Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Tadqiqot jarayonida
tekshiriluvchining qo‘lyozma (imzo)lardagi 
qasddan o‘zgartirib yozilgandan hosil bo‘lgan umumiy va xususiy belgi 
alomatlari alohida inobatga olinadi. Bu holatlar xatni yozish sharoiti, uni 
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi. 
Imzolarni tekshirishda imzoning harfli qismidagi umumiy va 
xususiy belgilari, harfsiz chiziqlar, aylanma sirtmoqsimon yozuvlarning 
yo‘nalishi, o‘zaro joylashuvi imzoning oxirgi yakunlovchi qismi, 
jimjimaning belgi xususiyatlarini aniqlab, ana shunday belgi sifatlarni 
namuna bo‘lgan imzolarda ham mavjudligini kuzatish lozim. So‘ngra 
solishtirish uchun tanlangan belgilar jadvalga kiritilib, o‘xshash harflar 
va harfsiz o‘qilmaydigan chiziqlardagi alomatlar belgilanadi. 
Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatdagi imzolar ko‘p hollarda ularni 
bajargan shaxslar tomonidan o‘zgartirilib yoziladi. Bunday hollarda 
imzodagi belgilar qisman yoki to‘la o‘zgarib ketishi mumkin. 
YOzayotgan shaxsning imzosi shaklan o‘zgarsada, uning o‘ziga xos 
bo‘lgan yozish uslubi ko‘pincha imzoning oxirgi qismida saqladi, 
o‘zgarishsiz qoladi. 
Bu vaziyatda gumon qilinuvchi dastxatining namunalaridan 
foydalanish, ulardan solishtiruv uchun tegishli harflarni topib taqqoslab 
o‘tkazish o‘z samarasini berishi mumkin. 
Ekspert tekshiruvining 
ikkinchi bosqichida
alohida tahlil qilish 
natijasida kuzatilgan dastxat, imzo belgilari o‘zaro solishtirilib 
taqqoslanadi. Gumon qilingan shaxslarning soniga qarab ularning xat 
namunalarini har birini tekshiriluvchi xat bilan tegishli tartibda 
navbatma-navbat solishtiriladi, guruh mansubligi asosida o‘xshash xat 
Ma’lumot uchun! 
Ba’zilar, rahbar, mansabdor shaxslar nomidan 
qo‘yilgan imzolarni unga taqlid qilib, o‘xshatib yozishga harakat 
qiladilar, ya’ni qalbakilashtiradilar. Qalbakilashtirilganda imzoning 
uzun-qisqaligi, tuzilishi va boshqa umumiy belgilari to‘la yoki qisman 
o‘zgaradi. Bu hol imzoning qalbaki ekanidan xabar beradi va ba’zi 
hollarda 
belgilarni 
soniga-sifatiga 
qarab 
kim 
tomonidan 
bajarilganligini ham aniqlash mumkin bo‘ladi. 


121 
namunalari umumiy to‘plamdan ajratib olinadi. Tekshirilayotgan 
hujjatdagi dastxat (yozuv. imzo) bilan ajratib olingan namunalardagi 
barcha guruhdagi belgilar solishtiriladi. Umumiy va xususiy belgilar 
yig‘indisi to‘laligicha tekshiriluvchi va namuna ob’ektlaridan biri 
ikkinchisini takrorlasagina aynanlik masalasi hal qilingan bo‘ladi. 
Agarda umumiy va xususiy belgilarning ko‘pchiligi bir-biridan farq 
qilsa, aynanlik inkor qilinadi, ya’ni qo‘lyozma (imzo)ni boshqa shaxs 
yozganligi aniqlanadi. Ayrim belgilarning tekshiriluvchi va namuna 
xatlardagi umumiyligi ularning o‘xshashlik xususiyatlaridan darak 
beradi. 
Tabiiyki, ikki yoki undan ko‘proq shaxslarning xati o‘xshash 
bo‘lishi mumkin. Lekin yozgan shaxsning aynanligini, ya’ni 
tekshirilayotgan qo‘lyozma (imzolar) aynan “shu shaxs tomonidan 
bajarilgan” degan xulosa qilish uchun identifikatsiyaviy belgilarning 
barchalari, ayniqsa xususiy bo‘lgan alohida dastxat belgilari bir xilda 
bo‘lmog‘i lozim. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish