124
Ob’ektning sifat belgilari doimiy yoki ma’lum vaqtgacha
mustahkam va o‘zgarmaydigan bo‘lishi matematik statistika va taxminiy
nazariyaning zarur bo‘lgan shart-sharoitidir. SHu bilan birga xatning
variantligi, turli sabablar tufayli o‘zgarishi, uning sifat belgilarini nisbiy
mustahkamligini tasdiqlaydi.
Diagnostik ma’lumotlardan darak
beruvchi belgilar xatning
ma’lum sharoitlarda yozilishi, turli sabablarning ta’siri natijasida odat
bo‘lib qolgan yozish uslubiga o‘zgarishlar kiritilishidan kelib chiqadi.
Dastxatshunoslik va muallifshunoslik ekspertizalar xulosasi
boshqa ekspertizalar tekshiruvlari kabi jinoyat ish yuzasidan dalil
manbai bo‘lib hisoblanadi va umumiy qoidalar asosida baholanadi.
Dastxatshunoslik va muallifshunoslik tekshiruvini o‘tkazish uchun
material tayyorlash
Ekspertiza tayinlashning umumiy protsessual tartibi JPKning 180-
moddasida ta’kidlangan
unga binoan, surishtiruv, tergov organi va sud
ekspertiza tayinlash haqida qaror yoki ajrim chiqaradilar.
Qaror (ajrim)da ekspertiza o‘tkazish sabablari ish uchun hal
qilinishi lozim bo‘lgan masalalar, ularni echishda qo‘llanadigan maxsus
bilim sohasi, shu bilimga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etish zarurati
ko‘rsatiladi.
SHuningdek,
ekspertizaga hujjatlar, ularni tekshirishga vosita
bo‘lgan dastxat (imzo) namunalari va boshqa ob’ektlar ham yuboriladi.
Xatshunoslik ekspertizasining xulosalari to‘la va asosli bo‘lishi uchun
tekshiriladigan hujjatning qachon, qanday sharoitda tuzilganligi, qaerdan
olinganligi, matnlarni yozishda, rasmiylashtirishda gumon qilingan
shaxslar va ularning tushuntirishlari kabi ma’lumotlar qaror (ajrim)da
ko‘rsatilmog‘i lozim.
Zarur bo‘lgan hollarda ekspert jinoyat
ishi materiallarining
ekspertiza tekshiruviga tegishli bo‘lgan holatlari bilan ham tanishib
chiqishi mumkin. Bu ma’lumotlar ekspertiza tayinlash haqidagi
qarorning bayonot qismida ko‘rsatiladi yoki ish materialining tegishli
qismi ekspert ixtiyoriga topshiriladi.
125
Ekspert ixtiyoriga yuborilayotgan hujjatlarning har birining nomi,
raqami, sanasi va boshqa rekvizitlari ko‘rsatiladi. Jinoyat ishi yuzasidan
ashyoviy dalil bo‘lgan ob’ektlarni olish,
rasmiylashtirish, saqlash va
ekspertizaga
yuborishda
qo‘llanadigan umumiy tartib qoida,
tekshiriluvchi ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarga ham to‘liq tatbiq etiladi.
Ekspert tadqiqotining muvaffaqiyatli, ya’ni to‘liq, asosli va
ob’ektiv bo‘lish solishtirib tekshirish uchun
olinadigan dastxat - imzo
namunalarining soni va sifatiga bog‘liqdir.
Qo‘lyozmani bajarishda gumon qilingan har bir shaxsning erkin va
eksperimental xat namunalari etarli hajmda bo‘lishi lozim. Erkin
namunalar shaxsning o‘qish, xizmat va turar joylaridan olinadigan
hujjatlardir.
Tergovchi namunalarni ekspertizaga yuborishdan avval erkin
dastxat va imzo namunalari kim tomonidan bajarilganligini aniqlab
olgach, gumon qilinuvchining tasdiqlovchi
yozuvi va imzosi bilan
rasmiylashtirib mustahkamlaydi. Erkin namunalar imkoni boricha
ko‘proq bo‘lib, tekshiriluvchi hujjatdan tuzilish vaqtiga nisbatan katta
farq bo‘lmasligi kerak. Eksperimental dastxat namunalari ekspertiza
tayinlayotgan xodim tomonidan olinib,
gumon qilinuvchi tomonidan
yoziladi. Tekshiriluvchi hujjatdagi yozuvda mavjud bo‘lgan so‘z
birikmalari, jumla, tuzilishlari, raqamlarning yozilish xususiyatlariga
o‘xshash bo‘lgan matnni taklif qiladi yoki o‘zi uni aytib turib yozdiradi.
Dastxat va imzo erkin namunalari jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan
holatda yozilgan bo‘lganligi uchun ulardagi individual aynanlik belgi
sifatlari deyarli o‘zgarmaydi, aksincha mustahkam bo‘ladi. SHuning
uchun ekspertiza tayinlashda erkin namunalarga ko‘proq e’tibor berilishi
lozim.
Imzo namunalarini olishda gumon qilinuvchining qo‘l qo‘yishida
imzolarning necha turda bo‘lishiga qarab, o‘shancha variant - turda talab
Do'stlaringiz bilan baham: