K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

Boyitish usuli. 
O‗rganilayotgan material muayyan tipdagi 
mikroorganizmlarning o‗sishi uchun mo‗ljallangan elektiv ozuqa 
muhitiga ekiladi. 
Labarotoriyada jonivorlar va o‗simliklarga yuqtirish usuli. 
4.
 
Anaerob mikroorganizmlarni o„stirish va undan sof ekma olish 
usullari 
Anaerob mikroorganizmlarni o‗stirish uchun muhitning oksid-
lanish- qaytarilish potensialini gfcfqnbhb, anaerobioz sharoitini yaratish, 
ya‘ni ozuqaa manbai va uni o‗rab turgan muhitdagi kislorod miqdorini 
kamaytirish zarur. Buning uchun funksiyaviy, kimiyoviy va biologik 
usullarni qo‗llash mumkin. 
Fizikaviy usul.
Mikroorganizmlarni kislorodsiz sharoitda o‗stiri-
shga asoslangan bu usulning quyidagi ko‗rinishlari bor: 
1)
ekmaning tarkibida tez oksidlangan va redument moddalar 
mavjud bo‗lgan muhitga ekish;
2)
mikroorganizmlarni qattiq ozuqa muhitining tubiga ekish; 


87 
3)
anaerob mikroorganizmlar o‗stiriladigan idishdagi havoni 
mexanik usulda so‗rib olish;
4)
mikrob o‗sadigan idishni indifferent gaz bilan to‗ldirib lidishda 
kislorodsiz muhit hosil qilish (22-rasm). 
22-rasm Bakteriyalarni anaerob sharoitda ajratib olish usullari 
Odatda redutsent modda sifatida o‗simlik yoki jonivor to‗qi-
masining biror qismi (jigar, miya mag‗zi, buyraklar, taloq, qon, kartosh-
ka, taxta) qo‗llaniladi (0,5 gr miqdorda). Bunday to‗qimalar syuq ozuqa 
muhiti tarkibidagi kislorodlarni biriktiradi va bakteriyalarni o‗ziga 
shimib oladi. Ozuqa muhiti tarkibidgi kislorod miqdorini kamaytirish 
uchun unga kiritishdan avval 10-15 daqiqa davomida qaynatiladi, keyin 
darhol sovitib, ustiga ozgina tozalangan vazelin yog‗dan quyiladi. Pro-
birkaga quyilgan moy ozuqa muhiti yuzasidan 1 sm ko‗tarilib turgan 
bo‗lishi kerak.
Tez oksidlanuvchi modda sifatida esa glyukoza, laktoza, chumoli 
kislotasining natriyli tuzidan foydalaniladi. 


88 
Kirtta – Tarotsi muhiti o‗z tarkibi redutsent moddalarga boy bo‗lgan 
eng yaxshi suyuq ozuqa manbayi hisoblanadi. Bu muhit o‗rganilayotgan 
mikroorganizmlarni dastlabki ekishdan keyinoq hosil bo‗lgan o‗smala-
ridan anaaeroblarini yig‗ib olish va ajratilgan toza ekmaning beshikast 
rivojlanishini ta‘minlashda muvaffaqiyat bilan bilan qo‗llanilmoqda. 
Mikroorganizmlarni qattiq muhitning tubiga naychalar bilan ekish-
da anayerob mikroblar ekmasini kisloroddan yaxshi himoya qila 
oladigan Vinyal – Beyon usulidan foydalaniladi. Buning uchun uzunligi 
30 sm, diametri 3-6 mm bo‗lgan shisha naych olinadi. Naychaning bir 
uchini hiyol cho‗zib, paster tomizgichi shaklidagi ingichka yoki 
qilsimon naycha holatiga keltiriladi. Ikkinchi nisbatan yo‗g‗onroq 
bo‗lgan uchiga esa toza paxta qo‗yiladi. Avval qaynatib, temperaturasi 
50
o
C gacha tushirilgandan keyin probirkalarga solingan ozuqa muhitiga 
o‗rnatilayotgan material namunasi kiritiladi. Mikrob ekilgan agar 
aralashmasi Vinyal – Beyonning sterillanga shisha naychasi bilan so‗rib 
olinadi. Eng talabchan anaeroblarning o‗sishi uchun qulay bo‗lgan sha-
roit shu yo‗sinda yaratiladi. Muayyan turga mansub bo‗lgan mikroor-
ganizmlar turkumini naychaning ichidan lish uchun nayga koloniyalar 
jips bo‗lib joylashgan yeridan aseptika qoidalariga rioya qilgan holda 
egovlanadi. Ana shu joydan naycha sindiriladi, uning uchidagi ekmalar 
esa sof holda o‗sishini davom ettirsin uchun sterillangan ilmoq 
yordamida probirkalardagi ozuqa muhitiga olib qo‗yiladi. 
Anaerob ekmasi rivojlanadigan kossach yoki probirkalar joylash-
tirilgan idish – anaerostat ichidagi kislorod maxsus asbob – uskunalar 
yordamida ham so‗rib olinish mumkin. Qo‗shimcha anaerostat suvni 
boshqa tomonga oqizadigan kran va vakkummetr bilan ta‘minlangan, 
og‗zida burab mahkamlanadigan qopqog‗ bo‗lgan qalin temir silindrdan 
iboratdair. Anaerostatga mikroorganizmlar ekmasi o‗stirilayotgan 
chashka yoki probirkalar joylashtirilgandan so‗ng uning ichidagi havo 
vakkum nasosi yordamida so‗rib chiqariladi.
Havoni indefferent gaz (azot, vodorod, argon, karbonat angidrid 
gazi) bilan almashtirishda ham anerostatdan foydalaniladi. Anerob 
mikroorganizmlar o‗stirilayotgan idishlarni anaerostatga joylashtirilgan-
dan keyin uning ichiga ballonchalardagi gaz yuboriladi, gaz esa 
anaerostat ichidagi kislorodni siqib chiqaradi.

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish