13-mavzu: O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish reja



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana19.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#562970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13- mavzu

4. Kommunikativ qobiliyat
- o‘quvchilar, hamkasblar, ota- onalar, ta’lim muassasasi 
rahbarlari, tarbiyachilar va boshqa o‘quv-tarbiya ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnata olishidir. 
Kommunikativ qobiliyatda o‘qituvchining nutq madaniyati katta o‘rin tutadi. Zero, nutq 
madaniyati insonning o‘z fikr-mulohazalarini, his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash 
qobiliyatidir. O‘qituvchining nutqi hamisha va har qanday vaziyatda ishonchli, dalilli, fikrlari 
sodda tushunarli, ifodali tarzda bo‘lishi shuniningdek jonli obrazli talaffuz jihatdan yorqin 
ifodali, his - hayajonli bo‘lsa tinglovchiga tez yetib boradi. Buni har bir pedagog aniq 
tushunishi va amalga oshirishga harakat qilishi lozim. 
5. Prognostik qobiliyat
- bu o‘qituvchining kelajakni ko‘ra olish qobiliyatidir. Unga 
ko‘ra o‘qituvchi o‘quvchining harakatlari, qiziqishlari dunyoqarashining shakllanganlik 
darajasini ko‘ra bilish va kelgusida qanday shaxs bo‘lib yetishishini oldindan tasavvur qila 
olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlar mavjud va yana qanday fazilatlarni 
rivojlantirish lozimligini ko‘ra olishi bilan farqlanadi. 
Respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, fan texnikaning jadal rivojlanib 
ishlab chiqarish mazmuniga kirib kelishi bo‘lajak mehnat sohiblariga, ayniqsa, 
o‘qituvchilarga qayd qilib o‘tilgan pedagogik qobiliyat turlaridan tashqari zamonaviy 
texnika va uning ishlash texnologiyasi bilan yaqindan tanish bo‘lishini taqozo qilmoqda. Bu 


o‘z navbatida o‘qish, o‘qitish jarayonini texnik ta’minotini amalga oshirishda va shunga 
asosan o‘qituvchi faoliyatini texnologiyalashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. 
2. O’qituvchi mehnatini nazariy va amaliy jihatdan tashkil etish va uning 
o’qituvchi mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati. 
Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni 
uyushtirishga ta'sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo'llariga bog’liq. 
Demak, o'qituvchi mehnatining samarasi ham o'qituvchi o'z ishini qanday tashkil etishiga 
hamda bunga ta'sir etadigan shart-sharoitlar qandayligiga bog’liq. Xar qanday mehnatni 
bajaruvchi shaxs o'qituvchi ham o'z ishini tashkil etishda o'ziga ma'qul bo'ladigan, o'zi 
yaxshi egallagan mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika 
taraqqiyoti davrida yashamoqdamiz. Demak, o'z ishimizni tashkil etishda ham fan-texnika 
yutuqlariga asoslanishimiz kerak bo'ladi. Xususan, o'qituvchi ham o'z mehnat faoliyatini 
ilmiy asosda tashkil etishi lozimdir. 
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish 
uchun pedagogika va psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda o'z 
ishini ijodiy tashkil etib yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vakti 
bilan bog’liq. Ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalalish, o’zining imkonmntlarini 
to'la hisobga olish, o'quv qa tarbiya jarayonida o'zini namoyish etish va o'zining kimligini, 
qanday ekanini, nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq. 
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o’zining ijodiy 
imkoniyatlariga ishonish demakdir. O’qituvchi ta'lim jarayonini to'la tasavvur etishi kerak, 
uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak. 
Pedagogik mehnat natijasi o’quvchilarning mustaqil ishlay olishi, isbotlay olishi, 
tahlil qila olishidir. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish