Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


E’tibor qiling! Tish izlari, tirnoq, so‘lak va boshqa



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qiling! Tish izlari, tirnoq, so‘lak va boshqa 
ajratmalar.
Seksual odam o‘ldirish jinoyatida tish izlari topilishi 
mumkin. Bu izlar turli ob’ektlarda, chunonchi: mahsulotlar, tamaki, 
papirus va inson badanida topilishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan 
jinoyatlarda aniqlanadigan barcha izlarning 5%i tish izlaridir. To‘g‘ri, 
bu ko‘p bo‘lmasligi mumkin, lekin har qanday ma’lumot ham 
jinoyatni ochishga yordam beradi. Jinoyat sodir bo‘lgan joyda 
topilgan tish izlari ko‘zdan kechiriladi, o‘lchanadi, tegishli 
masshtabda rasmga olinadi, ko‘zdan kechirish bayonnomasiga ilova 
qilinadi. 
Bu 
izlarni 
stomatolog, 
protez 
qo‘yuvchi bilan 
maslahatlashgan holda tegishli ma’lumotlar olinadi. 


380 
gumon qilinuvchining hodisa joyida bo‘lganligini, qoldirilgan 
mikroizlarni aniqlash mumkin. 
Tintuv.
Gumon qilinuvchidan narsalarni olish va tekshirish 
zaruriyati tintuv o‘tkazishni taqozo etadi. Tintuvda hodisa joyidan olib 
ketilgan jabrlanuvchiga yoki yaqin qarindoshlarga tegishli narsalar, 
shuningdek 
jabrlanuvchiga 
tahdid 
solingan 
vaqtida 
gumon 
qilinuvchining ustida bo‘lgan kiyimlar topilishi mumkin.
Topilgan va olingan narsalar o‘sha joyda bayonnomada qayd 
etiladi (qaerdan, qay holatda olinganligi) va daliliy ashyo sifatida 
maxsus idishlarga solinib muhrlab qo‘yiladi. 
Noma’lum jinoyatchini topish.
Noma’lum jinoyatchini 
aniqlashda jabrlanuvchining ko‘rsatuvlaridan tashqari ishdagi barcha 
ma’lumotlar va tusmollardan foydalaniladi. Gumon qilinuvchining 
tashqi ko‘rinishi, belgilariga e’tibor beriladi. Jinoyatchini tashqi 
ko‘rinishi o‘ziga xos anatomik va funksional belgilari, alohida belgilari, 
jinoyat sodir etilish jarayonida shikastlanganligi, kiyimi, papkasi va 
jinoyatchi foydalangan boshqa narsalar ham aniqlanadi. YUqorida sanab 
o‘tilgan ma’lumotlarni jabrlanuvchi, shuningdek, hodisa sodir bo‘lgan 
joyni ko‘zdan kechirish natijasida hamda tezkor- qidiruv harakatlari 
orqali olishi mumkin. 
Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha jinoyatchining sub’ektiv 
xususiyatlari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Masalan, jabrlanuvchi bilan 
dastlabki tanishishdagi odati qanday bo‘lganligi, uning mashg‘uloti 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar jinoyatchini aniqlashga yordam beradi. 
Sub’ektiv xususiyatlar shaxslar bilan munosabatda namoyon bo‘ladi. 
Bularga jabrlanuvchini, unga tajovuz qilish vaqti, joyi va jinoyatni sodir 
etish usulini tanlashi kiradi. Jabrlanuvchi bilan bo‘lgan joyda qolgan 
izlarni tahlil qilib faqat jinoyatchining bo‘yi, vazni emas, balki o‘ziga 
xos harakatlari, odati, individual belgilari ham aniqlanishi mumkin.
Shubhalangan shaxsni nomusga tegish jinoyatini sodir etgandan 
keyingi xulqi (yaqin kishilariga bu haqda bayon qilishi yoki sukut 
saqlashi) ham jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida tusmol yuritishga asos 
bo‘ladi. 
Jinoyatchi shaxsi to‘g‘risida ma’lumot guvohning ko‘rsatuvida 
ham bo‘ladi. Shuning uchun tergovni borishini rejalashtirish jarayonida 
guvohlarni topish masalasiga e’tibor berishi lozim. Bu masalani hal 
qilish jinoyatchi jinoyat sodir etgunga qadar va undan keyin qaerlarda 
bo‘lganligini aniqlashdan boshlanadi. Qaysi hududdan izlash kerakligi 
jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari orqali bilish mumkin.


381 
Tergovchi bunday hududni aniqlab, qaysi guruhdagi shaxs guvoh 
bo‘lishi mumkinligini faraz qiladi. Bu maqsadda tergovchi ichki ishlar 
xodimlariga hodisa sodir bo‘lgan joyda hodisani ko‘rgan shaxslarni 
qidirish vazifasini topshiradi. Undan tashqari, tergov organi ish 
yuzasidan qidiruv harakatlari bo‘yicha radio, televidenie, gazeta orqali 
aholiga murojaat qiladi. Guvohdan jinoyatchining anatomik va 
funksional belgilari, uning va jabrlanuvchini xulqi to‘g‘risida, jinoyatni 
tavsiflovchi boshqa holatlar to‘g‘risida ma’lumot olinadi. Gumon 
qilinuvchining jinoyat sodir etgan joyda bo‘lganligini, jabrlanuvchining 
qarshiligiga qaramay zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqa qilganligini aniqlanadi. 
Gumon qilinuvchini hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligini guvohning 
ko‘rsatuvlaridan, hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan izlar: qo‘l, oyoq va 
poyabzal, tish, qon, sperma, so‘lak, kiyim parchalari kabilarni tekshirib 
aniqlaydi. Qoldirilgan narsalar aynan gumon qilinayotgan shaxsga 
tegishli ekanligini u bilan birga ishlovchi xodimlarga, qo‘shnilarga 
ko‘rsatib aniqlash mumkin. Bunday predmetlarga kiyim, poyabzal, 
taqinchoq va boshqalar kiradi. Hodisa joyidan topilgan narsalardan, 
qolgan izlardan ekspertiza yordamida gumon qilinuvchiga yoki boshqa 
shaxsga tegishli ekanligi aniqlanadi. Agarda jabrlanuvchi tajovuz qilgan 
shaxsning tavsifini so‘zlab, qanday predmetlardan foydalanganini aniq 
aytib bersa, tergovchi gumon qilinuvchidan ushbu predmetlarni topishga 
harakat qilmog‘i lozim. Gumon qilinuvchini yonidan yoki uyidan ushbu 
predmetlar topilmasa, boshqa joylardan, ya’ni gumon qilinuvchining 
saqlash kamerasiga qo‘yganligi yoki sotib yuborganligini ehtimol. 
Bundan tashqari, gumon qilinuvchi bu narsalarni o‘rtog‘idan 
vaqtinchaga olgan bo‘lishi mumkin. Buni ham nazardan chetda 
qoldirmaslik kerak. Sinchkovlik va maxsus so‘roq qilish bunday 
holatlarda ijobiy natijalar beradi. 
Gumon qilinuvchi o‘zini himoya qilish maqsadida har xil 
tusmollarni keltirishi tabiiy hol, albatta. Ya’ni tanasida topilgan tirnalgan 
joylar boshqa ayol bilan bo‘lgan jinsiy aloqa natijasida paydo bo‘lgan 
deb vajlar keltirishi mumkin. Bu tusmolni aniqlash uchun gumon 
qilinuvchiga, quyidagi savollar beriladi: boshqa ayol bilan jinsiy aloqada 
bo‘lganmi, oxirgi paytda kim bilan, qaerda va qachon. Bunday 
holatlarda sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi. 
Jinsiy aloqani ayolning erkiga qarshi amalga oshirilganligini 
isbotlash maqsadida tergovchi sud-tibbiyot xodimi ishtirokida gumon 
qilinuvchi badanidagi olishuv izlarini, tirnalgan, tishlangan joylarni, 
kiyimlardagi shikastlangan qismini aniqlaydi. Jinoyatchi men faqat 


382 
ayolning tabiiy uyalishini engib harakat qildim, ayol bunga qarshilik 
ko‘rsatmadi va mening tomonimdan tajovuz bo‘lgani yo‘q, degan vajni 
bildirishi mumkin. Bu holatni aniqlash maqsadida gumon qilinuvchiga 
quyidagi savollar berilishi mumkin: aynan ayol tomonidan jinsiy aloqa 
qilish xohishi borligini qanday his qildi, tanasidagi tirnalgan, tishlangan 
holatni jabrlanuvchiga etkazilgan tan jarohatlarni qanday izohlaydi. 
Yuqoridagi holatlarni aniqlashda nafaqat hodisa sodir bo‘lgan joydan 
izlarni analiz qilish orqali, balki qarshilik ko‘rsatishning davomiyligi, 
chaqiriq, yordamga chorlash kabi holatlar ham e’tiborga olinadi. Agar 
qarshilik shunchaki yoki umuman bo‘lmagan bo‘lsa, bu gumon 
qilinuvchining jismoniy ustunligi bilan bog‘liq emasmi, hodisa sodir 
bo‘lgan joy sharoiti qarshilik ko‘rsatish befoydaligi sababli befoyda 
emasmi? Bundan tashqari, jabrlanuvchi qo‘rqish yoki jismoniy, ruhiy 
holati, kasalligi tufayli qarshilik ko‘rsata olmaganligi ham tekshirilib 
ko‘riladi. Sud psixiologik va sud-psixiatriya ekspertizalari tergovchiga 
bunday masalani hal qilishda yordam beradi. 
Tergovchi tajovuz jarayonida jabrlanuvchi nochor ahvolda 
bo‘lganligini aniqlasa, bu holatga gumon qilinuvchi olib keldimi yoki u 
bundan faqat foydalangandimi aniqlanadi. Jabrlanuvchi ruhiy kasallikka 
chalingan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiluvchi boshqa vositalar (spirtli 
ichimlik, ruhiyatga ta’sir qiluvchi moddalar)dan iste’mol qilgan bo‘lsa, 
tajovuzchining mohiyatini anglay olmagan va qarshilik ko‘rsatishga 
ojizlik qilgan bo‘lishi ehtimol. Yuqoridagi holatlar jabrlanuvchidan, 
gumon qilinuvchi va guvohlardan so‘roq orqali aniqlashtiriladi.
Guvohlar so‘roq qilinganda jabrlanuvchining holatini ta’riflovchi 
savollar: yurishi, gapirishi, sababsiz baqirishi, kulishi yoki yig‘lashi kabi 
dalillar aniqlanadi. Tergovni ob’ektiv olib borish maqsadida quyidagi 
holat aniqlanadi: ayblanuvchining harakatini jabrlanuvchi ig‘vo yo‘li 
bilan tajovuz deb ko‘rsatmoqchi emasmi, u bilan birga spirtli ichimlik 
iste’mol qilmaganmi? 
Shaxsga tuhmat qilayotgan bo‘lishi mumkin, degan tusmolni 
alohida tekshirib ko‘rish lozim. Bunday tusmol yuritishga asos qilib 
arizani kechiktirib berilishi, bunday qilishga yaqin qarindoshlarining 
ta’siri bo‘lganligi, tajovuz vaqtini va joyini taxminiy tasvirlashi, 
jabrlanuvchining ko‘rsatuvi va ish yuzasidan yig‘ilgan ma’lumotlar 
o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar mavjudligi, ayrim ko‘rsatuvlarning noto‘g‘ri 
ekanligi, bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risida erkin, beparvolik bilan so‘zlash 
holatlari olinadi. Bundan tashqari ushbu tusmolni tekshirib ko‘rish 
uchun quyidagi masalalar: jabrlanuvchining nomusiga tegilganligi uning 


383 
yaqin qarindoshlarga qanday ma’lum bo‘ldi, arizani o‘zining xohishi 
bilan yoki boshqa shaxslar ta’sirida berganligi, tajovuz izlari mavjudmi, 
jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilar hodisaga qadar o‘zaro munosabati, 
ular qanday tanishishgan, tuhmat motivi mavjudligi yoki mavjud 
emasligi aniqlanadi. Bu savollarga javob topish uchun nafaqat gumon 
qilinuvchi va jabrlanuvchi so‘roq qilinadi, balki gumon qilinuvchi va 
jabrlanuvchini tanuvchi guvohlar, ular ahvolidan xabardor (hodisaga 
qadar yoki hodisadan so‘ng o‘z kechirmalari bilan hamsuhbat bo‘lgan) 
shaxslarni topib so‘roq qilish lozim.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish