Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish 
 
Hujjatlar talon-toroj jinoyatlarini tergashda muhim dalillardan biri 
hisoblanadi. Talon-toroj jinoyatlarini tergashda tergovchi hujjatlarni 
to‘plash, ko‘zdan kechirish va tekshirish ishlarini amalga oshiradi. 
Tergovchi mutaxassis-buxgalter yordamida muhrlangan hujjatlarni 
to‘playdi, zarur hollarda me’yoriy hujjatlarni tegishli korxonalardan 
talab qilib oladi. Tergovchi to‘plagan barcha hujjatlarni diqqat bilan 
tahlil qiladi, ularni tekshirib chiqadi. Hujjatlarni tekshirish usullari uch 
turga bo‘linadi: 
1) ayrim xisob-kitob hujjatlarini tekshirish usuli; 
2) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq operatsiyalarni ifoda etuvchi bir 
necha hujjatlarni tekshirish usuli; 
3) bir turdagi xodimlarning harakatini ifoda etuvchi hujjatlarni 
tekshirish usuli. 
Ayrim hisob-kitob buxgalteriya hujjatlari o‘rnatilgan tartib 
bo‘yicha tekshiriladi, ya’ni hujjatlarda barcha zaruriy rekvizitlarning 
borligi va ularda shubhali rekvizitlarning bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. 
Hujjatlar forma bo‘yicha tekshirib ko‘rilgandan keyin arifmetik va 
normativ tekshiruvdan o‘tkaziladi. Arifmetik tekshiruvda hujjatlardagi 
gorizantal va vertikal grafalarda chizilgan yozuvlar (raqamlar) solishtirib 
tekshiriladi. Normativ tekshiruvda esa hujjat mazmunining harakatdagi 
normativ aktlarga - instruksiyalar, nizomlar, qoidalar, xarajat, chiqim 
normalariga mos kelishi tekshiriladi. 


398 
Bir-biri bilan bog‘liq o‘zaro operatsiyalarni ifoda etuvchi bir necha 
hujjatlarni tekshirishda muqobil tekshiruv va o‘zaro nazorat usullardan 
foydalaniladi. 
Muqobil tekshiruv usulida bir turdagi hujjatlarning turli nusxalarini 
bir-biri bilan o‘zaro solishtirib tekshirishdir. Bu nusxalar bir 
tashkilotning turli bo‘limlaridan yoki bir necha tashkilotlardan olinishi 
mumkin. 
O‘zaro nazorat usulida bir turdagi operatsiyaning turli hujjatlarda 
ifoda etilishi solishtirib tekshiriladi. O‘zaro nazorat usuli har bir xo‘jalik 
operatsiyasining 
turli 
buxgalteriya 
hujjatlarida 
ifoda 
etilishiga 
asoslangan. Buxgalteriya hujjatlari boshqa turli-tuman boshqa hujjatlar 
bilan solishtirib ko‘rilishi mumkin. Masalan, kortateka va omborlardagi 
jurnal yozuvlari bilan transport hujjatlari, mehnat daftarchalari, moddiy 
javobgar shaxsning yozuvlari va boshqalar. 
Buxgalteriya hujjatlarini tekshirishning xususiy usullari ham 
mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: 
1) tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatini 
bevosita ifoda etuvchi kirim-chiqim hujjatlaridagi ma’lumotlarni ushbu 
operatsiyani boshqa tarzda ifoda etuvchi hujjatlar-ma’lumotlar bilan 
solishtirib ko‘rish; 
2) moddiy-tovar boyliklarni olish va berish operatsiyasini ifoda 
etuvchi hujjatlardagi ma’lumotlarni birinchi operatsiya bilan o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalarni ifoda etuvchi hujjat ma’lumotlari 
bilan solishtirib ko‘rish; 
3) moddiy-tovar boyliklarning bir joydan boshqa joyga 
ko‘chirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular tashib o‘tkazilgan 
taralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish; 
4) buxgalteriya hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarini tezkor uchyot 
ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘rish; 
5) nazorat kassa tasmasidagi ma’lumotlarni kassa cheklar 
ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘rish; 
6) pul mablag‘lari va moddiy tovar boyliklarni berish to‘g‘risidagi 
pul vositalari va moddiy tovar boyliklarni yozish va berish uchun asos 
bo‘lgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rish. 
Bir turdagi qiymatlarning harakatini ifoda etuvchi hujjatlarni 
tekshirish usuli moddiy qiymatlar harakatining odatdagi tartibdan 
noto‘g‘ri chetga chiqib ketganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bu 
usul yordamida hujjatlardagi dastlabki yozuvlar tiklanib, talon-toroj 


399 
jinoyati sodir etilganlik fakti aniqlanadi. Ushbu usul quyidagi holatlarni 
aniqlashda qo‘llaniladi: 
1) 
buxgalteriya 
hisobi 
o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, 
chalkashtirilgan bo‘lsa; 
2) buxgalteriya hisobi reestrlari tasodifan yoki qasddan yo‘q 
qilingan bo‘lsa; 
3) dastlabki hujjatlar to‘liq xajmda mavjud bo‘lsa-da,tahliliy 
hisobdagi ishlarni qisqartirishni taqozo etmagan bo‘lsa; 
4) tahliliy hisob etarli darajada detallashtirilmagan bo‘lsa, mavjud 
suiiste’mollikni aniqlash uchun tahliliyhisob o‘rniga miqdoriga oid va 
sortli hisobni tiklash zarur bo‘lsa. 
Hisob-kitob tiklangandan keyin moddiy qiymatlarning odatdagi 
aylanishdan chetga chiqib ketganligi aniqlanadi. Hisob yozuvlarini 
tiklash yoppasiga, tanlab o‘tkaziladigan, to‘liq va natura turlarga 
bo‘linadi. Yoppasiga tiklashda ma’lum bir davr oralig‘i ichida bajarilgan 
ma’lum moddiy qiymatlarning barcha nomlari bo‘yicha tiklanadi. 
Tanlab o‘tkaziladigan tiklashda esa ayrim hisob yozuvlari yoki ayrim 
qiymatlarning nomlari tiklanadi. 
Hisob yozuvlarini to‘liq va noto‘liq hisobga olishning xususiy 
usullari to‘g‘risida yuqorida bayon etildi. Hisob yozuvlarini noto‘la 
ravishda tiklashham mavjud bo‘lib, unga qoldiqlarni kontrol solishtirib 
ko‘rish kiradi. 
Qoldiqlarni nazorat tarzida solishtirib tekshirish usulining mohiyati 
shundan iboratki, bu usul orqali tekshirilayotgan ma’lum davr, vaqt 
oralig‘ida inventarizatsiyaviy vedomostga bir xil turdagi tovarlardan 
qolgan qoldiqlar bilan tovarlarning harakatdagi bo‘lgan miqdori 
tekshirilib ko‘riladi. 
Dastlabki tergovdagi so‘roqqa muvofiq ravishda, kriminalistika 
taktikasi tavsiya etgan usullar asosida talon-toroj jinoyati bo‘yicha 
so‘roq qilishga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim. 
So‘roqqa tayyorlash jarayonida tergovni rejalashtirish lozim. 
Oldindan o‘ylab tuzilgan reja asosida so‘roqni olib borish uni to‘g‘ri 
tashkil etishga va tergovchi tomonidan boshqa holatlarni aniqlashga 
imkon beradi. Tergovni olib borish jarayonida tegishli ravishda 
guvohlarni guruhlarga ajratib olish zarur. Ular quyidagicha: 
1. Talon-toroj jinoyati sodir bo‘lgan tashkilot rahbarlari, 
buxgalterlariham davlat mulki o‘zlashtirilganiga ma’lum darajada 
aybdordirlar, ba’zan esa mansabdor shaxs bilan aloqador bo‘lib chiqishi 
ham mumkin. 


400 
Shuning uchun ham tergovchi bunday guvohlarni so‘roq qilishda 
nihoyatda ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki ular tergovni chalkashtirishi 
yoki yo‘nalishni boshqa tarafga o‘zgartirib yuborishlari mumkin. 
2. Talon-toroj qilingan mulk bilan bevosita aloqador bo‘lgan 
ishchilar. Bu ombor xodimlari, mulkni yuklash-tushirishda ishtirok 
etgan hamda ortiqcha mulk hosil qilinishini bilgan ishchilar bo‘lishi 
mumkin. Bunday guvohlarning ko‘rsatuvlari o‘zlashtirish faktlarini, 
o‘zlashtirilgan mulkning miqdori, jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan 
sodir qilingan bo‘lsa, ishtirokchilarning kimligini, ishtirokchilardan har 
birining jinoyatdagi rolini aniqlashga ma’lum darajada yordam beradi. 
Bunday guvohlarni so‘roq qilish ko‘pincha ijobiy natija beradi.
3. Talon-toroj qilingan mulkni tashishda yordam bergan shaxslar. 
Bular avtomashina shofyorlari, yukni olib borishda ishtirok etgan 
shaxslar, ya’ni ishchilar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ma’lum joyga yuk 
olib borgan, lekin marshrut yo‘l varaqasida aks ettirilmagan bo‘lsa 
shofyorlar guvoh tariqasida qatnashadilar. 
4. Yuqori turuvchi tashkilot xodimlari, taftishchi va nazoratchilar. 
Guvohlarni ko‘rsatuv berish mazmuniga qarab yana uch guruhga 
bo‘lish mumkin. 
Birinchi guruhdagi guvohlar o‘z xizmat mansabidan foydalanib 
talon-toroj ishlari yuzasidan bo‘lgan faktlarni bo‘rttirib ko‘rsatishga 
harakat qiladilar. Bular korxona, muassasalarning buxgalterlari, 
taftishchilari va rahbarlari bo‘lishi mumkin. Ularni so‘roq qilishda 
ko‘rsatuvlarini aniqlashtirib, hujjatlarga asoslangan holda isbotlashlari 
va atroflicha tushuntirib berishlari talab qilinadi. 
Ikkinchi 
guruh 
guvohlar 
aniqlangan 
kamomad, 
ortiqcha 
mahsulotlarni yashirib qolishga urinadilar. Shuning uchun ham ularning 
ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglash, hodisani to‘g‘ri baholash muhim 
ahamiyatga ega. 
Uchunchi guruh guvohlarga jinoyatni fosh etish zarur faktlar 
ma’lum bo‘lsa ham bu haqida hech narsa bilmasliklarinipesh qiladilar. 
Aslida ular talon-toroj qilgan shaxslar bilan aloqada bo‘ladilar. Bular 
shofyorlar, yuk tashuvchilar, qorovullar, oddiy sotuvchilar va 
boshqalardan iborat muhim guvohlar hisoblanadi. 
Agar ish bo‘yicha bir necha gumon ostidagi shaxslarni so‘roq 
qilishga to‘g‘ri kelsa, tergovchi avvalo so‘roqni kimdan boshlash 
masalasini to‘g‘ri hal qilish, ish uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
So‘roqni avvalo jinoyatning ikkinchi darajali ishtirokchilaridan 
boshlash zarur, bunday ishtirokchilar ko‘pincha jinoyatga tasodifan 


401 
qo‘shilib qolgan shaxslar bo‘ladi va ob’ektiv ko‘rsatuv berishga harakat 
qiladilar. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish