E’tibor qarating!
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mehnatni
muhofaza qilish qoidalari jinoiy tarzda buzilishining ikkita turini
nazarda
tutadi:
1) sog‘liqqa zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan buzilishlar; 2) odam
o‘limiga sabab bo‘lgan buzilishlar.
430
2.
Mehnat xavfsizligi qoidalariga zid ishlarni tashkil etish
to‘g‘risida ko‘rsatma yoki buyruqlar berish.Bu guruhga oid
qoidabuzarliklar mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladi. Bunda
mansabdor shaxs texnika xavfsizligi qoidalariga yoki ishchilar
xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan organlar, korxona, muassasa
va tashkilotlar bilan oldindan kelishmasdan ishlarni tashkil etish
to‘g‘risida ko‘rsatma yoki buyruqlar beradi. SHuningdek, individual
himoya vositalarisiz ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirishda
foydalanish taqiqlangan nosoz asbob-uskunalarda ishlashga ruxsat
beriladi.
Bu turdagi qoidabuzarliklarga er qari yoki xavo liniyalarida erni
qazish yoki xavoda ko‘tarish bilan bog‘liq ishlarni belgilangan tartibga
(“Sanoattexnazorat”, “Energonazorat” organlari bilan kelishmasdan)
rioya qilmasdan amalga oshirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar, inson
sog‘lig‘i yoki hayoti uchun xavfli bo‘lgan zaharli moddalar yoki
suyuqliklarni qo‘l kuchi bilan olib o‘tish yoki yomg‘ili ob-havoda ochiq
joylarda payvandlash (elektrosvarka) ishlarini amalga oshirish
to‘g‘risida chiqarilgan buyruqlar va boshqalar.
3.
Stanok yoki turli mexanizmlar konstruksiyasini texnologik
jarayoniga o‘zgartish kiritish, shuningdek mehnat xavfsizligi talablariga
zid eslatma va ko‘rsatmalar chiqarish. Bu turdagi huquqbuzarliklar
korxonaning normal ishlab chiqarish ishlariga yoki to‘liq tashkiliy
masalalariga javobgar shaxslar tomonidan sodir etiladi. Boshqachi qilib
aytganda mazkur qoidabuzarliklar o‘z ichiga sohaga oid umumiy yoki
maxsus mehnat xavfsizligi qoidalariga zid ko‘rsatmalarni qamrab oladi.
Asbob-uskunalarni ekspluatatsiya yoki remont qilish eslatmalariga
mazkur uskunalarning texnik pasportida nazarda tutilgan ish rejimi,
tezligi yoki me’yoriy bosimiga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni
kiritilishi va boshqalar.
4.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida ishchilar tayyorgarligi
(bilim, malaka, ko‘nikmasi)ni etarli emasligi. Bunda mansabdor shaxs
texnika xavfsizligi bo‘yicha ishchilar bilimi va malakasi muntazam
oshirib borish bilan bog‘liq tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirimaydi.
Masalan, instruktaj o‘tkazish vaqtiga amal qilinmasligi yoki
texnologik jarayonlarni o‘zgarishi bilan yangi turdagi instruktajlarni
tashkil etilmasligi; ishchilarni attestatsiyadan o‘tkazish muddatlari va
qoidalarini buzilishi va x.k.
5. Himoya vositalari va uskunalari texnik holati ustidan
nazoratsizlik.
431
Odatda, bu turdagi jinoyatlar mansabdor shaxslar tomonidan
ishchilarning
individual
himoya
vositalari
yoki
ekspluatatsiya
qilinayotgan uskunalarni texnik holatiga oid choralarni ko‘rmasligi
oqibatida yuzaga keladi.
Bunday
qonun
buzilishi
ko‘pincha korxonada foydalanib
kelinayotgan asbob-uskunalar, mexanizmlar, to‘siqlar, blokirovka qilish
yoki signal berish uskunalari predoxranitellari, ventilyasiya, individual
himoya vositalarini muntazam profilaktik va texnik ko‘zdan kechirish
choralarini ko‘rilmasligi natijasida sodir etiladi.
6. Ishlarni xavfsiz tashkil etilishini qoniqarsiz nazorat qilish.
Mansabdor shaxs tomonidan ishlarni texnika xavfsizligi talablariga rioya
qilinishi doimiy tizimli ravishda nazorat qilinmaydi.
7. Texnika xavfsizligi ishlari va tadbirlarini qoniqarsiz tashkil etish.
Bunda mansabdor shaxs inson hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan
maydonlar chegarasi, xavf-xatar darajasi yanglish belgilaydi yoki
mehnat qilish sharoitlari xavfsizligini ta’minlamaydi (yorug‘lik,
to‘siqlarning mavjud emasligi va x.k.); xavfsizlikni ta’minlovchi
xodimlar sonini yoki ish o‘rinlarini noto‘g‘ri taqsimla; ishchilarni
individual himoya vositalari bilan ta’minlamaslik; tegishli sanitar-
gigienik sharoitlar va profilaktik tadbirlar (ob’ektda xodimlar uchun
yuvinish, radioktiv qoldiqlardan tozalash, doimiy tibbiy xizmat
ko‘rsatish xonalarini)ni mavjud emasligi.
Ko‘rsatib o‘tilgan sabablar kamdan-kam hollarda alohida-alohida
uchraydi. Odatda ular o‘zaro aloqador, bir-biri bilan bog‘liqdir.
CHunonchi, buzilishning sanitariyaga xos sabablari yuzaga kelishiga
ko‘pincha tashkiliy kamchiliklar sabab bo‘ladi. Jarohatlanish hollari
jabrlanuvchining o‘z beparvoligi va boshqa qoidabuzarliklari oqibati
bo‘lishi mumkin.
Mehnat xavfsizligi qoidalarining jinoiy tarzda buzilishini tergov
qilishda jinoyat protsessual qonunida ko‘rsatilgan barcha holatlar
isbotlanishi kerak. SHuningdek, barcha hollarda tergovchi jinoiy tarzda
buzilishlar sodir etilishiga ko‘maklashgan sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
Tergov qilish muddatlarini cho‘zilib ketishi, uning rejasizligi,
hodisa joyini kamdan-kam va kechikib ko‘zdan kechirish, hodisa
mexanizmining
texnik
masalalarini
inkor
qilish,
sud-texnika
ekspertizalari imkoniyatlaridan va mutaxassislar yordamidan etarlicha
foydalanmaslik tergovning odatiy xatoliklari hisoblanadi.
432
Do'stlaringiz bilan baham: |