158
ilgari ma’qullangan qonun
kabi belgilangan tartibda
Senatga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-
moddasiga muvofiq, Qonun Oliy Majlis Qonunchilik
palatasida qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qul-
lanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy
nashrda e’lon qilinadi va belgilangan muddatdan
so‘ng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining
qonunlari Respub
-
lika Prezidenti imzolaganidan keyin uzog‘i bilan bir
hafta ichida rasman e’lon qilinadi. Agar qonun hujjat-
larining o‘zida boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa,
ular rasman e’lon qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach,
butun O‘zbekiston hududida bir vaqtning o‘zida
kuchga kiradi.
Qonunlar to‘liq matnining «O‘zbekiston Oliy
Majlisi axborotnomasi», «Xalq so‘zi», «Íàðîäíîå
ñëîâî» gazetalarida chop etilishi ularning birinchi
marta rasman e’lon qilinishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. U faqat O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy Majlis palatalari tomonidan qonunda belgilangan
tartibda qabul qilinadi va butun O‘zbekiston
xalqining
erkini ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasining
qonuni o‘zida huquqiy qoidalarni mujassam etadi va
shuning uchun huquqiy normativ hujjat hisoblanadi.
O‘zbe kiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan
qonunlarning bajarilishi barcha davlat organlari,
jamoat birlashmalari va fuqarolar uchun majburiydir.
Davlat organlarining huquqiy-normativ hujjatlari
qonunga muvofiq bo‘lishi shart. O‘zbekiston Res
-
publikasining qonunlari barcha davlat organlari, o‘zini
o‘zi
boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari va
fuqarolar faoliyatining huquqiy asosidir. U davlat
organlari chiqaradigan barcha huquqiy hujjatlardan
ustun turadi.
159
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konsti
tu -
tsiya, boshqa qonunlarda ko‘rsatilgan vakolatlarni sa -
ma rali amalga oshirish uchun qonuniy tartibda ma’lum
organlar tuzadi va ularning ishlariga rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisining Qonun
chi -
lik pala tasi to‘g‘risidagi Qo -
nun ning 23—26-modda
la -
rida de
putat lar birlashma
-
lari, fraksiyalar va deputatlar guruhlarini tuzish tar-
tiblari, fraksiya va de putatlar guruhlarining vakolatlari,
fraksiya va deputatlar guruhlarining faoliyatini
tugatish haqida qoidalar belgilangan.
«O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonun
-
chilik palatasining reglamenti to‘g‘risida»gi (2003-yil
29-av gust) Qonunda deputatlarining fraksiyalari,
guruh lari to‘g‘risida qoidalar belgilangan. Bu qonun-
ning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, Oliy Majlisning
siyosiy partiya
lar tashabbuskor guruhlari tomonidan
ko‘rsatilgan de
putatlari fraksiyalar
va guruhlarga bir-
lashishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda-
gi «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demok -
ratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qi
-
lishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘ -
risida»gi konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalar
fraksiyalarini yangicha talqin etdi. Mazkur qonunning
2-moddasida quyidagilar mustahkamlangan:
Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‘rsa-
tilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonun
-
chilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar
birlashmasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun
-
chilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy par -
tiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: