13 – amaliy mashgʻulot mavzu. Chizmani printerda chiqarish muloqatlar oynasini sozlash



Download 200,46 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi200,46 Kb.
#851363
Bog'liq
13-printerda chiqarish




Kompyuter grafikasi Chizmalarni qog‘ozga chiqarish



13 – AMALIY MASHGʻULOT


Mavzu. Chizmani printerda chiqarish muloqatlar oynasini sozlash

Xozirgi zamonda dunyoning koʻp mamlakatlarida turli xujjatlarning kompyuterda tayyorlangan elektron versiyalari ommalashib bormoqda. Chizmalar uchun esa, elektron kutubxonalar yaratilmoqda. Lekin, ishlab chiqarishda biror-bir buyumni tayyorlash uchun, albatta uning chizmasiga qarab buyum tayyorlanadi. Shu sababdan har qanday buyumning chizmasini qogʻozga plotter yoki printer orqali chiqarish zarur boʻladi. AutoCAD dasturida ham boshqa dasturlar kabi chizmalar printer orqali juda oson chiqariladi. Faqat, qogʻozga chiqariladigan chizmani qanday tartibda chiqarish jarayonini bilish kifoya boʻladi. U quyidagi tartibda amalga oshiriladi.



1 – rasm. Печать – Модель muloqatlar oynasining koʻrinishi.

Klaviatura orqali _PLOT yoki ПЕЧАТЬ terib kiritiladi va Enter tugma bosiladi. Bundan tashqari Tezkor asboblar panelidan ushbu tugma LM bilan belgilanadi. Ushbu ikki holda ham ekranda Печать – Модель muloqatlar oynasi (1 – rasm) ochiladi.


Печать – Модель muloqatlar oynasi quyidagi dastur asosida sozlanib chiqiladi:



  1. Плоттер/принтер hududidagi Имя: qismidagi tugmaninh uchburchagi LM bilan bosiladi. Natijada, uning roʻyxati oshiladi (2 – rasm);

  2. Roʻyxatdan kompyuterga ulangan printerning nomi masalan, HP LaserJet 1018 tanlanib, LM bilan belgilanadi;

  3. Фoрмат hududidagi tugmaning uchburchagi LM bilan bosiladi. Natijada, uning roʻyxati ochiladi (3 – rasm);

  4. Roʻyxatdan A4 tanlanib, LM bilan bosiladi. Ushbu holda chizmamiz A4 formatda chizgan;







2 – rasm. Printer tanlash jarayoni.

3 – rasm. A4 format tanlash jarayoni.





4 – rasm. Masshtab tanlash jarayoni.




5 – rasm. Ramka tanlash jarayoni.

5. Ориентация чертежа hududidagi Книжная tanlanib, LM bilan faollashtiriladi;


6. Масштаб печати hududidagi Масштаб qismidagi tugmaning uchburchagi LM bilan bosiladi. Soʻng, uning roʻyxati ochiladi (4 – rasm);
7. Roʻyxatdan 1:1 tanlanib, LM bilan belgilanadi. Ushbu holda chizilgan chizma M1:1 masshtabda chizilgan;
7. Смещение от начала (начало области печати) hududidagi Центровать opsiyasi LM bilan faollashtiriladi;
8. Область печати hududidagi Рамка tanlanib, LM bilan belgilanadi. Undan soʻng, mazkur oyna vaqtincha yopiladi;
9. Chizma maydondagi A4 formatning chap ostki nuqtasiga xoch shaklidagi kursorni qoʻyib, LM bilan belgilanadi. Soʻng, formatning yuqori oʻng nuqtasiga xoch shaklidagi kursorni qoʻyib, LM bilan belgilanadi. Davomida, yana muloqatlar oynasi ochiladi;
10. Mazkur oynaning Просмотр… tugmasi LM bilan bosiladi. Soʻng, kuzatish oynasi (6 – rasm) ochildi. Mazkur oynadan chizilgan chizmaning barcha elementlari qaytadan vertual kuzatilib chiqiladi. Agar, chizmada kamchilik va hatolar mavjud boʻlmasa, u holda klaviaturadagi Esc yoki Enter tugmalardan biri bosiladi;
11. Печать – Модель muloqatlar oynasi ochiladi. Shu bilan barcha sozlashlar tugatiladi va OK tugma LM bilan bosiladi (6 – rasm). Natijada, A4 formatda chizilgan chizma printer qurilma orqali qoʻgʻozga chiqariladi. [5]

6 – chizma. Kuzatish oynasi.



TTYeSI «Muhandislik va kompyuter grafikasi» kafedrasi dotsenti A.A. Karimov



Download 200,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish