Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

 
2.2. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. 
“Paxta ishi”, “O’zbek ishi” nomli kompaniyalar. Aholi turmush 
tarzining og’irlashuvi. Orol fojeasi. Farg’ona voqealari. 
Xalqimizning juda boy tarixi uning madaniyati, o’ziga xos 
noyob xususiyatlarni bilmagan va bilishni ham xohlamagan 
kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildilar. 
Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Milliy libos 
kiyish qoloqlik deb baholandi. Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh 
urug’larini milliy va diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, 
shavqatsiz jazolandi. Bu qadar xo’rlashlar xalqimizning sabr kosasini to’ldirib 
bordi.
Siyosiy va mafkuraviy zug’umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o’zgara 
boshladi. O’tmish va hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli 
qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo’ldi. Jamoatchilik paxta 
yakkahokimligini tugatish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik 
holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar.
9
N.Jo’rayev.SH.Karimov. O’zbekison tarixi.T. “Sharq” 2011-yil (II-kitob) 595-sahifa.


31 
Mustabid tuzumning repressiv siyosati oqibatlari: 

Ertangi kunga ishonchsizlikning ortishi

Ozgina uchqun chiqsa, lovullab yonib ketish mumkin bo’lgan vaziyat

Hukmron repressiv siyosat

Mustabid mafkura kuchning saqlanishi

Keng tarqalgan qo’rquv va vahima

Xalq kayfiyatdagi tushkunlik.
10
Mustabid tuzumdan qolgan og’ir meros: 

Sog’liqni saqlash ishlarda o’ta ayanchli ahvol

Oddiy ichimlik suvi bilan taminlanmaganligi

9 million kishining daromadi eng zarur darajadan ham pastligi

60 foiz ijtmoiy infratuzilmaning nobopligi

Bir millionga yaqin ishsiz mavjudligi

“Paxta ishi”-tuxmat, tazyiq, taqib nohaq qamalishlar.
11
Xalqmizni o’z girdobiga olayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish o’z 
o’rnini o’tab bo’lgan mustabit tuzumdan voz kechish, rivojlangan davlatlar 
tajribasini har tomonlama o’rganish, millatimizning asriy qadriyatlarni urf-odat va 
boy an’analarni yanada mustahkamlash zaruriy jarayon edi.
SSSR va O’zbekiston SSR siyosiy hayotida 1982-1985 yillarda ko’plab 
o’zgarishlar roy berdi. SSSR ni qarib 18 yil boshqargan Leonid Brejnev 1982 yil 
noyabrda vafot etdi. 1982-1984 yillarda Yuriy Andropov, 1984-1985 yillarda 
Konstantin Chernenko sovet itifoqiga rahbarlik qildi. 1985-yil 11-martdan Mixail 
Gorbachov mamlakatda qayta qurish siyosati boshlandi. 1983-yil oktayabrda 
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekritari Sharof Rashidov 
vafot etdi. U resbuplikani qarin cho’rak asr bo’shqargan edi. 1983-1988 yillarda 
Imonjon Usmonxo’jayev, 1988-1989 yillarda Rafiq Nishonov O’zbekistonga 
rahbarlik qildi. 
10
A.SH.Bekmurodov va boshq. O’zbekiston mustaqillik erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha o’quv 
uslubiy qo’llanma. “O’qituvchi” 2012. 100-sahifa
11
O’sh manba. 101-sahifa


32 
XX asrning 80-yillariga kelganda sovet rejimi, unung siyosiy tuzumi va 
xo’jalik yuritish usullari o’zning rivojlantirish imkoniyatlkarini yo’qata boshadi. 
O’zbekiston SSr ning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo’lgan 
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining XVI-plenumi mash’um rol 
o’ynadi. Moskva ko’rsanmasi bilan plenumda qabul qilisngan hujjatlar 
O’zbekistonda paxta ishi den nomlangan siyosiy qatog’onlarni bo’shlab berdi. SSSR 
bosh prokurori huzurida maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ular T.X.Gidlayan va 
N.V. Ivanov rahbarligida O’zbekistonga yuborildi. 1983-1987 yillarda Moskva, 
Leningrad va boshda shaharlardan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekistonning 
partiya, sovet, ma’muriy xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga 
yuborilgan edi. 1985-1990 yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydurma 
bo’yicha 40000 kish tergov qilindi, ulardan 5000 nafar kishi sohta ayblar bilan 
jinoyiy javobgarlikka tortildi. 
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda O’zbek xalqi badnom etilib, 
paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “o’zbeklar ishi” ga aylantirildi. 
Markazdan yuborilgan komunistik amal parazlar o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni 
avj olodirdilar. Qatag’on qilichi eng avallo Shaof Rashidov xotirasiga qarshi 
ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan suniy ibora oylab topilib undan Sharof 
Rashidovning o’limidan so’ng badnom qilish va shuxratini yerga urishga 
foydalanildi. Xullas sovet rejimining paxta ishi oqibatida O’zbekistonda minglab 
kishilar nohaq ravishda jazolandi. 
Farg’ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali 
voqealar 
sodir bo’ldi. 45 yil muqqadam Stalin bedodligi natijasida o’z eridan 
badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga 
mehribonlik qilgan edi.
Tub erli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab, inoqlashib 
yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub erli aholi bilan mesxeti 
turklari guruhlari o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. Respublika rahbariyatining 
voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi 
oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib 


33 
keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so’ng Marg’ilonning mesxeti turklari 
zich yashaydigan «Komsomol» suv xo’jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, 
uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik 
harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat 
korxonalariga, temir yo’l stantsiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga 
hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana 
shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 iyundan 
boshlab komendantlik soati joriy etildi.
Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki 
qo’shinlarining 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana 
takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston va Kirov (hozirgi 
Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi 
SSSR ichki ishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi 
halok
bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar
natijasida jami 103 kishi xalok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi.
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya
xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat
binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy 
organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda 
Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga 
shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab 
bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning 
Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib 
joylashtirildi.
Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar
edi?
O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23 iyunda bo’lgan XIV Plenumida 
Farg’ona fojiasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiyasi 


34 
tuzildi. Komissiyaning O’zbekiston kompartiyasi MQning 1989 yil 29 
iyulda bo’lgan XV Plenumi tomonidan ma’qullangan axborotida fojiani keltirib 
chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg’ona viloyati, shahar, tuman 
Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish