Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Chet tili o‘qitish metodikasida qanday o‘qish turlarini bilasiz? 
2.
O‘qish texnikasi nechta qismdan tashkil topadi? 
3.
Nima deb o‘ylaysiz, xitoy tilida o‘qib tushuna bilish uchun o‘quvchi 
asosiy e’tiborni nimalarga qaratishi kerak? 
 
4.
Xitoy tilida o‘qishni o‘rgatish uchun qanday mashq turlarini bilasiz?
 
6.2 -§. Yozuv (iyeroglif)ningpaydo bo‘lish tarixi. Yozuvnio‘rgatish 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Xitoy yozuvi tarixidan ma’lumotlar 
berish, iyerogliflarning paydo bo‘lishi va takomillashib borishi jarayoni bilan 
tanishtirish, yozuvni o‘rgaytishda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni 
alohida ta’kidlash hamda yozuvni eslab qolish usullari va mashqlari bilan 
tanishtirish. 
Tayanch so‘z va iboralar:
iyeroglif tarixi, tovush yozuvi, sillabik yozuv, 
iyeroglif yozuvi,Venyan tili,“amaldorlar tili”, “milliy til”, piktogramma, 
ideogramma, fonoideogra 
Modomiki, Siz aynan xitoy tilidan dars berar ekansiz, xitoy tilini 
o‘qiyotgan har bir o‘quvchingiz xitoy yozuvi, ya’ni iyerogliflarni tezroq xuddi 
Siz kabi yozib o‘rganib olishni xohlashlari tabiiy. Chunki o‘quvchi uchun 
Ustoz–bu eng ulug‘ Zot! O‘xshashni xohlaydigan prototip ekanligini unutmang 
aslo. Shu sababli doim ularga namuna bo‘lishga harakat qiling. O‘z ustingizda 
ko‘proq ishlang, muntazam malaka oshirishga intiling. Esda tutingki, Siz 
o‘quvchilaringiz uchun doim ibratli insonsiz! Xo‘sh, bu masalda o‘qituvchi ishni 
nimalardan boshlagani ma’qul? Albatta, iyerogliflar tarixidan. Chunki doim 
harflarda (o‘zbek tili, rus tili, ingliz tili va boshqalar) tilni o‘rganib kelayotgan 
aziz o‘quvchilaringiz birdaniga qandaydir boshqacha yozuv bilan to‘qnash kelib 
qoldilar. Bu ichki hayajon, qo‘rquv, kerak bo‘lsa biroz vahimaliroq holat ekani 
aniq. Bu holat, ya’ni yangi yozuv turi o‘quvchi ongiga yoqimli xotiralar bilan 


130 
kirib, hamda umrbod saqlanib qolishi uchun Siz bor “hunaringiz”, ya’ni 
o‘qituvchilik mahoratingizni ishga solishingiz kerak.
Xitoy milliy madaniyati va maʼnaviyati sohasida til va yozuv yuksak o‘rin 
egallaydi. Chuqur tarixga ega bo‘lgan ierogliflar va qadimgi yozuv manbalari 
xitoy millati va davlatchiligining va, umuman, xitoy sivilizatsiyasining asosiy 
manbalari sifatida namoyon bo‘ladi. “Yozuv jamiyatning rivojlanishiga, uning 
madaniyati va maʼrifatining o‘sishiga ko‘maklashishi shart. Аgar yozuv 
xalqning talab va ehtiyojlarini qondirmas ekan hamda maʼlum tarixiy bosqichda 
madaniyatining rivojlanishiga yordam bermas ekan, demak, u aholining 
savodxonligi hamda maʼrifati ortishini to‘sib qo‘yadi, ijtimoiy-siyosiy
madaniy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning qotib qolish xavfini keltirib 
chiqaradi, bunday yozuv esa, o‘z navbatida, boshqasiga, yanada mukammaliga 
yo‘l beradi, yaʼni u isloh qilinishi shart”.
40
Bizga maʼlumki, hozirgi davrdagi 
yozuvning uchta asosiy ko‘rinishi mavjud: 
1. 
Tovush yozuvi : 
Bu xil yozuvda bir belgi ( harf) bir tovushni anglatadi.
2. 
Bo‘g‘inli ( sillabik ) yozuv.
So‘zda grafik shakl uning maʼnosiga qaramasdan fonetik birlik bo‘lib , 
bo‘g‘inning ifodasi uchun xizmat qiladi.
3. 
Iyeroglif yozuvi .
Bitta grafik belgi butun bir so‘z, bo‘g‘in yoki tovushni ifodalash uchun xizmat 
qiladi. Xitoy yozuvi shu turdagi yozuvga kirib, xitoyliklar o‘zlari “han zi ”
汉子
( “Xitoy yozuvi” yoki “Xitoy ierogliflari”) deb atashadi. Umuman olganda, 
hozirgi kunda ierogliflar bizning xitoy tilini o‘rganishimizda asosiy vositalardan 
biriga aylanib qolgan.
41
Xitoy olimlari o‘z yozuvlariga izoh berarkanlar, «Bizning xitoy yozuvimiz 
«
表意
biǎoyì » yozuv sistemasiga kiradi», – deyishadi. Bu yerdagi «
表意
biǎoyì 
» so‘zi o‘zbek tiliga o‘girilganda «mazmunni ifoda qilmoq» degan ma’noni 
anglatadi. Tilshunoslikda bu tushunchani ifodalash uchun «ideografik yozuv» 
degan atama qo‘llaniladi. Bu atamaga olimlar quyidagicha ta’rif berganlar: 
«Ideografik yozuv – bu so‘z anglatadigan simvol, ya’ni shartli belgilardir. 
Demak, har bir xitoy iyeroglifi o‘z oldiga butun so‘zni ifodalash uchun xizmat 
qiladigan yozuv tizimidir» 
42

40
Сердюченко Г.П. Китайская письменность и ее реформа. – М.: Издательство Восточной 
литературы, 1959. –С.3 
42
Maxmudxodjaev M.X. Xitoy iyerogliflarining soni haqida // Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: filologiya, 
falsafa, tarix, iqtisod va siyosat. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2009. Б.26. 


131 
Ayrim qo‘llanmalarda: «Iyeroglif – o‘zining tarkibida uch asosiy 
komponent: shakl, tovush va ma’noning umumiy yaxlitligini ifoda etuvchi 
yozuvli belgidir»
43
, – degan ta’rifga ham duch kelamiz. 
Xitoy o‘zining to‘rt ming yillik tarixi davomida buyuk yozuv madaniyatini 
yaratdi. Ieroglif yozuvi xitoy anʼanaviy madaniyatining ajralmas qismi va xitoy 
taraqqiyotining muhim belgilaridan biri bo‘ldi. Xitoyning boy adabiyoti dunyo 
madaniyati boyligining bir qismi sanaladi. Ieroglif yozuv grafikli tasvir 
hisoblanib, sanʼatning turlariga kiradi. 
Ieroglifning roli hududiy dialektlar (shevalar) rivojlanishi bilan o‘sib bordi. 
Xitoyning turli dialekt va turli til jamiyati sharoitida bunday yozuv muhim 
siyosiy vazifani bajardi – u mamlakat yaxlitligini taʼminladi: bilim va g‘oyalar 
bilan almashinish, oxir-oqibat mamlakatning madaniy va siyosiy integratsiyasi 
o‘sishi tezkorligiga ko‘maklashdi.
Xitoy tili o‘rganuvchilar orasida “nega xitoyda ierogliflar o‘rnini alifbo 
yozuvi shu paytgacha egallamagan, ierogliflar nima uchun soddalashtirilgan” 
degan savollar juda ko‘p bo‘ladi. Bu savollarga javob berish uchun ierogliflar 
tarixini o‘rganish, uning shakllanish va soddalashtirish bosqichlarini kuzatish, 
ierogliflar bo‘yicha Xitoyda o‘tkazilgan islohotlar bilan tanishish, bu 
bosqichlarni birma – bir tahlil qilish talab qilinadi. Buning uchun esa bizgacha 
qilingan ilmiy ishlarni mukammal o‘rganib, tegishli xulosalar chiqarish zarur. 
XIX — XX asrlarda yuzaga kelgan lingvistik sharoitda ikkita yozma til - 
文言
va
白话
amal qilardi, ular yozma muloqot vositasi bo‘lib xizmat qildi, xatto, 
Xitoy aholisining so‘zlashayotgan ko‘pgina yozuvsiz shevalari ham yozma 
nutqda undan foydalandilar. 
Xitoy yozuvi muammolarini nazariy muhokama qilish XIX asrning 90-
yillarida boshlandi. 1896 yilda
教育杂志
«Jiaoyu zazhi» («Taʼlim») jurnalining 
birinchi soni chiqqan bo‘lib, unda xitoy ieroglif yozuvini soddalashtirish ijtimoiy 
harakatlari boshlandi. Xitoy yozuvini soddalashtirishga oid birinchi maqola 
muallifi
陆费逵
Lu Fei kui uni soddalashtirish bilan bog‘liq asosiy dalillarni 
keltirdi. Uning fikricha, davlat imtihonlarida avvalgidek ierogliflarning yozilish 
shakli qoliplaridan foydalanish zarur, biroq boshqa holatlarda soddalashtirilgan 
belgilarga ruxsat berish kerak.
44
XIX asrning oxirida
文 言
qadimgi xitoy tilining yuqori uslubi bilan 
birgalikda nusxa ko‘chirishda va ilmiy, siyosiy, ommabop adabiyotlarda, 
shuningdek, matbuot va rasmiy ish hujjatlarida qo‘llaniladigan zamonaviy
文言
uslubini o‘zida aks ettirdi. Xitoyda yevropa tilidan tarjimalar soni izchil ko‘paya 
boshladi. Yapon va yevropa tillaridan yangi terminlarni o‘z tiliga o‘girayotgan 
43
Hasanova F.M. Xitoy yozuvi – ieroglifikasi asoslari. – ToshDShI, 2015. 
44
Сердюченко Г.П. Китайская письменность и ее реформа. – М.: Издательство Восточной 
литературы, 1959. – C.172. 


132 
tarjimonlar xitoy tilining yangi ko‘p bo‘g‘inli siyosiy va ilmiy 
terminologiyasining yaratuvchilari bo‘ldilar. Yangi terminologiyani yaratishda 
yevropa sivilizasiyasiga xitoy tilidan oldinroq moslashgan yapon tili katta ta'sir 
ko‘rsatdi. Ushbu terminlar tarjima orqali asl adabiyot va og‘zaki tilga o‘tib bordi. 
Yangi terminologiya yod olinib tushunarli bo‘ldi va
白话
matnlarida foydalanish 
uchun yetarlicha yaroqli sanaldi. 
白话–
X—XII asrda og‘zaki til asosida yuzaga 
kelgan o‘rta asr Xitoyning ikkinchi adabiy tili sanalib, mumtoz tildan sezilarli 
darajada farq qiladi. 
白话
prozaning turli janrlarida badiiy adabiyotlar yaratilgan 
adabiy til hisoblangan. U fan, siyosat, ma’muriyat vazifasida ishtirok etish uchun 
zarur leksikaga ega bo‘lmagan, chunki kerakli matnlar har doim
文言
va
官话
da tuzilgan. 
白话
ning badiiy va orfografik an’anasi ieroglif yozuv orqali og‘zaki 
nutqni yetkazishning barcha vositalari orasida eng nufuzlisi edi. Shuning uchun 
og‘zaki milliy tilni yaratishning eng tabiiy amaliy qadami bo‘lib
白话
badiiy va 
orfografik an’anasi bilan og‘zaki
官话
ning birlashishi bo‘lishi mumkin edi. 
Ushbu sharoitda ularning shevali asosibirlashtiruvchi omil bo‘lib sanaldi, chunki 
ko‘pgina mintaqaviy birliklarda o‘rta asrlardanoq sheva ustiga so‘zlar 
qurilayotgan edi .
45
XX asrning ilk yillari
白话
da badiiy adabiyotlar tez tarqala boshladi, so‘ng 
gazeta va ommabop nashrlar chiqdi. Xitoy lingvistik sharoitida
白话
ning roli 
ortganiga hamda uning vazifaviy doirasi kengayganiga qaramay, 
白话
da nashr 
qilish yuqori rasmiy e’tibor bilan olib borilmadi, biroq demokratik jamiyat 
mamlakat ijtimoiy hayotida og‘zaki milliy tilning ahamiyatini yetarlicha yaxshi 
angladi va unda istiqboldagi mustaqil demokratik Xitoyning milliy tilini ko‘ra 
boshladi.
Demokratik intelligensiya – yosh yozuvchi va publitsistlar orasidamilliy tilni 
yaratish uchun keng ijtimoiy harakatboshlandi.Ushbu Yangi madaniyat uchun 
harakat bilan bog‘liq bo‘lib, u 1919 yilning 4 mayidagi Inqilobiy-demokratik 
xarakterdagi “Xitoy adabiy tilini yangilash harakati”ning tarkibiy qismi sanalgan.
“Milliy til muammolarini o‘rganish jamiyati” tarkibidagi maorif arboblari 
milliy til shakllanishining me’yoriy yo‘lini qo‘llab-quvvatladilar. Ular dastavval 
bir qolip asosidagi milliy tilni ishlab chiqishni, keyin esa uni butun mamlakat 
bo‘ylab – avvalo maktab ta’limi orqali ommalashtirishni nazarda tutadilar. 
Adabiy inqilob namoyandalari, avvalo, yozuvchilar, milliy tilni yaratish 
borasidagi ishlar yakunlanishini kuta olmadilar va, bevosita, ularga yaxshi
ma’lum bo‘lgan
白话
adabiy tilida adabiyotlar yaratishga kirishdilar.Bu bilan 
ular milliy tilning adabiy me’yorini barpo qilishga umid bog‘ladilar. 
Og‘zaki tilning o‘zaro nisbatini aniqlashda o‘rnatilgan grammatik, leksik 
45
Конрад Н.И. О китайском языке. //«Вопросы языкознания», 1902, № 3, 45-48 с. 


133 
va orfoepik me'yorlarning mavjud emasligi shevalar, chet el konstruksiyalari 
uchun
文言
tili yozuvchining shaxsiy usuli bo‘lib qoldi. Shuning uchun adabiy 
me’yorning empirik tarzda yuzaga kelish jarayoni ko‘pincha o‘sha davrning 
adabiy usuli bilan bog‘liq edi.
Xitoy tilida 8 dan ortiq sheva guruhlari mavjud: 1. 
北方话
Shimoliy sheva, 
boshqacha qilib aytganda «
官话
Guanhua »; 2. 
上海
Shanxay shevasi – «
吴语
Wuyu »; 3. 
湖南
Xunan shevasi – «
湘语
Xiang yu »; 4.
江西
Jiansi shevasi – «
赣语
Ganyu»; 5. Xakka shevasi, boshqachasiga «
客家话
kejiahua», «
客家
kejia 
» - tili; 6. 
北福建话
Shimoliy-FuJiang shevasi – «
闽北话
minbeihua »; 7.
南福

Janubiy- FuJiang shevasi – «
闽 南 话
minnanhua»; 8. 
广 东
Guangdong 
(kanton) shevasi, boshqacha qilib aytganda «
粤 语
Yueyu ». Har bir sheva 
guruhida yana bir qancha til guruhchalari bor. Xitoy tilining shevalari fonetik, 
leksik, grammatik jihatdan o‘zaro farq qiladi. Ushbu tafovutlar ko‘pgina 
holatlarda shunchalik kattaki, og‘zaki muloqotda sheva egalari har doim ham 
o‘zaro 
bir-birlarini 
tushunavermaydilar. 
Shevalarda 
uchraydigan 
morfemalarning umumiy miqdori deyarli son-sanoqsiz.
Xitoy yozuvining ilmiyligi shundaki, ierogliflarning katta qismi ma’lum 
narsa-buyum turiga ushbu ierogliflar tomonidan belgilangan so‘zlarga 
taalluqliligini ko‘rsatuvchi muhim belgilarni qamrab olgan. Masalan, “metall”

kalitli belgilar metallga xos buyumlarni anglatadi, “suv” 

kalitli belgilar esa 
suv bilan munosabatdagi so‘zlarni, “olov” 

kalitli so‘zlar olov bilan 
munosabatdagi so‘zlarni bildiradi. 
Xitoy iyerogliflarining imlo chiziqlaridan tashqari yozish tartibi ham bor. 
Demak, iyerogliflar ma’lum bir tartib asosida, ya’ni ba’zi bir imlo chiziqlari 
oldin, ba’zilari esa keyin qat’iy bir qoidaga rioya qilgan holda yoziladi. Bunday 
qoida xitoy tilda 
笔顺
«bishun» deb ataladi. Shu qoidani o‘zlashtirib olgandan 
keyingina o‘quvchilar xitoy iyerogliflarini oson, ildam va chiroyli yoza oladigan 
bo‘ladilar. 
Kalitlar ơrnida sodda iyerogliflar qo‘llaniladi. Misol uchun, 


Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish