Ikkinchi guruhga
jabrlanuvchini ekspluatatsiya qilish joyiga
tashish holatlarini kiritish mumkin, xususan: 1) unga jo‘nash uchun
biletlrni kim, qachon va qaerda sotib olib bergan, ular saqlanib
qolganmi;2) uni sayohat davomida kuzatib yurgan, kutib olgan va
hamrohlik qilgan shaxslarning ismi, tashqi qiyofasi tasviri hamda u
ularni taniy oladimi;3) uni mamlakatga jo‘natish qachon, qaerdan va
qaysi transport turida amalga oshiriladi, u tashuvchining shaxsiy
avtotransport vositasi davlat raqamlarini, samolyot yoki poezd reyslarini
eslab qolganmi; 4) uni kuzatib yurganlar, boshqa jabrlanuvchilar soni;5)
uni tashish yo‘nalishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tranzit xususiyat kasb
etganmi. Agarda, tranzit bo‘lsa, qaysi davlatlardan o‘tgan, u tranzit
mamlakatlarda qaerda va qancha ushlanib qolgan, u mazkur davlatlarda
biror-bir blanka yoki boshqa hujjatlarni to‘ldirganmi; 6) uni tashish
uchun soxta farzandlikka olish, nikoh yoki surrogat onalik bilan bog‘liq
biror-bir usullardan foydalanilganmi;7) uni tashish uchun soxta hujjatlar
ishlatilganmi, agar ishlatilgan bo‘lsa, ularni kim va qaerda bergan; 8) u
tashish jarayonida biror-bir zo‘rlik, tahdid, tovlamachilik yoki
1
Дворкин А.И. и др. Расследование похищения человека. – М., 2001.
426
boshqacha ta’sirga duchor bo‘lganmi;9) bojxona va chegara nazoratini
qaerda, qaysi punkt va qaysi postda o‘tgan, o‘tish jarayonida biror-bir
qiyinchiliklar vujudga kelmaganmi.
Uchinchi guruhga
jabrlanuvchini ekspluatatsiya qilishga oid
holatlarni kiritishimiz mumkin. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi: 1)
uni yashashi va ekspluatatsiyasi amalga oshirilgan joy uchastkasi yoki
binosi joylashgan taxminiy joy, manzili;2) ekspluatatsiya qancha muddat
davom etgan;3) u amalga oshirgan mehnat faoliyatining turi va
xususiyati, uning funksional majburiyatlari;4) ekspluatatsiya va yashash
amalga oshirilgan shart-sharoitlar, jumladan, mehnat vaqtining
davomiyligi va taqsimlanishi, ovqatlanish tartibi, tibbiy yordam, bir
xonada istiqomat qiluvchi shaxslar soni va h.k.; 5) amalga
oshirilayotgan mehnat faoliyatidan real daromad miqdori;6) yashash,
mehnat qilish, haq to‘lashning real shartlari yollash vaqtida va’da
qilingan, shartnomada ko‘zda tutilgan holatlardan farqlanadimi,
farqlansa, qaysi bandlari bo‘yicha; 7) ekspluatatsiya joyida yana qancha
jabrlanuvchilar
qolgani,
ularning
taqdiri
unga
ma’lumligi;8)
ekspluatatsiya jarayonida munosib xulq-atvorni ta’minlashga qaratilgan
biror-bir majburlash, ruhiy ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanildimi,
qo‘llanilgan bo‘lsa, ularning oqibatlari nimalarda namoyon bo‘ladi;9)
yashash yoki ekspluatatsiya jarayonida uning shaxsiy erkinligi
cheklanganmi, xususan, bino yoki yashash joyini tark etishga nisbatan
ta’qiq amal qilganmi, shuningdek, qarindoshlar yoki yaqinlar bilan
telefon qo‘ng‘iroqlari amalga oshirilganmi;10) jarimali sanksiyalar
qo‘llanilganmi, agar qo‘llanilgan bo‘lsa, kim tomonidan, qancha
miqdorda va u qaysi hujjatda kelishilgan;11) uning shaxsiy hujjatlari
kimda va qaerda saqlangan;12) qachon va qaysi sharoitlarda u odam
savdosi qurboni bo‘lganligi aniq bo‘lgan;13) u qochishga, biror kimsaga
bo‘lib o‘tgan voqea haqida xabar berib, yordam so‘rashga harakat
qilganmi, mazkur davlatning huquqni muhofaza qilish idoralariga
murojaat qilganmi, agar qilmagan bo‘lsa, qaysi sabablarga ko‘ra;14)
jabrlanuvchilarga qaytib o‘z mamlakatiga ketish taklif qilinganmi;15)
ekspluatatsiya yoki mehnatga majburlash jarayonida biror-bir kasallik
orttirilganmi, ruhiy jarohat olinganmi, agar bo‘lsa, uning oqibatlari
nimalarda namoyon bo‘ladi;16) hozirgi kunda u yollash, o‘g‘irlash,
tashish yoki ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq qaysi shaxslar bilan
do‘stona aloqalarni saqlab qolgan;17) jabrlanuvchi, uning qarindoshlari,
tanishlariga odam savdosi jinoyatchilari tomonidan biror-bir tahdidlar
kelib tushganmi, tushgan bo‘lsa, ularning mazmuni qanday, ular o‘z
427
taqdiridan xavotir olishadimi;18) uning sodir bo‘lgan hodisa,
shuningdek, jinoyat sodir etishga aloqador shaxslarga nisbatan
munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |