Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi 
Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarni tekshirishning asosiy 
vazifasi

qo‘lyozma matnlarini va imzolarini kim tomonidan bajarilganligini 
aniqlashdir. 
Xatshunoslik ekspertizasining 
tekshiruv ob’ektlari
hujjatdagi 
qo‘lyozma matnlari: harfli, raqamli, shartli belgilar – shifrovka, imzo 
shaklidagi yozuvlardir. Qo‘lyozma xatlarni (dastxat) tekshirish va uning 
kim tomonidan bajarilganligini (yozilganligini) aniqlash insonning 
o‘ziga xos yozish usuli - malaka xususiyatiga bog‘liq. 
Ashyoviy dalil xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar kriminalistik 
faoliyatda ikki xil tekshiruvga bog‘liq 

xatshunoslik tekshiruvi, ya’ni qo‘lyozma matn, (imzo, raqam, 
turli belgilar, chizmalar va h.k.) kim tomonidan yozilgan yoki 
bajarilganligini aniqlash; 

hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash uchun uni kriminalistik 
texnika usulida tadqiq etish. 


113 
Dastxat quyidagi 
xususiyatlarga
ega: 
-
dinamik turg‘unlik (yoki nisbiy mustahkamlik); 
-
turli ta’sir etuvchi turlarga nisbatan o‘ziga xos o‘zgaruvchanlik. 
Xatshunoslik tekshiruvini o‘tkazishda qo‘lyozma imzoni aynan 
kim tomonidan yozilganligini aniqlash imkonini insonning ana shu 
yozish qobiliyati - dastxati beradi. Xat yozish jarayoni, shuningdek, 
yozilgan matn; so‘z, raqam, imzo kriminalistik tekshiruv ob’ekti sifatida 
xat deb tushuniladi. Kriminalistikada qo‘lyozma matnlar, qanday 
shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, dastxat deb yuritiladi.
Imzo
qo‘lyozmaning alohida bir turi bo‘lib, o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. SHuning uchun uni tekshirish uslubiyoti dastxatni 
tekshirish uslubiyotidan bir muncha farq qiladi. 
Ma’lumot uchun!
Yozish malakasi inson hayotining ma’lum 
davrida boshlanadi va shakllanadi. Umumiy yozish qoidasi xat bilan 
shug‘ullanuvchiga boshlang‘ich ma’lumotni xusnixat qoidasi 
asosida beriladi. Har bir harf-raqamni yozish usuli, ayrim qism 
elementlarini bir chiziqda joylashuvi yozish jarayonida o‘ziga qulay 
va mos holatni qo‘llab umumiy yozish qoidasi chegarasidan chiqib, 
faqat o‘ziga xos uslubni yaratadi va qo‘llaydi. Masalan, yozish 
qurolini qiya yoki to‘g‘ri parallel ushlab yozish natijasida 
harflarning o‘ng yoki chap tomon qiya bo‘lishi, yozishning 
yo‘nalishi, harflarning bir-birlari bilan birikishi, joylashuvi kabi 
alomatlar hosil bo‘ladi. 
Yozish malakasi o‘rta maktab davridan shakllana boshlaydi. 
Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari yozish qoidasiga binoan harf va 
raqamlarni yozishda qalam, ruchkani o‘ngdan chapga yoki aksincha 
yo‘nalishda bajaradilar. Yozishni o‘rganish jarayonida xatning 
yozilishida harflar shakli sekin-asta o‘zgaradi, umum qoida 
chegarasidan chiqa boshlaydi. Bu jarayonga insonning fiziologik 
xususiyati ta’sir etadi.
Shu bilan birga dastxat qotib qolgan, o‘zgarmaydigan qobiliyat 
emasdir. Fiziologiya dastxatni o‘zini-o‘zi boshqaruvchi murakkab 
funksional qobiliyat sifatida tasvirlovchi. Shunga ko‘ra dastxat turli 
o‘zgaruvchan sharoitlarda turg‘unligini, o‘zgartadi, muayyan 
chegaralarda, turli tusga kirib turli ta’sir etuvchi kuchlar oqibatida 
o‘zgarishi tabiiy holdir. 


114 
Dastxat insonning maktabda o‘qib, ilm olish davrida rivojlanadi va 
taxminan o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish arafasida mustahkamlanadi. SHu 
vaqtdan boshlab dastxat bo‘yicha uni bajargan shaxsni aniqlash 
imkoniyati tug‘iladi.
Dastxatning mustahkam bo‘lib shakllanishiga qator omillar, ya’ni 
insonning anatomik, fiziologik, psixologik xususiyatlari, yozish 
malakasi, faoliyati ta’sir etadi. SHu bilan birga insonning o‘ziga xos 
odat bo‘lib qolgan yozish harakati takrorlangan sari mustahkamlanib, 
individuallik - aynanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu ilmiy nazariya ko‘p 
yillar davomida eksperimental tadqiqotlar asosida va ekspertiza 
amaliyotida isbot qilingan. 
Dastxatning tekshiruv ob’ekti sifatida mustahkam bo‘lishi 
nisbiydir. CHunki xat insonning ongli ravishdagi faoliyatidan bir 
ko‘rinish bo‘lib, unga 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish