Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

2.
 
Xitoy 
tili. 
Darslik.Hammualliflar: 
DotsentS.A.Nasirova, 
U.Kh.Mavlyanova, S.Alimova. Toshkentdagi “Zamin nashr” nashriyotida
2020yil chop etilgan. Hajmi 431 bet. Darslik hozirgi zamon xitoy tilini 
o‘rganishga doir ko‘plab ma’lumotlarni qamrab olgan. Kitob 2012 yil Pekinda 
nashr etilgan “
新 实 用 汉 语 课 本
” darsligi asosida tarjima qilinib, o‘zbek 
adabiyoti asarlari xitoy tilidagi tarjima matnlari, test ishlanmalari bilan 
to‘ldirilgan. Darslik mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim davlat 
standartlariga moslashtirilgan. Darslik xitoy tili grammatikasining barcha 
yo‘nalishlarini qamrab olgan. 
 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
4.
O ‘zbekistonda nashr qilingan zamonaviy xitoy tili darsliklaridan 
qaysilarini bilasiz? 
5.
Mazkur darsda tahlil qilingan va tanishtirib o‘tilgan darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarga sizning munosabatingiz qanday? Ular bilan tanishmisiz? 
6.
Yuqoridagi darslik va o‘quv qo‘llanmalardan tashqari yana O‘zbekistonda 
yaratilgan aynan xitoy tili darsliklaridan qaysilarini bilasiz? Ular haqida 
ham o ‘zingizning fikringizni bayon eting. 
 
 


90 
5-- Bo‘lim.
Leksika va grammatikani o‘rgatishning o‘ziga xos 
xususiyatlari
5.1-
§. 
Xitoy tilida yangi so‘z (leksika) o‘rgatishda qo‘llaniladigan Xitoy 
metodlari 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Dars mashg‘ulotlarida yangi leksikani 
o‘rgatishda qo‘llaniladigan xitoy metodlari va ularning afzalliklari haqida 
ma’lumotlar berish hamda bu metodlarni mashg‘ulotlar paytida qo‘llay olish 
mahoratini oshirish. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
imlo chiziq, kalit, iyeroglif tarkibi, leksika, 
iyerogliflar namoyishi, piktogramma, ideogramma, kompyuter, proyektor, 
electron doska.
Xitoy tilini o‘qitishdagi tajribalarimiz shuni ko‘rsatadiki, xitoy tili 
darslarida yangi so‘zlarni puxta o‘zlashtirib olgan talaba darsning yetmish foiz 
materialini yaxshi bilib oladi. Xitoy tilidan dars beruvchi mutaxassislarga yaxshi 
ma’lumki, bu tildagi grammatik kategoriyalar, zamon turlari boshqa chet 
tillariga, masalan, g‘arb tillaridan ingliz yoki sharq tillaridan arab tiliga nisbatan 
murakkab emas. Albatta, hozir xitoy tili o‘qitishda hech qanday muammo yo‘q. 
Kasbdoshlarimizga darsda qo‘llash uchun darslik tanlovi juda ko‘p va xilma- xil.
Biz bejiz darsliklar haqida to‘xtalmadik. Zero har bir darsni mazmunli tashkil 
etish darslikni to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq. Muqim bir darsliksiz dars 
o‘tayotgan o‘qituvchi va talabada qaysidir ma’noda “halovat” bo‘lmaydi. 
Darsda tizim va sifat bo‘lmaydi. Shuning uchun ham hozirda fanlar uchun, 
ayniqsa, chet tili fanlari uchun o‘zbek tilida darslik yaratish masalasi muhim va 
dolzarb masaladir. 
Mavzuga qaytadigan bo‘lsak, har bir darslikda yangi so‘zlar 
bayoniga(leksikani o‘rgatishga) alohida sahifalar ajratiladi. Albatta, har bir 
darslikda bunga o‘zgacha, alohida yondashuvni sezamiz. “
新实用汉语课本
” va 
shu kabi boshqa darsliklarda yangi so‘zlar boshqa darsliklardagi singari har bir 
dars matni (dialogi)dan keyin beriladi. Bular asosiy va qo‘shimcha so‘zlardir. 
Asosiy so‘zlarning ruscha tarjimasidan keyin shu yangi so‘z ishtirokida bir yoki 
bir nechta so‘z birikmasi beriladi. Darsni boshqa qismlarida, ya’ni izohlar 
(kommentariy) 
va 
mashqlar 
(uprajneniya)larda 
yangi 
so‘zlarni 
mustahkamlashga e’ribor kam. “
新 目 标
”darsligida ham boshqa darsliklar 
qatorida yangi so‘z (
生词
)lar asosiy matn (dialog)dan keyin beriladi. Faqat, 
boshqa kitoblardan farqli ravishda yangi so‘zlar tarjimasidan keyin ushbu so‘zlar 
bir nechta gaplar bilan mustahkamlanadi. Dars berish tajribamizdan kelib chiqib 
aytadigan bo‘lsak,yangi so‘zlar ishtirokida so‘z birikmalari berishdan ko‘ra, 
yangi so‘zlar bilan gaplar berish anchagina foydaliroq ekan. Zero, so‘z 


91 
birikmasida emas, gap tarkibida yangi so‘zlarni o‘rganish, ko‘rish va bilish 
o‘quvchiga qulayroq va osonroq. Bundan tashqari har bir darsning boshqa 
bosqichlarida ham yangi so‘zlar izohiga va ularni mustahkamlashga mazkur 
darslikda ko‘p marta murojaat qilinadi. Lekin har ikki darslikda ham qo‘shimcha 
so‘zlarning berilishida misollar ko‘rsatilmaydi. Bu faqat yuqorida ko‘rib 
chiqqan darsliklarimizga xos emas, boshqa darsliklarga ham taaluqlidir. “Nega 
unday?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Yoki qo‘shimcha so‘zlarni “gaplarsiz” 
ham tushunsa bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. Ba’zan bir darsdagi qo‘shimcha so‘z, 
keyingi darsdagi asosiy yangi so‘zlar tarkibida keladi. Shuning uchun bu so‘zlar 
ana o‘sha yerda gaplar bilan mustahkamlanadi. Afsuski aksariyat hollarda 
bunday emas. Yuqorida biz faqat ikkitagina darslik misolida qisqa tahlil qildik. 
Darslik yoki o‘quv qo‘llanmadagi kamchilik yoki bo‘shliqni to‘ldirish, asosan, 
fan o‘qituvchisi mahorati va qobiliyati, zehni va tajribasiga bog‘liq. Ayniqsa 
turli xil so‘z turkumlariga xos bo‘lgan so‘zlarni tushuntirishda farq katta. Bunda 
biz Vladimir Anatol'evich Kurdyumovning kitobi bilan tanishishni tavsiya 
qilamiz. Yangi so‘zlarni tushuntirish darsning muhim bosqichi ekan, darsda 
yangi so‘zlarni tushuntirishda quyidagi metodlarni ko‘rib chiqsak: 
1. 
真接对译法
. Tarjima qilish orqali yangi so‘zlarni tushuntirish metodi. Bu 
eng keng tarqalgan, qariyb har bir o‘qituvchi qo‘llaydigan metod bo‘lib, 
o‘qituvchi va o‘quvchi uchun juda qulay. Yangi so‘z oson o‘zlashtiriladi. 
Qo‘shimcha kuchni, ya’ni xotirani oshiqcha ishlatishni, mulohaza qilishni talab 
qilmaydi. Bu metodda so‘z va uning ona tilidagi tarjimasi beriladi. Mazkur 
metodni har qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarni tushuntirishda qo‘llash mumkin. 
Masalan: 
苹 果
pingguo- olma, apple, yabloko. Misolda bergan so‘zning 
tarjimasini bir necha tillarda yoki ona tili (o‘zbek) va ingliz tilida ham berilishi 
ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
2. 
比较联系法
. Taqqoslash orqali tushuntirish metodi. Bu metod asosan fe’l, 
ravish, olmosh so‘z turkumlariga xos yangi so‘zlarni tushuntirishda juda qulay. 
Taqqoslash orqali tushuntirilsa mazkur so‘z turkumiga oid yangi so‘zlarni o‘rni 
haqida o‘quvchida yaxshi tushuncha va tasavvur hosil bo‘ladi. Shu bilan birga 
o‘quvchiga ham qiziq, ham oson bo‘ladi. Deylik “

shi” fe’lini ingliz tilidagi 
“to be” bilan taqqoslash orqali tushuntiriladi. Hozirda ingliz tilini o‘rganishga 
alohida e’ribor berilayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu metod juda dolzarb 
va ahamiyatli hisoblanadi. Masalan, “

”fe’lining xitoy tilida qo‘llanilishi 
birmuncha osonligi, ingliz tilidagi “to be” ning “is, was, are” shakllari xitoy 
tilida birgina ”

” bilan berilishi o‘quvchilarga ta’kidlanadi. Shunda 
o‘quvchilardagi “xitoy tilini o‘rganish qiyin ekan” degan asossiz xavotirni oldini 
olgan bo‘lamiz. Yoki ”

” va ”

” fe’llarini ingliz tilidagi “can” fe’li bilan 
taqqoslash orqali misollar keltirish ham aynan maqsadga muvofiqdir. 


92 
3. 
语素教学法
. So‘zdagi har bir morfemani alohida tushuntirish metodi. Bu 
metod yangi so‘zlarni xotirada yanada mustahkam muhrlanib qolishiga yordam 
beradi. Har qanday so‘z turkumiga xos so‘zlarni bu metodni qo‘llab tushuntirish 
mumkin. Bundan tashqari bu metod orqali o‘quvchi yanada ko‘proq leksik 
zahiraga ega bo‘ladi. Bilimi yanada ortadi. Bu bilim nafaqat xitoy tili sohasidagi 
bilim, balki Xitoy tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, madaniyati va falsafasiga 
xos bilimlarga ham tegishli. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. 
Soddasidan boshlaymiz. Masalan, o‘quvchilarimizga ilk o‘rgatiladigan 
so‘zlardan biri bu “ 
汉语
” so‘zidir. Bu so‘z “ 
汉语课堂教学技巧
” kitobida 
quyidagicha tushuntirilgan: ”

han, 
汉语的汉







横撇



这个字念

… “


左边一个言字旁
,
右边上边的是三、四、五的五

下边是一个口

这是汉语的语
,
语言的语
…”
Biz esa darsda alohida har bir morfemani quyidagi tarzda tushuntiramiz: “

ot 
so‘z turkumiga xos. Xitoydagi asosiy millatlardan birining nomi. Xan millati 
Xitoyning qariyb 95%ga yaqin aholisini tashkil qiladi. Bu nom Xitoyda 
eramizdan avvalgi II va eramizning II asrlari davomida hukmronlik qilgan va 
Xitoyda fan, madaniyat va iqtisod eng gurkirab yashnagan sulolalardan birining 
nomidan olingan. Ya’ni

millatining nomlanishi. Uch nuqta suv va kaft 
kalitlaridan tashkil topgan bo‘lib, 5 ta imlo chiziqdan iborat. 

ham ot so‘z 
turkumiga mansub bo‘lib, o‘rganiladigan til ma’nosini beradi. 3ta kalitdan (nutq, 
besh va og‘iz) hamda 9ta imlo chiziqdan iborat. Har qanday boshqa so‘z 
tarkibida shu so‘zni (morfemani) ko‘rsak, demak bilamizki, bu so‘z u yoki bu 
tilni ifoda etadi.” So‘zlarni yuqoridagi ko‘rinishda tushuntirsak, aminmanki, 
talaba bunday tushuntirilgan so‘zni aslo yodidan chiqarmaydi. 
4.
图 片 展 示 法
. Kartochkalar yordamida tushuntirish metodi. Bunday 
metodni asosan ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni tushuntirishda, boshlang‘ich 
guruhlarda qo‘llasak birmuncha qiziqarliroq va maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Albatta o‘quvchi endigina xitoy tilini o‘rganishni boshlagan payt, unda ozgina 
qo‘rquv va hayajon bo‘lishi tabiiy. Bunday paytda uni qiziqtirish o‘qituvchining 
zimmasidagi majburiyatdir. Hozirda rangli rasmlar bilan tayyorlangan 
kartochkalar xitoy tilini o‘rgatayotgan har bir o‘quv dargohida ko‘plab topiladi. 
Shunday ekan nima uchun ulardan unumli foydalanmaslik kerak? Masalan, 
kartochkadagi “
苹 果
olma” rasmini ko‘rsatsak, birinchidan o‘qituvchiga 
ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati ham qolmaydi. Ikkinchidan, darsda ona tilini 
qo‘shmasdan ko‘proq xitoy tilida gapirish imkoniyati bo‘ladi. Uchinchidan,


so‘zini o‘quvchi ham kartochkada ko‘rsa, ham doskada o‘qituvchi qoidaga 
muvofiq (
笔顺
) yozib bersa, bunday yangi so‘z xotiraga mustahkam o‘rnashib
qoladi.
5.
动作演示法
. Harakat bilan ko‘rsatib berish metodi. Bu metoddan asosan 


93 
fe’l yoki sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni tushuntirsak ayni muddao. Darsni 
qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Interfaol usullardan bir nechtasini bu 
metod bilan birgalikda tadbiq etsak bo‘ladi. O‘qituvchi mahoratiga ko‘p narsa 
bog‘liq bo‘ladi. 

suhbat, 

yugurmoq, 
打电话
telefon qilmoq, 

o‘tirmoq, 

ko‘rmoq, o‘qimoq va hokazolarni o‘qituvchi harakat bilan yolg‘iz o‘zi yoki 
o‘quvchilar yordamida ko‘rsatishi juda qiziq va muhim tadbir hisoblanadi. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish