘ladi. Namunani tanlash ishlari GOST 6611.0-73 standarti bo‘yicha belgilangan sun’iy iqlim sharoitida kamida 10 soat saqlab turiladi.
To‘qimachilik iplarining chiziqiy zichligi quyidagicha hisoblanadi.
,
bu erda: m - qirqim va o‘ramlarning umumiy massasi, gr.
l - o‘ram va qirqimlarning uzunligi, m.
n - qirqim yoki o‘ramlar soni.
GOST 6611.2- 73 «To‘qimachilik iplari, mustahkamligi, uzilishdagi uzayishini aniqlash uslubi».
Namunalar tanlash ishlari GOST 6611.0- 73 standarti bo‘yicha olib boriladi.
To‘qimachilik iplarining mustahkamligi va uzilishdagi uzayishini aniqlash uchun GOST 10681- 75 standarti bo‘yicha sun’iy iqlim sharoitida saqlab turiladi.
Sinash ishlarini olib borishda RM-3-1 yoki RM-30 uzish mashinalari, YUk, sekundomer kerak bo‘ladi. Uzish ishlarini bajarish vaqtida mustahkamlik bo‘yicha xatoligi 1 foizdan oshmasligi kerak. Uzunlikning o‘zgarish xatoligi 1 mm dan oshmasligi shart.
Sinash ishlarini olib borishdan oldin namunaning ustki qatlamidan 1 dan 10 m gacha ipni olib tashlash kerak bo‘ladi.
GOST 6611.3-73 “To‘qimachilik iplari. Eshilishini aniqlash uslubi”.
Bu standart ST SEV 2466-80 shartlariga to‘liq javob beradi. Sinash ishlari uchun namuna tanlash GOST 6611.0- 73 standarti bo‘yicha amalga oshiriladi.
To‘qimachilik iplarining eshilishini aniqlash uchun krutkomer KU- 500 uskunasi kerak bo‘ladi. Sinash ishini olib borishdan oldin namunani GOST 10681- 75 standarti bo‘yicha sun’iy iqlim sharoitida saqlab turish kerak.
Sinash ishlarini olib borishdan oldin namunaning YUzasidan 1 dan 10 m gacha, kimyoviy iplardan tashqari iplar olib tashlanadi. Kimyoviy iplarda esa 10 m dan kam bo‘lmasligi shart.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish