Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   372
Bog'liq
kriminalist

8-MAVZU. QO‘LYOZMA MATNLARNI 
KRIMINALISTIK USULDA TEKSHIRISH 
 
Hujjatlar ashyoviy dalil sifatida kriminalistik tekshiruv ob’ekti. 
Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi. Dastxatning identifikatsiyaviy 
belgilari. 
Xatshunoslik 
tekshiruvining 
uslubiyoti. 
Kriminalistik 
muallifshunoslik tekshiruvi. Dastxatshunoslik va muallifshunoslik 
tekshiruvini o‘tkazish uchun material tayyorlash.
Hujjatlar ashyoviy dalil sifatida kriminalistik tekshiruv ob’ekti 
Turli jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida daliliy ashyo 
bo‘lgan hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Jumladan, o‘zgalar 
mulkini talon-taroj qilish, mansabni suiiste’mol qilish jinoyatlari
firibgarlik, xo‘jalik ishlarida moliyaviy hisob-kitob hujjatlari bilan bir 
qatorda turli yozma hujjatlar kriminalistik tekshiruv ob’ekti hisoblanadi.
Kriminalistik ma’nodagi hujjatlar jinoyat ishi bo‘yicha ma’lum bir 
hodisalar haqida ma’lumot beradi. Ba’zi hujjatlarni jinoiy maqsadda 
ishlatib, undan qurol sifatida foydalanadilar. Firibgarlik jinoyati 
bo‘yicha qalbaki hujjat yordamida mablag‘ undirish, soxta hisob raqami 
va veksellar bilan bankadan pul olish va shu kabi hujjatlar ish yuzasidan 
ashyoviy dalil hisoblanadi. JPKning 84-moddasida ijtimoiy xavfli 
qilmishning yuz bergan yoki bermaganligi, uni sodir etgan shaxsning 
aybli yoki aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik 
boshqa holatlarini aniqlashga asos bo‘ladigan har qanday ma’lumotlar 
Esda tuting! Hujjat
deganda, keng ma’noda biror hodisani o‘zida 
yozma ravishda aks ettiruvchi moddiy ob’ekt tushuniladi. Sud va tergov 
amaliyotida hujjatlarning
 
quyidagi
turlari 
mavjud: qo‘lda turli yozish 
vositasida bajarilgan imzolar, xatlar (ariza, tilxat, tarjimai hol va h.k) 
moliyaviy hujjatlardagi qo‘lyozma va bosma matnlar; tipografiya usulida 
va bosma asboblar vositasida tayyorlangan hujjatlar, turli grafik 
chizmalar, rejalar, (hujjatlarning reproduksiya tasviri, kseroks nusxalari 
va h.k;) foto-kino hujjatlar; turli ob’ektlar, inson va ashyoviy dalillarning 
kino-foto, video tasviri va fonohujjatlar; magnit tasmasiga yozilgan turli 
ma’lumotlar. 


112 
jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. Bu ma’lumotlar guvohning, 
jabrlanuvchining, gumon qilinuvchi ayblanuvchining ko‘rsatuvlari, 
ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar ovoz yozuvlari, video tasvirlar, 
fotosuratlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan aniqlanadi. Ashyoviy 
dalillar kriminalistik ma’noda jinoyat ishini hal qiluvchi muhim omillar 
bo‘lib, ular jinoiy harakatning izlarini o‘zida aks ettiradi yoki jinoyatni 
sodir etishda qurol sifatida ishlatiladi. Ko‘rsatilgan sifatlar hujjatlarga 
nisbatan tegishli bo‘lganda ular ham daliliy ashyo hisoblanadi.
Hujjatlarni ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil ma’lumot 
olish mumkin bo‘ladi: qo‘lyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlar 
kim tomonidan bajarilgan va ikkinchisi hujjat asl nusxami yoki 
qalbakiligi, qaysi qismi qanday usulda o‘zgartirilgan, o‘chirilgan, 
qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo. 
Ashyoviy dalil hisoblangan hujjatlarni ishga qay darajada molik 
ekanligini aniqlash uchun tergovchi ularni ko‘zdan kechirib, umumiy va 
individual xususiyatlarini aniqlaydi va tegishli tartibda rasmiylashtiradi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish