Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1.Qayta qurish siyosati nima va uning mohiyatini tushuntiring... 
2.Nima uchun qayta qurish inqirozga yuz tutdi? 
3.Mustaqillikka qo’yilgan ilk qadamlar... 
4.O’zbekistonda Prezidentlik instituti qachon joriy etilgan? 
5.O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi qachon e’lon qilindi? 
6.O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlarini sanang... 
7.O’zbekiston qachon BMTga a’zo bo’ldi? 
8.O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini ayting... 
9.O’zbekiston YuNESKO bilan qanday ishlarni amalga oshirdi. 
10.Mustaqillik tushunchasining mazmuni qanday? 
4-mavzu. O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li. 
Tayanch so‘z va iboralar:
integratsiya,detsil koeffitsienti, “rel'slar 
jangi”,demokratiya, taraqqiyot, mafkuraviy dogma, “o`zbek modeli”
4.1. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol taraqqiyot yo’li 
Barchamiz uchun aziz va qadrli bo`lgan Islom Abdug‘anievich 
Karimov bugun oramizda yo`q. Biroq Birinchi Prezidentimiz 
tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o`zbek modeli”ni 


51 
amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga 
biz o`z ishimizda doimo suyanamiz. 
Vazirlar Mahkamasining yaqinda bo`lib o`tgan kengaytirilgan majlisida 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan bu so`zlarda chorak asrlik 
mustaqil taraqqiyot davomida O`zbekistonning buyuk farzandi, butun hayoti va 
bor kuch-g‘ayratini to`laligicha Vatan xizmatiga baxshida etgan, o`z xalqini jondan 
sevgan Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qo`lga kiritilgan yutuqlar 
e'tirofi o`z ifodasini topgan. 
Shubhasiz, bu muhabbat va hurmatga javoban xalqimiz ham Birinchi 
Prezidentimiz siymosini qalb to`rida ardoqlab saqlaydi va mustaqillikni qo`lga 
kiritish, mustahkamlash yo`lida amalga oshirgan xayrli ishlarini sira unutmaydi. 
Mamlakatimizning 25 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li siyosiy barqarorlik 
sharoitida ro`yobga chiqarilgan izchil yangilanishlar davri bo`ldi. Islom Karimov 
e'tirof etganidek, bunday siyosiy barqarorlikni, eng avvalo, iqtisodiy mustaqillikka 
erishmay turib ta'minlash mumkin emasdi, iqtisodiy mustaqillik esa, o`z navbatida, 
dunyoda “o`zbek modeli” deb nom olgan ulkan islohotlar dasturiga asoslangandi. 
Farovonlik yo`lining bu aniq-ravshan formulasi O`zbekistonning Birinchi 
Prezidenti bizga qoldirgan boqiy meros sifatida aslo ahamiyatini yo`qotmaydi. 
Chunki unda odamlarning har qanday inqirozga qaramasdan, o`z Vatani bilan 
faxrlangani holda, munosib hayot kechirishga bo`lgan qat'iy intilishlari 
mujassamdir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, ana shu 
tamoyillar O`zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
o`zgarishlarni ta'minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi. 
O`zbekistonning chorak asrlik mustaqil taraqqiyoti davomida amalga 
oshirilgan keng qamrovli islohotlar barcha sohadagi muvaffaqiyatlarimizning 
tamal toshi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz. Albatta, bu yutuqlarga 
yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo do`stlik va 
hamjihatlik, barqaror iqtisodiy o`sish tufayli erishildi. Bugun biz farovon 
hayotimizga odatiy hol sifatida qaraymiz. Biroq ko`pchilik, ayniqsa, katta avlod 
vakillari o`tgan kunlarimizni yaxshi eslashadi, “Kim edigu kim bo`ldik?” degan 


52 
savolga xolis va asosli javob bera oladilar, ular hozirgi dorilamon kunlarga qanday 
sa'y-harakatlar evaziga yetib kelganimizni teran anglaydilar. 
O`tgan davr haqida so`z borganda, uni nafaqat “murakkab” tushunchasi 
bilan, balki “shiddatkor” iborasi bilan ham ifodalash lozim. Chunki ayni bir avlod 
ko`z o`ngida asrlarga tatigulik voqealar yuz berdi. 
Bosib o`tilgan yo`l qanchalik mashaqqatli bo`lganini, nechog‘li katta 
xavf-xatarlarga 
duch 
kelinganini 
takrorlab 
o`tirishga 
hojat 
yo`q. 
Bu 
qiyinchiliklarga 
nafaqat 
qarshi 
turish, 
balki 
o`tish 
davrining 
barcha 
murakkabliklariga 
qaramasdan 
ularni 
yengib 
o`tish 
faqatgina 
Birinchi 
Prezidentimizning shijoati, oqilona qarorlari, xalqimiz matonati tufayli amalga 
oshdi. Binobarin, puxta va donishmandona tahlil bilan qabul qilingan qarorlar 
zamirida millionlab insonlarning taqdiri uchun ulkan mas'uliyat hissi barq urib 
turardi. 
Yosh mustaqil davlatning oyoqqa turib olishi o`zining samaradorligini 
amalda isbotlagan, xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan demokratik 
jamiyat qurishning mashhur “o`zbek modeli” bilan bevosita bog‘liqdir. Uning 
Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyili mustaqil respublika 
qaysi yo`nalishda o`z taraqqiyoti sari borishi kerakligini belgilab berdi. 
Aslini olganda, islohotlarning dastlabki bosqichida shakllangan “o`zbek 
modeli” O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirish uchun uslubiy asos 
hamda jamiyat rivojiga mutlaqo yangicha nazarning aniq-ravshan ifodasi bo`ldi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish