Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Jabrlanuvchini guvohlantirish 
yaxshi yoritilgan xonada kuchli 
lupalar yordamida o‘tkaziladi. So‘ng ko‘zdan kechirilgan kiyim yuza 
tomoni ichkariga qaratib taxlanishi, o‘ramga joylanishi va mikrozarralar 
ekspertizasiga yuborilishi lozim. Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida 
olingan jarohatlar xususiyati qayd etiladi; ular, shuningdek kiyimda 
topilgan yirtilishlar masshtabli fotos’emka qoidariga binoan fotosuratga 
tushirilishi shart. 
Gumon qilinuvchini 
ushlash 
va
shaxsiy tintuv 
talonchilik yoki 
bosqinchilik sodir etishda aybdor shaxslar ko‘pincha qurollangan 
bo‘lishini hisobga olgan holda o‘tkazilishi lozim. SHu sababli ushlashni 
IIOlari xodimlariga topshirgan ma’qul. Ushlanganga nisbatan shaxsiy 
tintuv qurolni, shuningdek jabrlanuvchini qo‘rqitish yoki do‘pposlash 
uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni va o‘g‘irlangan 
buyumlarni olib qo‘yish uchun darhol o‘tkazilishi lozim. So‘ng gumon 
qilinuvchining 
kiyimini 
ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Unda 
jabrlanuvchining kiyimidan ilashgan tolalar, hodisa sodir bo‘lgan 
joydagi tuproq zarralari, olishuv izlari qidiriladi. Gumon qilinuvchini 
guvohlantirish chog‘ida uning tirnoqlari ostidagi kir olinadi, qo‘llari va 
tanasining boshqa qismlarida mavjud tish izlari va tirnalishlar qayd 
etiladi. Zarur holda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. 
Gumon qilinuvchini so‘roq qilish
. Tergov amaliyotiga talonchilik 
yoki bosqinchilik hujumini jinoyatchilar o‘z ish joyini ma’lum vaqtga 


409 
tashlab ketib yoki ancha ishonchli alibini yaratib sodir etgan hollar 
ma’lum. Bu gumon qilinuvchini fosh etishni qiyinlashtiradi, uni so‘roq 
qilishga puxta tayyorgarlik ko‘rishni, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish va boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida qo‘lga 
kiritilgan ashyoviy dalillarni ko‘rsatish rejasini tuzishni talab etadi. 
Agar gumon qilinuvchi talonchilik yoki bosqinchilik sodir etganiga 
iqror bo‘lsa, undan qilmishning barcha holatlarini surishtirish lozim. 
Bunday gumon qilinuvchi bilan birga tekshiruvlarni hodisa sodir bo‘lgan 
joyda tekshirish ko‘rsatuvlarni videoyozuv vositasida qayd etish yo‘li 
bilan o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ba’zan bosqinchilik sodir etishda ayblanuvchilar jabrlanuvchiga 
nisbatan ishlatilgan zo‘rlikni kamaytirish ko‘rsatishga harakat qiladi, uni 
do‘pposlaganini inkor etadi, qurol o‘rniga uning maketini qo‘llagani 
yoki umuman qurolsiz harakat qilganini ta’kidlaydi, ya’ni jinoyatni sodir 
etish holatlarini talonchilik sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. 
Talonchilik va bosqinchilik hujumlarini tergov qilishda ayniqsa faol 
qo‘llaniladigan tergov harakati tanib olish uchun ko‘rsatish hisoblanadi. 
U jabrlanuvchi yoki guvoh-shohidlar jinoyatchining tashqi ko‘rinishini 
eslab qolgan va uni tanib olishi mumkin bo‘lgan yoki hujum sodir 
etilgan joyda gumon qilinuvchiga tegishli narsalar topilgan holda 
o‘tkazilishi lozim. 
Bosqinchilik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ko‘pincha jabrlanuvchi 
yoki gumon qilinuvchining sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. Tan 
jarohatlarining mavjudligi, xususiyati va og‘irlik darajasi, ular qachon 
etkazilgani va hokazolar aniqlanadi. Ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha 
sovuq qurol ekspertizasi ancha keng tarqalgan. Unda pichoq, kastet va 
hujum qilishda foydalanilgan boshqa predmetlarning sovuq qurolga 
mansubligi masalasi hal qilinadi. 
Agar bosqinchi o‘qotar qurol ishlatgan va u jinoyatchidan olib 
qo‘yilgan, ishga o‘qlar yoki gilzalar qo‘shib qo‘yilgan bo‘lsa, sud-
ballistik ekspertizasi tayinlanadi. Hodisa sodir bo‘lgan joyda poyafzal 
yoki transport vositalarining izlari topilgan holda trasologik ekspertiza 
tayinlanadi. Ayrim hollarda tovarshunoslik va daktiloskopik ekspertiza 
tayinlanishi mumkin. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish