Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

metod ya’ni usul
– tadqiqot olib borish 
usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, 
logiya
esa 
fan
deganidir. Demakki, metodologiya, 


15 
ya’ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy 
o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va 
ta’limotlari majmuyidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa, 
metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga 
oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani 
metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri 
yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, 
tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada 
ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy ikki tomonlama bog‘liqlik umumiy 
qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyati, qadim mumtoz 
tarixshunosligimiz va hozirgi zamon tamadduni sivilizatsiyasiga asoslangan holda 
O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish mumkin.
1.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-
nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi: 
-
tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb 
tushunmoq; 
-
tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik 
asosida yondashish;
-
tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik 
tashkil etadi deb anglamoq; 
-
tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha – lenincha soxta inqilobiy 
ta’limotga bog‘lash, mutloq xato, yovvoiylik, aksilinsoniy hatti-xarakat bo‘lgan 
deb tushunmoq; 
-
tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va 
jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida 
rivojlanishi haqiqat ekanligi; 
-
tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani 
hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.


16 
2.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-
usul va tamoyillari quyidagilardan iborat: 
-
ilmiy xolislik (obyektivlik); 
-
tarixiy tahliliylik; 
-
mantiqiy uzviylik; 
-
vorislik va izchillik; 
-
xronologik izchillik; 
-
g‘oyaviylik va vatanparvarlik; 
-
halollik va xolislik; 
-
qiyoslash va kuzatish; 
-
kuzatish va umumiylashtirish; 
-
baxslashish, munozara yuritish va isbotlash; 
-
matematik hisoblash; 
-
shakllash va modellashtirish; 
-
ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim 
(juz’iy)likka (deduksiya); 
Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‘i dinlar) tarixi bilan 
uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. 
Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki, sovet 
tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi 
degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish 
ustivor bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham u din bilan mo’tadil, mutanosiblik 
asosida o‘rganilmog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Bu esa, yoshlarni 
har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo‘q terroristik guruhlarga adashib kirib 
qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to‘la yozilishiga 
imkon beradi. 
Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar 
tomonidan qo‘lanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va 
hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy 
va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi. 


17 
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini 
ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi 
tarixi yozildi va tarix fani tez rivojlandi. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy 
qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar 
chop etildi. Bu o‘rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning 
ahamiyati katta bo‘ldi.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish