Ishni bajarish tartibi
5.2-rasmda ko’rsatilgan topologiya bo’yicha LSW1, LSW2, LSW3, LSW4
kommutatorlar uchun asosiy konfiguratsiyalarni sozlang.
5.2-rasm. Tadqiqot qilinayotgan tarmoq tuzilishi
Odatda kommutatorning STP funksiyasi yoqilgan bo’ladi.
Agar STP
o’chirilgan holatda bo’lsa, “stp enable” buyrug’idan foydalanib uni yoqish amalga
oshiriladi. STP rejimlaridan foydalanish {mstp, rstp, stp} orqali siz rejimlarni
MSTP, RSTP, STP ga o’rnatishingiz mumkin. Standart rejim MSTP hisoblanadi.
Tarmoq topologiyasida asosiy bo’lgan kommutatorni (ildiz kommutatorni)
belgilashimiz uchun bir nechta usullar mavjud:
- tarmoqda asosiy bo’lgan kommutatorni aniq tayinlash;
- kommutatorning ustuvorligi (priority) bo’yicha
asosiy kommutatorni
tayinlash.
1-usul. Tarmoqda asosiy bo’lgan kommutatorni aniq tayinlash:
- stp root primary
– tarmoq uchun asosiy bo’lgan kommutatorni (ildiz
kommutatorni) ko’rsatish uchun foydalaniladi (masalan, [LSW1] stp root primary);
- stp root secondary
- tarmoq uchun asosiy bo’lgan kommutatorga (ildiz
kommutatorga) zaxira kommutatorni ko’rsatish uchun foydalaniladi (masalan,
[LSW2] stp root secondary).
2-usul.
Kommutatorning
ustuvorligi
(priority)
bo’yicha
asosiy
kommutatorni tayinlash:
- stp priority priority
- tarmoq uchun asosiy bo’lgan kommutatorni (ildiz
kommutatorni) ko’rsatish uchun foydalaniladi. Muhimliligi (priority)
kichik
kommutator asosiy kommutator hisoblanadi (masalan,
stp priority 4096
).
Priorityni o’rnatishda qadamlar soniga e’tibor beriladi, ya’ni
har bir qadam
uzunligi 4096 ga teng. Prioritet qiymati 0 dab 61440 gacha hisoblanadi. Tarmoqdagi
kommutatorlar dastlabki holatda barchasi bir xil (standart) ustuvorlikga ega bo’ladi
(priority 32768). CIST Bridge va CIST Root/ERPC qiymatlari bir xil bo’lgan
qurilma ildiz kommutator hisoblanadi.
“stp root primary” buyrug’i bajarilgandan so’ng, ildiz kommutator ustuvorligi
qiymati avtomatik ravishda 0 ga o’rnatiladi. Bundan keyin “stp priority priority”
buyrug’i yordamida ildiz qurilmaning ustuvorligini o’zgartirib bo’lmaydi.
Ushbu laboratoriya ishida biz asosiy ildiz (root) kommutator sifatida LSW1
kommutatorini, zaxira kommutator sifatida LSW2 ni belgilaymiz. Birinchi navbatda
hamma kommutatorlarda STP rejimini yoqishni amalga oshiramiz.
LSW1 kommutatorni sozlaymiz.
system-view
[Huawei]sysname LSW1
[LSW1]stp mode stp
LSW2 kommutatorni sozlaymiz.
system-view
[Huawei]sysname LSW2
[LSW2]stp mode stp
LSW3 kommutatorni sozlaymiz.
system-view
[Huawei]sysname LSW3
[LSW3]stp mode stp
LSW4 kommutatorni sozlaymiz.
system-view
[Huawei]sysname LSW4
[LSW4]stp mode stp
Agar STP avtomatik ravishda ildiz kommutatorni tanlasa ham, biz birinchi
navbatda tarmoqning markaziga yaqinroq bo’lgan kommutatorni tayinlaymiz.
Yuqorida keltirilgan tarmoq topologiyasida kommutatorlar orasida asosiy ildiz
kommutator (root) LSW1 hisoblanadi. Chunki bu topologiyada LSW1 boshqa
kommutatorlarga nisbatan MAC adresi kichik. Buni tekshirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: