Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tergov harakatlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
Tergov harakatlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari 
 
Tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasining umumiy qoidalari 
kriminalistika sohasiga oid adabiyotlarda keng yoritib berilgani bois, 
ushbu paragraf doirasida faqatgina odam savdosi jinoyatini tergov 
qilishga xos bergan alohida tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasining 
o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Tintuv, olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishni o‘tkazish. 
Odam savdosi jabrlanuvchilarini o‘g‘irlash, yollash, yashirish, 
istiqomat qilishi va ekspluatatsiya qilish amalga oshirilgan bino, xona, 
qurilma va joylarni ko‘zdan kechirishda quyidagi tipik vaziyat 
elementlari kuzatilishi, shuningdek, quyidagi ob’ektlar aniqlanishi va 
olib qo‘yilishi mumkin: 1) ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslarning 
ajratib qo‘yilgan bino, xona yoki chegaralangan uchastka doirasida 
harakatlanishi cheklangan izlar. Xususan, oshib o‘tilishi mushkul 
bo‘lgan to‘siqlar, ekspluatatsiya amalga oshirilgan va o‘rab olingan joy, 
qo‘riqlash punktlari mavjudligi, eshikning binoning ichki tomonidan 
qulflovchi uskunalarning mavjud ekanligi, derazalarda temir panjaraning 
o‘rnatilganligi yoki umuman derazalarning mavjud emasligi;2) odam 
savdosi jabrlanuvchilarini yashash va ekspluatatsiya qilish joylarini 
Esda tuting! 
Odam savdosi jinoyati bo‘yicha ish uchun 
ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlar va hujjatlar quyidagi joylarda 
aniqlanishi, olib qo‘yilishi va muhrlanishi mumkin: 1) odam savdosi 
jabrlanuvchilarini o‘g‘irlash, yollash, yashirish, istiqomat qilishi va 
ekspluatatsiya qilish amalga oshirilgan bino, xona, qurilma va 
joylarda; 2) jabrlanuvchilar, bedarak yo‘qolganlarning yashash va ish 
joyida; 
3) jabrlanuvchilarni tashish maqsadida foydalanilgan transport 
vositalarida; 
4) odam savdosi jinoyatchilarining yashash yoki ish joyida.


420 
ko‘chmas mulklarga nisbatan joylashuvi. Basharti, bunday joy bino 
(inshoot)ning ichki xonasi bo‘lsa, bino yoki uning bir qismini mazkur 
xona joylashuvini ko‘rsatgan holda chizmasini tuzish lozim; 3) 
ekspluatatsiya quroli va vositasi, shuningdek, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar. Ekspluatatsiya turiga qarab ular turli xil bo‘lishi mumkin: 
turli stanoklar, boshqa ishlab chiqarish mexanizmlari va vositalari, video 
va fotokameralar, pornografik mazmundagi yoki zo‘rlik ishlatish 
mazmunidagi video va foto mahsulotlar, tibbiy qurilmalar yoki jarrohlik 
vositalari hamda a’zo va to‘qimalarni ajratib olish, tajriba o‘tkazish 
asboblari va boshqalar;4) ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslarni 
majburlash va xulq-atvorini nazorat qilishni ta’minlash vositalari, 
shuningdek, ularni qo‘llashning izlari va natijalari. Ular sirasiga shu 
maqsadda foydalaniladigan qurol yoki predmetlar, harakatlanish 
erkinligini cheklaydigan vositalar (arqon, zanjir, kishan), insonning 
ruhiy jarayonlarini cheklovchi turli psixotrop, giyohvand va boshqa 
moddalar 
va 
preparatlar; 
ekspluatatsiya 
qilinayotgan 
shaxslar 
pasportlarining ular qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lmagan hududdan 
topilishi; ekspluatatsiya qilinayotgan shaxslarning qarzdor maqomiga 
solib qo‘yadigan qarzdorlik to‘g‘risidagi tilxat va boshqa shartnomaviy 
munosabatlarni ifodalovchi hujjatlar; qon izlari;5) ekspluatatsiya 
qilinayotgan 
shaxslar, 
shuningdek, 
ekspluatatsiya 
qilayotgan 
shaxslarning yonidan topilgan pul mablag‘lari. Ushbu vaziyat elementi 
jinoyat sodir etgan va odam savdosi jabrlanuvchilari daromadining real 
miqdorini ko‘rsatishi mumkin;6) yashash va ekspluatatsiya qilish 
joyining umumiy maishiy shart-sharoitlari. Xususan, atrof muhit 
sharoiti, antisanitariya holati, ko‘ngilsiz hidning mavjudligi; xonadagi 
noodatiy harorat va h.k.;7) odam savdosiga daxldor bo‘lgan shaxslarni, 
ekspluatatsiya qilingan jabrlanuvchilarni, jabrlanuvchilar shaxsini 
aniqlash, shuningdek, jinoyat hodisasining alohida holatlarini belgilash 
imkoniyatini beruvchi belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan predmet va 
hujjatlar. Ular sirasiga audio va video tasmalar, fotosuratlar, pasportlar 
va boshqa shaxsiy hujjatlar, yozuv kitobi, kompyuter texnikasi, uyali 
aloqa telefonlari, sim kartalar, chop etilgan telefon qo‘ng‘iroqlari 
ro‘yxati, shaxs nomiga yozilgan kvitansiyalar, muayyan shaxslarga 
tegishli deb taxmin qilinayotgan predmetlar va boshqalar;8) 
ekspluatatsiya sahnalashtirilayotgan qonuniy faoliyatni tasdiqlovchi 
yuridik shaxsning shtampi, ta’sis va boshqa hujjatlari. Ularga ta’sis 
shartnomasi, ustavlar, litsenziyalar, ushbu yuridik shaxsning ulushini 
sotib olish, begonalashtirishga oid shartnomalar;9) ushbu yuridik 


421 
shaxsning moliya-xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar. Ularda 
ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 
ro‘yxati va narxi; mehnat shartnomalari va ularning to‘ldirilmagan 
blankalari; qonuniy va “yashirin” buxgalteriya; yuridik shaxsga xizmat 
ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan hisob raqamlari va ularda amalga 
oshirilgan moliya operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumot; iste’mol 
xizmatlari, noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot xaridorlari, xom-
ashyo etkazib beruvchilar, ekspluatatsiya vositasi; har bir ekspluatatsiya 
qilinayotgan shaxs tomonidan bajariladigan ishning hajmi va xususiyati; 
yuridik shaxs faoliyatini reklama qilish xizmatini ko‘rsatish 
shartnomalari; ekspluatatsiya amalga oshirilgan binoga egalik qilish va 
foydalanish 
to‘g‘risidagi 
shartnomalar; 
pul 
mablag‘larining 
harakatlanish va foydaning taqsimlanish tartibi va yo‘nalishi;10) jinoiy 
yo‘l bilan topilgan deb taxmin qilinayotgan pul va qimmatliklar; 11) 
jabrlanuvchilarni ekspluatatsiya qilish natijasida qo‘lga kiritilgan 
daromadlarning legallashtirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar, shu 
jumladan, offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan va soxta deb taxmin 
qilinayotgan yuridik shaxslar bilan mulkiy va boshqacha fuqarolik-
huquqiy bitimlar tuzilganligini, shuningdek, bunday yuridik shaxslar 
faoliyatida, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarida ishtirok etilganligini, 
ko‘chmas yoki qimmatbaho ko‘char mulkni sotib olganlikni tasdiqlovchi 
hujjatlar; 12) erkin fuqarolik muomalasidan olib qo‘yilgan hamda ularga 
egalik qilishga nisbatan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan ob’ektlar.
Jabrlanuvchilarni yollash amalga oshirilgan binolarda tintuv, 
ko‘zdan kechirish va olib qo‘yishni amalga oshirishda qidirish va olib 
qo‘yish ob’ektlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:1) jabrlanuvchilarni 
sheriklar bilan yollashni amalga oshiruvchi shaxslarning jabrlanuvchi 
yashirish va ekspluatatsiya qiluvchi shaxslar bilan yozishmalari 
materiallari. Ularda jabrlanuvchilarga dastlabki buyurtmalar (ularning 
miqdori, jinsi, yoshi, teri va sochi rangi, jismoniy ma’lumotlar, kasbi, 
qon guruhi, to‘qima va a’zolari holati, har bir yollangan shaxsg nisbatan 
to‘lov qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin;2) kompyuter 
texnikasi va boshqa elektron axborot qurilmalari, ularda jabrlanuvchilar 
va ularni yollovchilarning elektron yozishmalari; ixtisoslashtirilgan 
Internet-saytlarida ishga yollash to‘g‘risidagi reklama e’lonlarining 
joylashtirilishi, mehnat va boshqa shartnomalarning namunaviy va 
to‘ldirilgan matnli fayllari; qarz tilxatlari, elektron pul ko‘chirmalari, 
shuningdek, 
yollangan 
jabrlanuvchilar, 
sheriklar, 
yollovchilar, 
tashuvchilarning elektron hisobi; qonuniy va “yashirin” buxgalteriya; 3) 


422 
jabrlanuvchilarni yollash bo‘yicha xizmatlarni reklama qilish bo‘yicha 
shartnoma, shuningdek, tayyor reklama mahsulotlari;4) jabrlanuvchilar 
pasportlari yoki ularning nusxalari;5) chet ellik fuqarolar yoki 
tashkilotlarning jabrlanuvchilar nomiga yozilgan taklifnomalari, arizalari 
yoki viza uchun ariza namunalari; 6) yollangan shaxslarni tashish va 
joylashtirish uchun mehmonxonalarni, biletlarni band qilinganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar;7) mehnat shartnomalari, turistik yo‘llanmalar, 
nikoh xizmatini ko‘rsatish, o‘qitish, madaniy almashuv bo‘yicha 
shartnomalar va viza olish uchun asos bo‘luvchi boshqa hujjatlar;8) 
yozuv 
kitoblari, 
bloknotlar 
va 
boshqa 
qog‘oz hujjatlar; 9) 
jabrlanuvchilarni yollash amalga oshirilayotgan binoda, uning chiqish 
qismida, bino yo‘laklarida yoki unga tutash bo‘lgan binolarda 
o‘rnatilgan video kuzatish tizimlaridan olingan videoyozuvlar;10) 
telefon so‘zlashuvlari hisob-kitoblari;11) telefon avtojavoblari yozuvlari 
xotiralari;12) odam savdosi jinoyatiga daxldor shaxslarni va 
jabrlanuvchilarni aniqlash imkoniyatini beruvchi belgi va xususiyatlarga 
ega bo‘lgan predmet va hujjatlar, shu jumladan jabrlanuvchilarning 
shaxsiga oid ma’lumotlarni ifodalovchi hujjatlar va videoyozuvlar; 13) 
qalbaki pasportlar, ularni tayyorlash blankalari va uskunalari; 14) 
yollash amalga oshirilayotgan binoda tartib-qoidalarni belgilovchi 
hujjatlar; 15) jabrlanuvchilarni yollash sahnalashtirilayotgan qonuniy 
faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning shtampi, ta’sis va 
boshqa hujjatlari, ta’sis shartnomasi, ustavlar, litsenziyalar; 16) ushbu 
yuridik shaxsning moliya-xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi hujjatlar; 17) 
jinoiy yo‘l bilan topilganligi taxmin qilinayotgan pul va qimmatliklar; 
18) jabrlanuvchilarni ekspluatatsiya qilish natijasida qo‘lga kiritilgan 
daromadlarning legallashtirilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar, shu 
jumladan, shartnomalar, firma ustavlari, to‘lov topshiriqlari, bank 
operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar; 19) erkin fuqarolik muomalasidan 
olib qo‘yilgan ob’ektlar.
Jabrlanuvchilar tranzit tashish jarayonda yashirilgan binolarda 
quyidagilar aniqlanishi va olib qo‘yilishi mumkin: 1) mehmonxonalar, 
yotoqxonalar va boshqa vaqtinchalik istiqomat qilish joylaridagi 
ro‘yxatga olish kitoblaridagi ushbu shaxslarning kelish va ketish vaqti 
qayd etilgan yozuvlar;2) jabrlanuvchilar tibbiy yordam uchun murojaat 
etgan bo‘lsa, tibbiy punktlardagi yozuvlar; 3) mazkur shaxslarga tegishli 
bo‘lgan hamda ularning mulkdorini aniqlashtirish, jinoiy hodisaning 
alohida holatlariga aniqlik kiritish imkonini beradigan, ular tomonidan 
unutib qoldirilgan yoki tashlab ketilgan ashyolar yoki hujjatlar; 4) odam 


423 
savdosi jinoyatchilari mazkur binolardan foydalanishi uchun asos 
bo‘lgan ijara shartnomasi yoki boshqa hujjatlar.
Shaxs odam savdosi jinoyati jabrlanuvchisi bo‘lganligini taxmin 
qilish uchun asoslar bo‘lgani holda bedarak yo‘qolgan shaxsning turar 
joyini ko‘zdan kechirishda qidirish va alohida e’tibor qaratish ob’ektlari 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1) shaxsning hayot tarzi, qiziqishlari, 
mehnat faoliyati, ijtimoiy holati va boshqa ma’lumotlarni tavsiflovchi 
binodagi vaziyat elementlari, predmet va hujjatlar, jumladan, mehnat 
daftarchasi, uning ma’lumoti to‘g‘rsidagi, u yoki bu mutaxassislik 
bo‘yicha kurslardan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar va b.q.; 2) bedarak 
yo‘qolgan shaxsni yoki uni topish mumkin bo‘lgan joyni aniqlash 
imkonini beruvchi xususiyat va belgilarga ega bo‘lgan ob’ektlar, 
masalan, eng so‘nggi fotosuratlar, bedarak yo‘qolgan shaxsga tegishli 
biologik ob’ektlar mavjud bo‘lgan predmetlar, qo‘l izi, hidi, sochi, ovoz 
yozuvlari va boshqalar; bedarak yo‘qolganning shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlar, xususan, milliy yoki chet el davlati pasporti va h.k.;3) bedarak 
yo‘qolgan deb taxmin qilinayotgan shaxsning alohida belgilarini 
ko‘rsatuvchi, shaxsning bedarak yo‘qolishiga daxldor bo‘lgan kishilarni 
aniqlash imkonini beruvchi ob’ektlar, shu jumladan, bedarak yo‘qolgan 
shaxslarning ularning qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga tanish 
bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, operativ qiziqishga sabab bo‘lgan 
shaxslar bilan tushgan fotosurati; mazmuni ish uchun ahamiyatga ega 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qog‘oz bo‘laklari, shu jumladan, bedarak 
yo‘qolgan shaxslar aloqa qilgan shaxs yoki tashkilot nomi, telefon 
raqami va manzil; tashrifnomalar; mehnat shartnomalari va ularning 
to‘ldirilmagan blankalari; jinoyat sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslar 
tegilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan predmet va hujjatlar, jumladan, 
tashrifnomalar, telefon raqami yozilgan qog‘oz bo‘laklari, qalbaki 
hujjatlar va b.q. Ushbu ob’ektlarda jinoyatchi va jabrlanuvchining 
barmoq izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu basharti 
ularning shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa, as qotadi. Jabrlanuvchining 
bedarak yo‘qolishida chet ellik fuqaro daxldor degan asosli taxmin 
bo‘lsa, ushbu ob’ektlardan olingan va aniqlashtirish uchun yaroqli 
bo‘lgan daktiloskopik izlarni Interpolga xalqaro daktiloskopik ro‘yxatlar 
bilan tekshirib ko‘rish uchun yuborish lozim;4) jabrlanuvchi bilan ro‘y 
bergan hodisaning alohida elementlarini ko‘rsatuvchi ob’ektlar, shu 
jumladan, ishga joylashtirish, turistik, nikoh va boshqa xizmatlarni 
ko‘rsatish to‘g‘risidagi e’lonlardan iborat bosma nashrlar (bunda ushbu 
nashrlarga qo‘yilgan belgilar yoki ularning qirqib olingan qismlariga 


424 
alohida e’tibor qaratish zarur); bedarak yo‘qolgan shaxsga tegishli 
bo‘lgan kundalik, yozuv kitobi; mehnat shartnomasi yoki mehnat 
faoliyati to‘g‘risidagi dastlabki kelishuvlar, ishga joylashtirish bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma va b.q. 
Ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazish ob’ekti sifatida turli texnik 
vositalar, ishlab chiqarish va boshqa mexanizmlar bo‘lishi mumkinligi 
bois, mazkur tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin tergov harakatlarida 
ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lgan mutaxassislar guruhini aniqlab 
olish maqsadga muvofiq. Qilinadigan ishning hajmidan kelib chiqib, 
mazkur tergov harakatlarida bir nechta tergovchilar ishtirok etishi 
zaruriyatini ko‘rib chiqish lozim.
2. Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish. 
Jabrlanuvchilar so‘roq qilinishi mumkin bo‘lgan holatlar doirasini 
shartli ravishda uch guruhga bo‘lishimiz mumkin. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish