Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Esda tuting! Odam savdosi jinoyati yuzasidan aniqlanishi lozim



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Esda tuting! Odam savdosi jinoyati yuzasidan aniqlanishi lozim 
bo‘lgan holatlar: 
-
odam savdosi jinoyatining sodir etilganlik fakti; 
-
odam savdosi jinoyatini kim tomonidan sodir etilganligi; 
-
jinoyatchining shaxsi va shaxsiy xususiyatlari; 
-
jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, guruh 
tarkibi, ishtirokchilar, ularning vazifalari, qaysi jinoiy guruhlar bilan 
aloqasi borligi; 
-
orttirilgan jinoiy daromadlarning taqsimlanish tartibi; 
-
ayollar, qizlar, voyaga yetmaganlar va erkaklarning sotilish baxosi; 
-
sotib oluvchilarning kimligi, qayerdan ekanligi va millati; 
-
jabrlanuvchining 
shaxsi va shaxsiy xususiyatlari; 
-
jinoyatni sodir etish usuli; 
-
jabrlanuvchining jinsi, yoshi va shaxsiga oid ma’lumotlar; 
-
ko‘rilgan jismoniy va ma’naviy zarar miqdori; 


418 
 
 
Odam savdosi jinoyatining keyingi bosqichlarini rejalashtirish 
 
Odam savdosi jinoyatining keyingi bosqichlarini rejalashtirish va 
tipik vaziyatlarni shakllantirish mazkur jinoyatlarni tergov qilishning 
navbatdagi bosqichi hisoblanadi.
Ushbu bosqichda hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat:
1) tergovning dastlabki bosqichida yo‘l qo‘yilgan surishtiruv va 
tergov xato-kamchiliklarini bartaraf etish; 
2) O‘zR JPK 82-moddasida ko‘zda tutilgan ayblash va hukm qilish 
uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni to‘la-to‘kis aniqlash 
maqsadida to‘plangan dalillar tizimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish hamda 
isbotlovchi dalil ahamiyatidagi qo‘shimcha axborot manbalarini izlash;
3) hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lgan 
guvohlar va jabrlanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
qo‘shimcha choralar ko‘rish; 
4) jinoiy faoliyat natijasida qo‘lga kiritilgan mulkni qidirish va uni 
xatlash; 
5) ish bo‘yicha taqdim etilgan fuqaroviy da’volarni ta’minlash; 
6) tergov qilinayotgan hodisa bilan bog‘liq jinoiy faoliyatning 
muqaddam ma’lum bo‘lmagan epizodlarini, shuningdek, jinoyatga 
daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan O‘zR 
JPKda belgilangan tegishli protsessual qarorlarni qabul qilish; 
7) tergovdan yashiringan yoki turar manzili aniqlanmagan 
ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishini alohida ajratish hamda qidiruv 
e’lon qilish; 
8) O‘zR JPK 14-bo‘limida (jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi 
xalqaro hamkorlik) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi 
hududi chegaralaridan tashqarida bo‘lgan ayblanuvchilarni ekstraditsiya 
qilish; 
9) jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratgan holatlarni bartaraf 
etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.
Isbotlash vazifalarini hal qilish va jinoyat sud ish yurituvini to‘g‘ri 
amalga oshirish vazifalarini hal qilishda himoya tomoni tusmollarini 


419 
o‘rganish va baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ayblanuvchilarning tusmollari dastlabki tergovda naqadar to‘liq va har 
tomonlama tekshirilsa, sudda ayblov yondashuv shunchalik mustahkam 
va ishonchli chiqadi. Mazkur talablarga e’tiborsizlik qilish ishni 
qo‘shimcha tergovga qaytarish yoki oqlov hukmi chiqarilishi uchun asos 
bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish