Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilishda



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilishda 
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi: 
1) talonchilik yoki bosqinchilik jinoyatlari qachon, qaerda va 
qanday sharoitda va kimga nisbatan sodir etilganligi; 
2) jinoyatning sodir etilishida nechuta shaxs shtirok etganligi, 


407 
ularning umumiy va xususiy belgilari; 
3) jinoyatchilar qurollangan bo‘lsa, nimalar bilan qurollanganligi; 
4) jinoyatni sodir etishda zo‘rlash ishlatilgan bo‘lsa, u qanday 
hajmda ekanligi; 
5) yetkazilgan tana jarohatining tavsifi va og‘irlik darajasi; 
6) jabrlanuvchiga etkazilgan tana jarohatlari to‘g‘risidagi 
ko‘rsatuvning guvoh bergan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘rish va 
uning tasdiqlanishi; 
7) bosqinchilik natijasida jinoyatchilar qanday mulk yoki 
predmetlarni olganligi; 
8) jinoyatlarning sodir etilishiga saban bo‘lgan sharoitlar; 
9) jabrlanuvchida katta pul sum masi borligini bil gan shaxslarni 
aniqlash. 
Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarini tergov qilish 
xususiyatlari
Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha 
dastlabki tergov harakatlari xususiyati jinoyat ishi gumon qilinuvchining 
ushlanishi yoki jinoyat sodir etilishi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilganiga 
bog‘liq bo‘ladi. Ikkala holda ham tergovni jabrlanuvchini so‘roq qilish, 
hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, gumon qilinuvchini 
guvohlantirish 
va 
so‘roq qilish, jabrlanuvchining sud-tibbiyot 
ekspertizasini tayinlash, guvoh-shohidlarni so‘roq qilish (agar ular 
bo‘lsa)dan boshlagan ma’qul. 
Jabrlanuvchini so‘roq qilishda talonchilik yoki bosqinchilik hujumi 
uning uchun stress vaziyati hisoblanishini e’tiborga olish zarur. SHu 
bois jabrlanuvchi jinoyatchilarning tashqi ko‘rinishi belgilarini va tergov 
uchun ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa holatlarni doim ham eslab 
qolavermaydi. 
Jinoyat haqida jabrlanuvchi odatda voqeadan keyin darhol arz 
qiladi, shu sababli so‘roq paytida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida 
bo‘ladi, olingan tan jarohatlaridan azob chekadi. So‘roqdan oldin 
jabrlanuvchiga o‘ziga kelib olish, hujumning barcha holatlarini 
xotirasida tiklash uchun vaqt berish zarur. 
Hujum qilganlarning tashqi ko‘rinishi, kiyimi, qadam tashlashi, 
nutqining nuqsonlarini ayniqsa batafsil aniqlash zarur. Quyidagi 
masalalar ham muhim ahamiyatga ega: jabrlanuvchi qanday qarshilik 
ko‘rsatgan; hujum qilganlarda qanday jarohatlar qolgan bo‘lishi 


408 
mumkin; jabrlanuvchining tanasi va kiyimida jinoyatchilarning qon 
izlari bormi; ularning har biri qanday rolni bajargan. 
Jabrlanuvchini so‘roq qilgandan keyin, ba’zan undan oldin (agar, 
masalan, jabrlanuvchi kasalxonada bo‘lsa) hodisa sodir bo‘lgan joyni 
ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Ushbu tergov harakati taktikasi o‘g‘rilikka 
doir ishlar bo‘yicha ko‘zdan kechirish taktikasi bilan o‘xshash. Asosiy 
farq shundan iboratki, talonchilik va bosqinchilik hujumlarida jinoyat 
shohidi – jabrlanuvchi mavjud bo‘ladi. Ko‘zdan kechirishni uning 
ishtirokida o‘tkazgan ma’qul. Jabrlanuvchi o‘ziga hujum qilingan joyda 
bergan tushuntirishlar o‘q, sigaret qoldiqlari, jinoyatchilarning barmoq 
va poyafzal izlarini topish, hidli izlarni olishni osonlashtiradi. 
Olishuv joyi ayniqsa sinchiklab tekshiriladi. Bu erda qon, oyoq 
izlari, uzilgan tugmalar, qo‘lqoplar, yirtilgan kiyim bo‘laklari va boshqa 
narsalar – ashyoviy dalillar topilishi mumkin. Hodisa sodir bo‘lgan joyni 
ko‘zdan kechirish jarayonida ba’zan talonchilik yoki bosqinchilik 
hujumi inssenirovka xususiyatiga ega ekanligini taxmin qilish imkonini 
beradigan salbiy holatlar aniqlanadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish