Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

birinchidan
, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va 
umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. 
Ikkinchidan
, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va 
umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. 
Uchinchidan
, yoshlarda otashin 
vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. 
To‘rtinchidan
, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash 
ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, 
rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash.
Beshinchidan
, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va 


20 
jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida 
tarbiyalash. 
O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining 
xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta 
hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va 
insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati 
benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga 
tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib 
xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va 
anglab yetmog‘imiz lozimdir. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy “Turkiston tarixi kerak” nomli maqolasida yozadi: 
“Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l 
ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul 
etib, oxiri munqariz bo‘lib (tugab-bitib) ketganin o‘qub mundan ham istifoda 
etmak mumkindir” 
Nushiravon Yovushev esa “Turkiston tarixi” nomli maqolasida tarixga 
quyidagicha baho beradi: “O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan 
... bir bolaga o‘xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy 
hayotidur”. 
Tarix – xalq ma’naviyatining asosi, unda milliy g’oya, siyosat, iqtisod, madaniyat, 
ma’naviyat, eng muhimi ota-bobolar o’tmishi mujassam. Bugun axborot 
texnologiyalari yuksak rivoj topib, yer yuzining olis burchagida yuz bergan voqea 
butun dunyoda aks-sado berayotir. Globallashuv jarayonlari kechayotgan pallada 
muhtaram Prezidentimiz aytmish, “havas qilsa arziydigan ulug’ tariximiz, buyuk 
ajdodlarimiz” haqidagi noyob tarixiy ma’lumotlarni dunyo ahliga faxr va g’urur 
ila, baralla yetkazish imkoniyatimiz kengaydi. Qolaversa, xalqimizning taqdirida 
ro’y bergan, tariximizdan o’rin olgan goh shonli, goh tushkun va fojiali hodisalar 
Vatanini sevuvchi har bir insonni befarq qoldirmaydi. Tarix – faqat shu fan 
sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Bu haqiqatni 
chuqur anglash fursati allaqachon yetgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z 


21 
ma’ruzalarida ana shu muhim omilni tez-tez esga oladi. Masalan, o’tgan yilning 
noyabrь oyidagi uchrashuvda davlatimiz rahbari harbiylarimizning tarix haqidagi 
bilimlari bilan qiziqdi: 
– Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, 
xolisona aytaylik, ulug’ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o’qigan? – 
Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida 
hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g’alabalari, 
strategiya va taktikalarini dunyodagi ko’plab harbiy maktab va akademiyalarda 
bugun ham o’rganishadi. Davlatimiz rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan 
oldin albatta O’zbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi 
kerakligini ta’kidladi. Ilg’or harbiy qismlarga ulug’ sarkardalarimizning nomini 
berish, mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish, badiiy 
kitoblar, kinolar yaratish to’g’risida ko’rsatma berdi. 
Darhaqiqat, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan buyuk 
ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ammo ochig’ini aytganda, 
olamshumul zotlar haqidagi bilimlarimiz ko’pincha shu faxrlanish bilangina 
tugashi sir emas. Masalan, tibbiyotchilarimiz stolida Abu Ali ibn Sinoning “Tib 
qonunlari” turadimi? Harbiylar, umuman rahbar xodimlarning necha foizi “Temur 
tuzuklari”dan xabardor? Astronomlar “Ziji Jadidiy Ko’ragoniy” asarini xuddi karra 
jadvalidek bilishadimi? Al-Xorazmiyning “Al jabr val muqobala” asarini, Abu 
Rayhon Beruniy asarlarini har bir maktab o’quvchisi yaxshi bilishi uchun nimalar 
qilishimiz kerak? 
Prezident SHavkat Mirziyoyev o’z suhbatlarida ushbu haqiqatni bot-bot 
tilga oladi, bugungi islohotlar jarayonida tarixni chuqur bilishning ahamiyatini 
ta’kidlaydi: “Suvorov maktabini Temurbeklar deb o’zgartirdik. Gap nomda emas, 
g’oyada, mafkurada, g’ururda! Bog’chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, 
madhiyani, bayroqni, Amir Temurni, Birinchi Prezidentimizni… yaxshi 
o’rganishsin…” 
Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutidagi beshta mustaqil 


22 
fondlarda jami 25 ming atrofida qo’lyozmalar, 40 mingdan ortiq toshbosmalar, 
5000dan ortiq tarixiy hujjatlar ko’z qorachig’idek asrab-avaylab kelinadi. Ularda 
jami 300 mingdan ziyod asarlar nusxalari mavjud, deyiladi. Ushbu institut 
YUNESKOning insoniyat milliy-madaniy va moddiy boyliklari ro’yxatiga 
kiritilgan. Ushbu beqiyos boyliklarimiz sinchiklab o’rganilsa, qanchalab tarixiy 
filьmlar, ko’rsatuvlar uchun dastur bo’lishi mumkin! SHu o’rinda Nobelь mukofoti 
sohibi, fizik olim Pyer Kyurining mana bu so’zlari esga tushadi: 
«Musulmonlarning Andalusiyasidan bizga 30 ta kitob qoldi. O’sha kitoblarni 
o’qib, atomni parchalashga erishdik. Agar biz yoqib yuborgan ana o’sha buyuk 
Islom tsivilizasiyasiga tegishli yarim million kitoblar ham qolganida nima 
bo’lardi? Darhaqiqat, agar o’sha kitoblarni yoqib yubormaganimizda, hozir 
fazodagi galaktikalar orasida sayr qilib yurgan bo’lardik». 
Islom tamadduniga ulkan hissa qo’shgan allomalarning juda ko’pchiligi 
bizning ajdodlarimiz – Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, 
xorazmiylar, nasafiylar, buxoriylar, termiziylar, shoshiylar ekanini nazarda tutsak, 
G’arb olimining fikri haqligi hamda biz qanchalik ulkan xazina sohibi ekanimiz 
ayon bo’ladi. Masalan, Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro’yxatining o’ziyoq, 
agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqlik kitobcha hosil bo’lar ekan! 
Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino 
stipendiyalari ta’sis etilishi aslo bejiz emas. 
Qarorda, “buyuk vatandoshlarimiz — olimlar, mutafakkirlar va aziz-
avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini 
keng ko’lamda o’rganish va ommalashtirish maqsadida ularning hayot yo’li va 
qahramonligi to’g’risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston 
eng yangi tarixining g’oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya qiluvchi 
ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filьmlar turkumlarini yaratish, «O’zbekiston 
tarixi» telekanali faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari etib belgilangan. 
«O’zbekiston tarixi» telekanalining tashkil etilishi – yurtimizda 
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyat targ’iboti, turizm va 
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli 


23 
ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi. O’tgan yili Yurtboshimiz Xorazm viloyatida 
bo’lganida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz chet ellik turistlarni 
qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin 
Xorazmning, Xivaning tarixi to’liq o’rganilmagan, uni tanishtirish bo’yicha tizim 
ham yo’q. SHuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan boshlab yilma-yil 
o’rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo’lga qo’yish kerak. Muhim 
davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo’yicha shourumlar tashkil etib, sayyoh-
larni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu 
yerda ko’proq qolib, vaqtini mazmunli o’tkazsin…” 
Darhaqiqat, ko’hna va tarixiy shaharlarimiz haqida deylik, “SHarif 
shahar – Buxoro”, “Mardlar shahri – Termiz”, “Allomalar shahri Kesh”, “Er 
yuzining sayqali Samarqand”, “Toshkentnoma”, “Xo’qandi Latif”… kabi turkum 
ko’rsatuvlar, tarix kitoblari yaratilsa, qanday ulug’ ish bo’lar edi! Bu filьm va 
kitoblardan faqat o’zimiz emas, balki butun jahon ahli qiziqib, havas qilib sotib 
olishi uchun turli tillarga tarjima qilinsa, ayni muddao. 
Bu boradagi xayrli ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Prezident 
topshirig’iga muvofiq 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va 
tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo’yicha katta ishlar boshlandi. 
«Axsikent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish 
direktsiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Tarixiy manbalarda, xususan, 
«Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko’p yozilgan. Qadimdan 
bu yerda yer osti suv inshooti bo’lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan. Bu 
yerda o’z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi 
hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yilga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar 
vayron bo’lgan. Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib 
qolgan bo’lib, Farg’ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. 
Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida joylashgan SHohruhiya 
shahri ham ana shunday mashhur tarixiy joylardan biri sanaladi. Bu manzilda 
mashhur sarkarda Temur Malik va Chingizxon qo’shini o’rtasida qattiq janglar 
kechgan. Bugun sokin tepaliklar ko’rinishini olgan SHohruhiyada otlarning 


24 
kishnashi, qilichlar jarangi, jangchilarning “urho-ur” degan hayqiriqlari bexos 
qulog’ingizga chalingandek bo’ladi. Yoki SHahrisabzning Tanxoz daryosi 
bo’yidagi mashhur “Navoiytepa”da qanchalar sir-sinoat yashirin! Xalq ichida 
saqlangan rivoyatlarga ko’ra, bu tepalikda keshliklar Samarqandga tahsilga 
borayotgan yosh Alisher Navoiyni kutib olishgan ekan. Yurtimizda bu kabi sirli, 
tarixiy manzillar juda ko’p. Qamashi tumanidagi “Boburtepa”, Yakkabog’dagi 
“Qirq qizlar”, yosh Temurbek poyga o’ynagan tepalik, G’uzor tumanidagi “Tohir 
va Zuhra” ziyoratgohi kabi manzillarni juda uzoq sanash mumkin. Bu sirli joylar 
haqida “Tarix telekanali” uchun turkum ko’rsatuvlar, hatto seriallar tayyorlash 
mumkin. Asosiysi – “Tarix telekanali”ning reytingini yuksakka ko’tarish, uni 
nafaqat yurtimizda, balki uzoq-yaqin yurtlarda ham mashhur qilish uchun 
imkoniyatlar bisyor. Bugungi kunda kompьyuter vositasida jonlantirish 
(animatsiya) imkoniyatlari yuksak taraqqiy etgan. Oqsaroy, Ko’ksaroy, 
Bostonsaroy kabi mashhur qasrlarni, umuman, ko’hna shaharlar qiyofasini “qayta 
tiklash”, ulkan jang manzaralarini aks ettirish mumkin. Binobarin, efir vaqtini 
boshqa kanallardagi kabi reklamalar va tarjima qilingan xorijiy filmlar bilan 
to’ldirish aslo shart emas. Qarorda aytilganidek, “Vatanimizning qadimiy va boy 
tarixini chuqur o’rganish, ushbu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini 
faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi 
asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o’z xalqi bilan g’ururlanish 
tuyg’usini shakllantirish asosida milliy o’zlikni anglash hissini mustahkamlash va 
vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish”dek xayrli maqsadlarni ko’zlagan 
“O’zbekiston tarixi” telekanalida buning uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. 
Muxlislar faxr-g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi maroqli dasturlarni 
hozirdanoq kutishmoqda. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish