Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   372
Bog'liq
kriminalist

“matematik tahlil” uslubi
keng qo‘llanilmoqda. Tekshiriluvchi 
ob’ektlarning turli sifat belgilari matematik tavsiflash uslubiyotida ikki 
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan sifat xususiyatlari asosida ishlatiladi: a) 
tekshiruv ob’ektining belgi-xususiyatlari mustahkam va individual 
bo‘lish sifati; b) bir xildagi belgi-alomatlarning miqdori bir shaxsning 
xatidagi umumiy va xususiy belgilarining yig‘indisi ikkinchi shaxsning 
xatida takrorlanmasligi, uning sifat omili bo‘lsa, ayrim mustahkam 
shakllangan belgilarning bir ob’ektda qayta takrorlanishi esa miqdor 
sifatini tavsiflaydi.


124 
Ob’ektning sifat belgilari doimiy yoki ma’lum vaqtgacha 
mustahkam va o‘zgarmaydigan bo‘lishi matematik statistika va taxminiy 
nazariyaning zarur bo‘lgan shart-sharoitidir. SHu bilan birga xatning 
variantligi, turli sabablar tufayli o‘zgarishi, uning sifat belgilarini nisbiy 
mustahkamligini tasdiqlaydi.
Diagnostik ma’lumotlardan darak beruvchi belgilar xatning 
ma’lum sharoitlarda yozilishi, turli sabablarning ta’siri natijasida odat 
bo‘lib qolgan yozish uslubiga o‘zgarishlar kiritilishidan kelib chiqadi. 
Dastxatshunoslik va muallifshunoslik ekspertizalar xulosasi 
boshqa ekspertizalar tekshiruvlari kabi jinoyat ish yuzasidan dalil 
manbai bo‘lib hisoblanadi va umumiy qoidalar asosida baholanadi.
Dastxatshunoslik va muallifshunoslik tekshiruvini o‘tkazish uchun 
material tayyorlash 
 
Ekspertiza tayinlashning umumiy protsessual tartibi JPKning 180-
moddasida ta’kidlangan unga binoan, surishtiruv, tergov organi va sud 
ekspertiza tayinlash haqida qaror yoki ajrim chiqaradilar.
Qaror (ajrim)da ekspertiza o‘tkazish sabablari ish uchun hal 
qilinishi lozim bo‘lgan masalalar, ularni echishda qo‘llanadigan maxsus 
bilim sohasi, shu bilimga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etish zarurati 
ko‘rsatiladi. 
SHuningdek, ekspertizaga hujjatlar, ularni tekshirishga vosita 
bo‘lgan dastxat (imzo) namunalari va boshqa ob’ektlar ham yuboriladi. 
Xatshunoslik ekspertizasining xulosalari to‘la va asosli bo‘lishi uchun 
tekshiriladigan hujjatning qachon, qanday sharoitda tuzilganligi, qaerdan 
olinganligi, matnlarni yozishda, rasmiylashtirishda gumon qilingan 
shaxslar va ularning tushuntirishlari kabi ma’lumotlar qaror (ajrim)da 
ko‘rsatilmog‘i lozim. 
Zarur bo‘lgan hollarda ekspert jinoyat ishi materiallarining 
ekspertiza tekshiruviga tegishli bo‘lgan holatlari bilan ham tanishib 
chiqishi mumkin. Bu ma’lumotlar ekspertiza tayinlash haqidagi 
qarorning bayonot qismida ko‘rsatiladi yoki ish materialining tegishli 
qismi ekspert ixtiyoriga topshiriladi. 


125 
Ekspert ixtiyoriga yuborilayotgan hujjatlarning har birining nomi, 
raqami, sanasi va boshqa rekvizitlari ko‘rsatiladi. Jinoyat ishi yuzasidan 
ashyoviy dalil bo‘lgan ob’ektlarni olish, rasmiylashtirish, saqlash va 
ekspertizaga 
yuborishda 
qo‘llanadigan umumiy tartib qoida, 
tekshiriluvchi ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarga ham to‘liq tatbiq etiladi. 
Ekspert tadqiqotining muvaffaqiyatli, ya’ni to‘liq, asosli va 
ob’ektiv bo‘lish solishtirib tekshirish uchun olinadigan dastxat - imzo 
namunalarining soni va sifatiga bog‘liqdir. 
Qo‘lyozmani bajarishda gumon qilingan har bir shaxsning erkin va 
eksperimental xat namunalari etarli hajmda bo‘lishi lozim. Erkin 
namunalar shaxsning o‘qish, xizmat va turar joylaridan olinadigan 
hujjatlardir. 
Tergovchi namunalarni ekspertizaga yuborishdan avval erkin 
dastxat va imzo namunalari kim tomonidan bajarilganligini aniqlab 
olgach, gumon qilinuvchining tasdiqlovchi yozuvi va imzosi bilan 
rasmiylashtirib mustahkamlaydi. Erkin namunalar imkoni boricha 
ko‘proq bo‘lib, tekshiriluvchi hujjatdan tuzilish vaqtiga nisbatan katta 
farq bo‘lmasligi kerak. Eksperimental dastxat namunalari ekspertiza 
tayinlayotgan xodim tomonidan olinib, gumon qilinuvchi tomonidan 
yoziladi. Tekshiriluvchi hujjatdagi yozuvda mavjud bo‘lgan so‘z 
birikmalari, jumla, tuzilishlari, raqamlarning yozilish xususiyatlariga 
o‘xshash bo‘lgan matnni taklif qiladi yoki o‘zi uni aytib turib yozdiradi.
Dastxat va imzo erkin namunalari jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan 
holatda yozilgan bo‘lganligi uchun ulardagi individual aynanlik belgi 
sifatlari deyarli o‘zgarmaydi, aksincha mustahkam bo‘ladi. SHuning 
uchun ekspertiza tayinlashda erkin namunalarga ko‘proq e’tibor berilishi 
lozim.
Imzo namunalarini olishda gumon qilinuvchining qo‘l qo‘yishida 
imzolarning necha turda bo‘lishiga qarab, o‘shancha variant - turda talab 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish