Yodda saqlang:
Tergovchi tergovning boshlang‘ich bosqichida quyidagilarni
qidirib topishi juda zarur deb hisoblanadi:
1) talon-toroj qilingan mulk;
2) jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar; qimmatliklar, omonat kassa
daftarchasi, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulklar;
3) talon-toroj qilish uchun tayyorlangan, hisobda bo‘lmagan
xomashyo, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar;
4) jinoiy bitim bilan aloqador bo‘lgan turli yozuvlar;
5) tergov uchun kerakli bo‘lgan talon-toroj jinoyati
ishtirokchilarining uy manzillari, telefon raqamlari va boshqa
ma’lumotlar;
6) turli hujjatlar va yorliqlarning toza blankalari;
7) tergovchini qiziqtirayotgan tashkilot va korxonalarning moliya-
xo‘jalik faoliyatini ifoda etadigan buxgalteriya hujjatlari va boshqalar.
394
4) kamchilik uchun javobgar shaxsni so‘roq qilish; ularni tintuv
qilish;
5) ularning pul va mulkiga hibssolish.
Jinoyat ustida ushlash. Tergovchi ichki ishlar organi xodimlari
bilan birgalikda jinoyatchini jinoyat ustida ushlab, undan tegishli hujjat
va predmetlarni oladi, ushlagan joyi va vaqtini belgilab qo‘yadi. Talon-
torojchi ko‘p hollarda talon-toroj qilingan tovar mahsulotlarini sotishda,
ularni olib ketishda, ortiqcha xomashyodan mahsulot tayyorlashda,
xomashyoni yashirincha olib ketishda ushlanadi. Jinoyatchini jinoyat
ustida ushlashga puxta tayyorgarlik ko‘rilmog‘i lozim: ushlash bo‘yicha
tuziladigan tezkor guruh tarkibini aniqlash, vazifalarini belgilab olish,
ushlash vaqti va joyini aniqlash, to‘satdan ushlashni ta’minlash, jinoiy
guruhning barcha ishtirokchilarini bir vaqtda ushlash masalasini hal
etish imkoniyati boricha ushlash tezkor guruhni zaruriy transport
vositasi bilan ta’minlash lozim.
Ushlash vaqtida talon-torojqiligan shaxsdan barcha o‘g‘irlangan
mulklar, xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulotlar, pullar,
hujjatlar olib qo‘yilishi zarur.
Talon-torojchini jinoyat ustida ushlash faktining o‘zi unga ma’lum
darajada psixologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning natijasida u o‘zi
sodir etgan jinoyat va uning ishtirokchilari to‘g‘risida noiloj to‘g‘ri
ko‘rsatuv berishi mumkin.
Shaxsiy
tintuv
talon-torojchi
ushlangandan
keyin
darhol
o‘tkaziladi. SHaxsiy tintuvni o‘tkazishdan maqsad ushlangandan ish
bo‘yicha dalil bo‘la oladigan predmetlar va hujjatlarni olish hisoblanadi.
Ba’zi vaqtlarda ushlangan shaxs o‘zini fosh qiladigan predmetlar yoki
hujjatlarni tishlab yuborishi yoki yo‘q qilishga harakat qilishi mumkin.
SHuning uchun, ushlangan shaxsni diqqat bilan kuzatish lozim bo‘ladi,
bunday harakatlar qilish sezilsa, darhol uning oldini olish chorasini
ko‘rish zarur.
Talon-torojchi shaxs ushlangandan keyin uning uyida va ish joyida
tintuv o‘tkazilishi zarur. Tintuv vaqtida topilgan va olingan mulklar
hamda jinoiy yo‘l bilan yig‘ilgan mulk va qimmatliklar ish bo‘yicha
muhim dalil bo‘lib hisoblanishi va keltirilgan moddiy zararni ta’minlash
uchun zarur ham bo‘lishi mumkin.
Xizmat binolarida, xonalarda tintuv o‘tkazishda talon-torojchining
puli, qimmatli buyumlari, xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan turli hujjatlarni,
ularning jinoiy operatsiyalari to‘g‘risidagi yozuvlarini qidirib topishga
395
harakat qilish kerak. Bunday vaqtlarda xufiya joylarni qidirib topishga
ham harakat qilish lozim.
Tintuv o‘tkazishga tayyorgarik ko‘rishda umumiy masalalardan
tashqari
mutaxassis
sifatida
tovarshunoslarni,
hisobchilarni,
kriminalistni jalb etish masalasini ham hal etish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |