Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Sud-tibbiyot 
ekspertizasi.
Jabrlanuvchini 
sud-tibbiyot 
ekspertizasidan o‘tkazish, olingan ko‘rsatuvlarini tekshirish va masalani 
hal qilish uchun juda zarur. Ekspertiza imkon qadar zudlik bilan 
o‘tkazilishi lozim, aks holda tajovuz va jinsiy aloqa izlar yo‘qolishi 
mumkin. 
Sud-tibbiyot 
ekspertizasi 
quyidagi 
masalalarni 
hal 
etadi: 
jabrlanuvchining jinsiy a’zolari va tanasida jarohatlar mavjudmi, uning 
xususiyati, muddati, paydo bo‘lish sababi, darajasi, nima orqali zarar 
etkazilganligi, nomusga tegish orqali etkazilgan bo‘lishi mumkinmi, 
jabrlanuvchi mast holatda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi aniqlanadi. 
Bundan tashqari, jabrlanuvchi oldin ham jinsiy aloqada bo‘lganmi, 
tanosil kasalligiga chalinmaganmi, homiladorligi, jinsiy a’zolarida va 
tanasining boshqa qismlarida sperma, qon, izlarini mavjudligi, ularning 
guruhi aniqlanadi. 
Ashyoviy dalillar bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni jabrlanuvchining kiyimlari, unda 
ko‘pgina biologik harakterdagi izlar qolishi mumkin. Bulardan tashqari, 
ekspertizaga hodisa joyida topilgan predmetlar ham yuboriladi. Ayrim 
hollarda jabrlanuvchining kiyimlari ekspertizadan o‘tkazishda, uning 
o‘zi ham ishtirok etishi mumkin. Chunki bu tajovuz izlarni tezda 
topishga yordam beradi.
E’tibor qiling! Sperma izlari.
Jinsiy jinoyatlarda sperma izlari 
jabrlanuvchining badanida, kiyimlarida qolishi mumkinligini inobatga 
olish va ularni qidirish kerak. Bular sud-biologik ekspertizasi 
xulosalariga ko‘ra ham aniqlanadi. Bu izlarning jabrlanuvchi badanida 
mavjudligi jinoyat seksual xususiyatga ega ekanligidan dalolat berishi 
mumkin, lekin har doim ham emas. Chunki jinoyatchining motivi, 
maqsadi qanday bo‘lganini hech kim bilmaydi. Bu izlarni vizual 
ko‘zdan kechirish yo‘li bilan yaxshiroq topish mumkin.
Ultrabinafsha nurlardan foydalanish topilishi qiyin bo‘lgan izlarni 
aniqlashga yordam beradi. Vizual ko‘zdan kechirish, ultrabinafsha nur 
yordamida topilmagan izlar sud-biologik ekspertizasi orqali aniqladi. 
Lekin bu tekshirishlar orqali juda kam ma’lumot olish mumkin. Bu 
ma’lumotlar jinoyatchining qaysi qon guruhiga tegishliligi va uning 
mavjudligini, seksual xususiyatga ega odam o‘ldirish jinoyati sodir 
etilganini, eng muhimi, seriyali qotilliklarda jinoyatlarning ayni bir 
shaxs tomonidan sodir etilganini isbotlashda ahamiyatlidir. 


379 
Sud-tibbiyot ekspertizasi ashyoviy dalillarni tekshirayotganda 
quyidagi o‘ziga xos savollarga javob beradi: tekshirilayotgan ob’ektda 
qon, sperma, so‘lak, soch qoldiqlari mavjudmi, ular insonga tegishlimi, 
qon guruhi qanaqa, bu biologik izlar aniq shaxsga xos ekanligi ham 
aniqlanadi. Bundan tashqari, sud-tibbiyot ekspertizasi dog‘, qon, soch, 
izlarni aynan tana qismini qaysi joyidan ajralib chiqqanligini aniqlab 
bera oladi. 
Sochga oid quyidagi holatlar aniqlanadi: uzilganmi, qirqilganmi, 
agar qirqilgan bo‘lsa, qachon, unda ifloslanish, zararlanish yoki aniq 
predmet izlari mavjudmi.
Gumon qilinuvchini sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish 
quyidagi holatlarni aniqlashga yordam beradi: jabrlanuvchi jinsiy 
aloqada bo‘lganmi, gumon qilinuvchining tanasida jabrlangan shaxs 
tomonidan qarshilik ko‘rsatish paytida etkazilgan jarohat mavjud yoki 
mavjud emaslik. Gumon qilinuvchining kiyimidan topilgan biologik 
izlar kechiktirilmay olinishi va sud-tibbiyot ekspertizasiga yuborilishi 
lozim. Bundan tashqari, sud-tibbiyot ekspertiza xodimi tomonidan 
gumon qilinuvchining tanasida jabrlanuvchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan 
tatuirovka va o‘ziga xos boshqa alohida belgilar qayd etilishi lozim. 
Ayrim holatlar ekspert oldiga gumon qilinuvchi tanosil kasalligi bilan 
kasallanganmi yoki yo‘qmi, agar kasallangan bo‘lsa uning muddatini 
aniqlash to‘g‘risida savollar ham qo‘yilishi mumkin.
Jabrlanuvchi va gumon qilinuvchining kiyimlaridan yirtilgan 
parchalarni, poyabzalda yoki kiyimlarda hodisa joyidan olib ketilgan 
moddalarni va boshqa izlarni aniqlash maqsadida kriminalistik 
ekspertizasi tayinlanadi. Bu ekspertiza yordamida jabrlanuvchi va 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish