K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

6.
 
Bakteriyalarni o„stirish. 
Bakteriyalar sun‘iy oziq muhitlarida 
o‗stiriladi, bunday muhitlarni tayyorlash uchun har xil tabiiy mahsulotlar 
– sut, qon, zardob, kartoshka, tovuq tuxumining sarig‗i, go‗sht va 
boshqalardan foydalanish mumkin. Sun‘iy oziq muhitlari o‗zining tarki-
bi, konsistensiyasi, nima maqsadlarda ishlatilishiga qarab bir-biridan 
farq qiladi. Bu muhitlar tarkibi jihatdan oddiy va murakkab bo‗lishi 
mumkin. Oddiy muhitlar jumlasiga peptonli suv, go‗sht- peptonli sho‗r-
va, go‗sht-peptonli agar, go‗sht-peptonli jelatin kiradi. Murakkab muhit-
lar oddiy muhitlarga qon, astsit, zardob qo‗shish yo‗li bilan tayyorlanadi. 
Sintetik muhitlar muayyan nisbatlarda olingan oddiy kimyoviy 
birikmalardan tayyorlanadi. Mikroblardagi moddalar almashinuvining 
tafsilotlarini o‗rganish yoki mikrob kulturalari hayot faoliyatining yot 
moddalardan holi bo‗lgan mahsulotlarni olish uchun, odatda, ana 
shunday sintetik muhitlardan foydalaniladi. Elektiv muhitlar, odatda, 
ichida har xil yot mikroflorasi bor tekshirilayotgan materialdan muayyan 
turdagi mikroblani ajratib olish uchun qo‗llaniladi. Elektiv muhitlarda 
faqat muayyan turdagi mikrobning hayot faoliyati uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladi. Masalan, vabo vibrioni uchun ishqorli agar yoki 
ishqor qo‗shilgan peptonli suv elektiv muhit bo‗lib xizmat qilishi 
mumkin,bunday muhitda boshqa mikroorganizmlar ko‗paya olmaydi. 
7.
 
Muhitni sterillash. 
Har qanday muhitni (qo‗llanilish doirasi va 
maqsadidan qat‘iy nazar) toza idishga solib sterillanadi. Ko‗pgina muhit-
lar tarkibiga qarab turli rejimda avtoklavlash bilan sterillanadi. Steril-
lashga mo‗ljallangan muhitni uning avtoklavdagi idishning yarmigacha 
og‗zini paxta tiqin bilan berkitiladi. Qopqoq qattiq berkitilmasligi kerak, 
aks holda sterillash paytida idish ichiga bug‗ kiradi keyinchalik mikro-
organizmlarning o‗sish jarayonida esa ularning nafas olishi qiyinlashadi. 
Muhitni sterillash tartibi va shart-sharoitlari turli xil bo‗ladi. Muhitning 
sterilligini nazorat qilish uchun sterillash jarayoni tugagandan keyin 
muhit 37

C temperaturali termostatda 5 kecha-kunduz saqlanadi. Bu 
davrda suyuq muhitlar shaffof holatda turishi kerak, qattiq ozuqa mu-
hitining ustida esa mikroorganizmlarning o‗sish alomatlari sezilmasligi 
kerak. Sterillikni nazorat qilishdan tashqari, tayyor muhitlarning kimyo-


78 
viy holati ham nazorat qilib boriladi. Buning uchun namuna sifatida 
olingan muhit zarrasi tarkibida pH, umumiy va amin azoti hamda 
xloridlar miqdori aniqlanadi. 
Muhitni biologik nazorat qilish usuli ham bor. Buning uchun 
tekshrilayogan muhitga o‗sha ozuqa manbayi uchun xos bo‗lgan 
mikrobning laboratoriya ekmasi ekiladi va uning o‗sishi kuzatib boriladi. 
Barcha tekshirishlardan muvaffaqiyatli o‗tgan muhit foydalanish uchun 
yaroqli hisoblanadi. Har bir ozuqa muhiti quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: mikroorganizmlarni ko‗payishi va o‗sishi zarur bo‗lgan 
barcha moddalarga ega bo‗lishi; namligi yetarli bo‗lishi; muhitning 
reaksiyasi mos kelishi (pH); sterillangan bo‗lishi; mikrob hujayralariga 
izotonik bo‗lishi, ma‘lum oksidlanish-qaytarilish potensialiga ega bo‗li-
shi lozim. Muhitlardagi asosiy komponentlari nisbati imkoni boricha 
muvofiqlashgan bo‗lishi kerak: aminoguruh aminokislotalardan iborat 
azot yig‗indisi hamda quyi polipeptidlarning miqdori 0,8 – 1,2 g/ml, 
umumiy azot 2,5 – 3 g/ml, xloridlar (natriy hisobidan) – 0,5 – 0,8% 
bo‗lishi kerak. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish