Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

1.4.Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni 
tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi 
tarixining tutgan o’rni.
 
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va 
qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z 
qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat 
paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi 
ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z 
o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana 
shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam 
poydevor yaratadi.
Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) hozirgi 
eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va 
millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan 
xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”. 
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu 
fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon 
etadi: 
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas. 
Biroq kimki uqsa o‘tmishini, 
Ko‘p boyitar o‘z turmushini. 


18 
Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar 
tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda 
tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy, 
qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar. 
Shu o‘rinda, Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu 
shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joizdir: “Millatni yo‘q qilish 
uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, 
tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”. 
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga 
nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR 
Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfiylikda ishlab 
chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix darslarida 
o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki 
xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e’tiborni faqat 
podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “. 
Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka 
davrida O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida 
o‘qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat, maktabning 5-
sinflaridagina “O‘zbekiston tarixidan hikoyalar” degan ”hikoyalar” predmeti 
o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini 
tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Bu mash’um 
siyosatning “samarasi” o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim 
kommunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini oliy 
o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu 
antiqa “qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o‘quv 
yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o‘quv yurtlarida 
o‘qitiladigan fanlarning orasida o‘zining qonuniy o‘rni va nufuziga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida odilona 
siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan 


19 
o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri 
darajasiga ko‘tardi. 
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim 
asrlik mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan xalqimiz 
istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng 
zaruriy dasturilamaldir. 
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan 
islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki 
hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, 
madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni 
hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy 
uyg‘onishning asosidir. 
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham 
kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy 
g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o‘qitish va 
o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, 
dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga 
bo‘ysinmaslik, begona g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik 
ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, 
falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat. 
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish