Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qiling! 
Agar jinoyatchi jabrlanuvchi bilan tanish bo‘lsa 
quyidagi holatlar aniqlanishi lozim; sodir etilgan hodisaga qadar u 
ayblanuvchi bilan qanday munosabatda bo‘lganligi, uchrashganmi, 
qachon, qayerda necha marta; uchrashuv qanday kechgan, 
ayblanuvchi jabrlanuvchini jinsiy aloqa qilishga ishtiyoq uyg‘otishga 
harakat qilganmi, ularni munosabatlarini buzilishiga olib kelgan 
dalillar mavjud bo‘lganmi (xiyonat, haqorat, nikohdan o‘tishni rad 
qilish), jabrlanuvchi ayblanuvchidan xizmat yuzasidan yoki moddiy 
jihatdan qaram bo‘lganmi, tajovuzdan keyin ayblanuvchi tomonidan 
jabrlanuvchiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar 
bermaslik to‘g‘risida biror tahdid qilinmaganmi? 


377 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bersa (jinoyatchi 
noma’lum bo‘lsa), tezda uni qidiruv harakatlari tashkil etiladi. Tergovchi 
qidiruv xodimlarga o‘rgatilgan xizmat itlari bilan hodisa joyiga etib 
boradilar va gumon qilinuvchi qaysi tomonga ketgan bo‘lsa, shu 
yo‘nalish tekshiriladi. Jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlari asosida 
qidiruv harakatlari tashkil etiladi. Topshiriqda nafaqat gumon 
qilinuvchining anatomik belgilari, balki funksional belgilari ham bayon 
etiladi. Ayrim holatlarda jinoyatchi bo‘lishi mumkin joylarda qo‘riqchi, 
patrullar tashkil etiladi. 
Agar gumon qilinuvchi shaxs to‘g‘risida biron-bir ma’lumot 
bo‘lsa, tergovchi surishtiruvchiga bu ma’lumotlarni etkazib gumon 
qilinuvchining tergovdan yashirinishi mumkinligi va uni oldini olish 
choralarini ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berish lozim. Bunday holatlarda 
gumon qilinuvchini prokuratura yoki ichki ishlar organlariga olib kelish 
buyuriladi. 
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish 
jabrlanuvchini so‘roq qilgandan keyin, iloji bo‘lsa, uning hamkorligida 
amalga oshiriladi. Ko‘zdan kechirish natijasida quyidagilar qayd etilishi 
mumkin: biologik xususiyatdagi izlar (sperma, qon, so‘lak, hid, ter) 
olishuvdan qolgan qo‘l, barmoq izlari, jabrlanuvchi va jinoyatchini 
hodisa joyiga qaysi tomondan kelganligi va uning poyabzal izlari, 
qoldirgan yoki tushib qolgan boshqa predmetlar. Jabrlanuvchining 
ko‘rsatuvlari hodisa joyida ko‘zdan kechirish, topilgan izlarni, 
predmetlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, 
hodisa joyini ko‘rsatish vaqtida jabrlanuvchi so‘roq paytida yodidan 
chiqargan holatlarni qayta eslashi va bu haqda tergovchiga tushuncha 
berishi mumkin. 
Jabrlanuvchining hodisa joyini ko‘zdan kechirishda ishtiroki ko‘p 
hollarda aybsiz shaxslarga tuhmat qilmayotganligini aniqlash maqsadida 
ham tashkil etiladi. Bunday hollarda uni ko‘rsatuvlari batafsil 
tekshiriladi. Aks holda u tajovuz to‘g‘risida o‘ydirma ko‘rsatuv berishi 
ham mumkin. 
Har qanday holatda ham jabrlanuvchini hodisa joyini ko‘zdan 
kechirish jarayoniga jalb qilish ijobiy natijalar berishi mumkin. 
Jabrlanuvchini ishtiroki va har bir bergan ko‘rsatuvi bayonnomaga qayd 
etilib boriladi. Jinoyatchi hodisa joyidan o‘zi bilan tuproq, chang va 
boshqa moddalarni olib ketganligini ko‘zdan kechirish chog‘ida 
e’tiborga olish kerak. Shuning uchun bu narsalardan nusxalar olish 
lozim. 


378 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish