Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


O‘g‘irlik jinoyat ishlari bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   372
Bog'liq
kriminalist

O‘g‘irlik jinoyat ishlari bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan 
holatlarga quyidagilar kiradi: 
1) o‘g‘irlik jinoyati haqiqatan ham sodir etilganligi; 
2) o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan joy (korxona, muassasa, 
tashkilotlarning aniq nomi va joylashgan joyi, jabrlanuvchining 
manzili),vaqti va qo‘llangan usuli; 
3) o‘g‘irlangan mulk kimga tegishli ekanligi (korxona, muassasa, 
tashkilot yoki fuqarolar); 
4) aniq nima o‘g‘irlanganligi, o‘g‘irlangan mulkning belgilari, 
uning soni va narxi; 
5) o‘g‘irlik jinoyatini sodir etishda qanday texnika vositalaridan 
foydalanganligi; 
6) o‘g‘irlik kimlar tomonidan sodir etilganligi, ishtirokchilar va 


404 
ularning vazifalari; 
7) o‘g‘irlangan mulk kimga beril gan yoki sotilganligi; 
8) keltirilgan zarar miqdori; 
9) o‘g‘irlik jinoyatining sodir etilishiga olib kalgan saban va 
holatlar; 
10) keltirilgan modniy zararni qoplash uchun qanday chora-tadbirlar 
ko‘rish talab etiladi. 
 
O‘g‘rilik jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari 
O‘g‘rilikni tergov qilish hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirishdan boshlanadi. U tergovchi, tezkor xodimlar, mutaxassis-
kriminalist, xizmat-qidiruv iti va kinolog, ichki ishlar organlarining 
profilaktika inspektoridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan amalga 
oshirilgan holda ayniqsa samarali bo‘ladi. 
YOdda saqlang!
Tergovchi hodisa sodir bo‘lgan joy haqida 
umumiy tasavvur hosil qilib, uni ko‘zdan kechirish rejasini tuzgach, 
quyidagi masalalarni aniqlashi lozim:
1) o‘g‘ri binoga qanday kirgan;
2) qaysi predmetlarga qo‘l tekkizgan;
3) hodisa sodir bo‘lgan joyda qanday izlar qoldirgan;
4) bu erni hech kimga sezdirmasdan tark etgan bo‘lishi mumkinmi;
5) u o‘zi bilan yoki o‘z kiyimi, poyafzalida nimani olib ketgan 
(o‘g‘irlangan buyumlar; bo‘yoq, chang zarralari);
6) aybdorning kasb-kori, jismoniy xususiyatlari, binoda mo‘ljal 
olishini ko‘rsatuvchi belgilar aks etganmi. Jinoyatchilar necha kishi 
bo‘lgani, ular qanday harakat qilgani, qimmatbaho buyumlar 
saqlanadigan 
joyni 
bilgan-bilmaganini 
aniqlash muhim 
vazifa 
hisoblanadi. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyga kelgach, guruh a’zolari o‘g‘rilikni kim 
birinchi bo‘lib aniqlagani, sharoitda qanday o‘zgarishlar yuz bergani, 
ularning birortasi shubhali shaxslarni ko‘rgan-ko‘rmaganini aniqlash 
uchun shohidlar bilan so‘rov o‘tkaziladi. Agar o‘g‘rilik darhol 
aniqlangan bo‘lsa, tezkor xodimlar aybdorni «qaynoq izlari»dan 
qidirishni tashkil etadi. 
Binoga kirish yoki saqlash joylari (metall shkaflar, seyflar) ayniqsa 
sinchiklab tekshiriladi, chunki bu erda barmoq, poyafzal izlari, qulfni 


405 
buzish asboblari, kiyim tolalari, jinoyatchi tushirib qoldirgan narsalar 
(egov, iskana, oyna keskich va sh.k.) topilishi mumkin. 
Oziq-ovqat do‘konlari, dala hovlilari va omborlardan o‘g‘rilik sodir 
etilgan holda, jinoyatchilar iste’mol qilgan shokolad konfetlari, pishloq, 
olmada tish izlari qolgan bo‘lishi mumkin. To‘siqlarni buzayotib 
o‘g‘rilar tanasining biror joyini tilib olgan bo‘lishi, shu sababli qon izlari 
topilishi mumkin. 
Ko‘zdan kechirish jarayonida o‘g‘irlangan tovarlarning yorliqlari, 
pasportlarini, o‘xshash gazlama namunalarini olib qo‘yish kerak, chunki 
bu qidiruv tadbirlarini ancha engillashtiradi. Ko‘zdan kechirilayotgan 
ob’ektning tevarak atrofi ham tekshiriladi: bu erda avtotransport 
g‘ildiraklari, poyafzal izlari, jinoyat qurollari, o‘g‘irlangan mol-
mulkning bir qismi topilishi mumkin. 
Jabrlanuvchilar va moddiy javobgar shaxslarni so‘roq qilish odatda 
ular voqea haqida qaysi holatlarda xabar topganini aniqlashdan 
boshlanadi. So‘roq qilinuvchi yo‘qolgan buyumlar va boyliklarni oxirgi 
marta qachon ko‘rgani, ular yo‘qolganini qachon aniqlagani, shuningdek 
o‘g‘irlangan mol-mulk qiymati va alohida belgilari aniqlanadi.
Kvartira o‘g‘riliklariga doir ishlar bo‘yicha qo‘shnilar orasida 
jabrlanuvchida pul va boyliklar mavjudligidan xabardor odam bor-
yo‘qligi, kvartirada begona shaxslardan oxirgi marta kim bo‘lgani 
aniqlanadi. Agar so‘roq qilinuvchi o‘g‘rilikni sodir etishi mumkin 
bo‘lgan muayyan shaxslarni aytsa, bunday gumonlar uchun nima asos 
bo‘lganini surishtirish kerak. Ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha kechiktirib 
bo‘lmaydigan tergov harakatlari qatoriga guvohlarni so‘roq qilish ham 
kiradi. Kvartira o‘g‘riliklarini tergov qilishda – bu jabrlanuvchining oila 
a’zolari va qarindoshlari. Ular o‘g‘irlangan buyumlarning alomatlariga 
aniqlik kiritadi. Deraza oldida yoki hovlidagi so‘rida kunni kech 
qiladigan pensionerlar va qo‘shnilarni so‘roq qilish natijasida ham 
muhim ma’lumotlarni olish mumkin. 
Davlat va jamoat mulkini o‘g‘irlashga doir ishlar bo‘yicha 
qo‘riqlash xizmati xodimlarini so‘roq qilish zarur: ular o‘sha payt qaerda 
bo‘lgan, qo‘riqlanayotan ob’ekt yaqinida shubhali sub’ektlarga ko‘zi 
tushmaganmi, bu qachon bo‘lgan, ular nimasi bilan e’tiborni tortgan va 
h.k.. 
Agar jinoyatchilar o‘g‘rilikni sodir etish ustida yoki «qaynoq 
izlardan» borib ushlangan bo‘lsa, eng avvalo gumon qilinuvchilarni 
shaxsiy tintuv qilish va guvohlantirish, ularning kiyimini ko‘zdan 
kechirish, yashash joyida tintuv o‘tkazish zarur. Ushbu tergov 


406 
harakatlarini o‘tkazish jarayonida o‘g‘irlangan pullar va buyumlargina 
emas, balki ularning o‘ramlari, yorliqlari, jinoyat qurollari, binolarning 
tarxlari, jinoyatchilar kiyimi ham olib qo‘yiladi. Tintuv o‘tkazayotganda 
professional o‘g‘rilar odatda o‘g‘irlangan buyumlarni yashirish 
usullarini puxta ishlab chiqishlarini hisobga olish lozim. SHu sababli 
kvartiri bilan bir qatorda, barcha yordamchi xonalar, erto‘lalar, garajlar, 
qaznoqlarni ham tintuv qilish zarur. 
Ushlangunga qadar o‘g‘rilar ba’zan bir nechta o‘g‘riliklar sodir 
etishga ulgurgan bo‘ladi, tintuvda ushbu holatni hisobga olish zarur. 
SHu sababli nafaqat tergov qilinayotgan, balki ilgari sodir etilgan 
o‘g‘riliklarga tegishli buyumlar ham olib qo‘yiladi. Tintuv chog‘ida 
yaxshi niqoblangan xufyadonlarni topish uchun ta’sirchan asboblardan 
foydalanish lozim. 
Gumon qilinuvchini guvohlantirish, uning kiyimini ko‘zdan 
kechirish chog‘ida jinoyat sodir etilgan joyda ilashgan chang, gilam tuki, 
bo‘yoq va boshqa mikrozarralar topilishi mumkin. Ko‘zdan kechirilgan 
kiyim va poyafzal ekspertizaga yuborish uchun olib qo‘yilishi lozim. 
Gumon qilinuvchini so‘roq qilish odatda unda alibi bor-yo‘qligini 
aniqlashdan boshlanadi. Agar so‘roq qilinuvchi aybiga iqror 
bo‘lmasdan, o‘z alibisini bildirgan bo‘lsa, uning boshqa joyda bo‘lish 
tafsilotlari aniqlanadi. Jinoyatchini fosh qilish uchun o‘g‘rilik sodir 
etilgan joyda topilgan, tintuv va guvohlantirish chog‘ida olib qo‘yilgan 
ashyoviy 
dalillardan, 
shuningdek 
guvoh-shohidlar 
va 
boshqa 
guvohlarning 
bildirilgan 
alibini 
rad 
etuvchi 
ko‘rsatuvlaridan 
foydalaniladi.
Agar gumon qilinuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan bo‘lsa, undan 
jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish tafsilotlarini, o‘g‘irlangan 
buyumlar va jinoyat qurollari yashirib qo‘yilgan joyni, sheriklari 
mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash zarur. 
O‘g‘rilikni tergov qilishda sud ekspertizalari muhim rol o‘ynaydi. 
Ko‘pincha daktiloskopik, trasologik (qulfni buzish, poyafzal, avtoshina 
izlari bo‘yicha), mikroob’ektlarni tekshirish bo‘yicha ekspertizalar 
tayinlanadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish