Galoid minerallar
Galit
(osh tuzi) — NaCl. Kristallari kub shaklida bo‘lib, shi-
shadek yaltiraydi. Ulanish tekisligi kub bo‘yicha o ‘ta takom il-
lashgan. Toza massalari shaffof va rangsiz yoki oqdir. Suvda oson
eriydi.
Rangi qizil, sariq, kulrang, pushti, qo‘ng‘ir va oq. Qattiqligi
— 2. Solishtirma og‘irligi 2,1-2,2 g/sm 3. Mazasi sho‘r.
G alit qurib borayotgan biqiq sho‘r suvli ko‘llarda yoki ochiq
dengizdan qum to ‘siqlar (baryer) bilan ajralgan qo‘ltiqlarda va
k o ‘rfazlarda, quruq iqlimli issiq sharoitlarda hosil bo ‘ladi. Vulqon
kraterlarining devorlarida va lava oqimi
darzliklarida gazlardan
sublimat shaklida hosil bo‘ladi.
G alit uzoq vaqt bir tom onlam a bosim natijasida qayishqoq
deformatsiyalanish xususiyatiga ega.
M a’lumki ch o ‘llarda sho‘rxok erlar keng tarqalgan. Bu sho‘r
yer yuziga chiqib qolgan tuzlardan iborat bo‘lib, tarkibida doim o
N aCl ishtirok etadi. Shu Yer yuziga chiqib qolgan tuzlar yom g'ir
yoqqanda yo‘qoladi va qurg‘oqchilikda yana paydo b o ‘ladi.
0 ‘zbekistonda galit konlari bor.
Shuningdek, bu konlarga
Slavyansko-Artemsk (Ukrainada), «Ileshkaya zashita» (Orenburg
shahrining janubida) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Galit oziq-ovqat, kimyo,
metallurgiya, teri-charm sanoatida
va boshqalarda ishlatiladi.
Flyuorit
— C aF2. Ftorning lotincha nomidan olingan. Ikkinchi
nomi plavik shpat. Shpat deb
metall kabi yaltiramaydigan, lekin
ikki yoki undan ortiq yo‘nalishi bo‘yicha m ukam m al ulanish
tekisligiga ega bo‘lgan kristall m oddaga aytiladi.
21-rasm.
Flyuorit.
80
Flyuorit kristallari to ‘g ‘ri
chiziqli, kub, kamroq oktoedr va
dodikaedr shakllarida tog‘ jinsi bo‘shliqlarida topiladi. Kubning
yonlari
odatda silliq, oktoedrning yonlari esa xiradir. B a’zan
kubning yonlari parket nusxada bo‘ladi. Qo'shaloq kristallari ko‘p
uchraydi. Agregatlari ko‘pincha xol-xol, yaxlit donali holatda
uchraydi.
Flyuorit ko‘pincha sariq, yashil, havorang, gunafsha, qoram tir
rangli bo‘ladi. U shishadek yaltiraydi. Ulanishi oktaedr b o ‘yicha
mukam m al. Qattikligi 4, solishtirm a og‘irligi 3,0—3,2 g /sm 3.
Flyuorit k o 'p in ch a flyuoressensiyalanadi, ya’ni
katod nurlari
ta ’sirida zangori-yashil tovlanadigan gunafsha n u r sochadi.
Flyuorit asosan gidroterm al jarayonlar natijasida paydo b o ‘ladi.
Flyuorit asosan metallurgiyada (70% chasi) va kimyo sanoatida
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: