179
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi va o‘zi
tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlariga rah-
barlik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi
tasarrufida bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvining
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘z
vakolatiga kiruv
chi barcha
masalalarini hal etishga
haqlidir. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi qonun-
chilik tashabbusi huquqiga ham ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ -
ri sida»gi qonunda Vazirlar Mahkamasining ijroiya
hokimiyat organi sifatidagi faoliyatining asosiy yo‘na -
lishlari to‘liq ko‘rsatib berilgan. Vazirlar Mahkamasi
o‘z faoliyatida kollegiallik,
demokratiya va qonuniylik,
O‘zbekiston Res
publikasida yashovchi barcha millat-
lar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsip -
lariga asoslanadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi o‘z vako-
latiga kiruvchi masalalar bo‘yicha jamoat birlash-
malari bilan hamkorlik qiladi va amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq, ularga zarur yordam ko‘rsata-
di. O‘zbekiston Respub
likasining
Prezidenti, O‘z
-
bekiston Respubli
kasining Kons
titutsiyasiga mu-
vofiq, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va
unga rahbarlik qiladi. Bosh vazir Vazirlar Mah
-
kamasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning o‘z
vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun cho-
ra-tadbirlarni ko‘radi. Amalga oshirilgan bunday
tadbirlar natijasida O‘zbe
kistonda davlat qurilishida
katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Bularning ham-
masi davlat tizimi organlari
ning faoli
yatini uyg‘un-
lashtirish va ularning hamkorlikda ishlashini
ta’minladi, davlat organlaridagi intizomni ko‘tardi,
pirovardida respublika iqtisodiy va ijtimoiy sohala
-
rining rivojlanishiga olib keldi.
180
Vazirlar Mahkamasi tarkibi-
ga O‘zbekiston respublikasi
Bosh vaziri (bundan buyon
matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosar-
lari,
vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining bosh-
lig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tar
-
kibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston
Res publikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi.
Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylan-
ganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir
oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomoni dan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Maj
-
lisining Qonun
chilik palatasidagi siyosiy partiyalar
fraksiyalarining har biri bilan hamda O‘zbekiston
Ekologik harakatidan saylangan deputatlar bilan
maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston
Respub likasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
va Senati ko‘rib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun
taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun -
chilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari
umumiy
sonining ko‘pchilik ovozini olgan Bosh vazir nomzo-
di tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun
-
chilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki
Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini
ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: