Omuxta yem texno 111


 Omixta yem komponentlarini aralashtirish



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/87
Sana17.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#559009
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
omuxta yem texnologiyasi

3.6. Omixta yem komponentlarini aralashtirish. 
Aralashtirish-bu omixta yem ishlab chiqarish jarayonidagi tugallovchi operatsiya. 
Dozalash bilan bir katorda komponentlarni aralashtirish-asosiy texnologik 
jarayonlardan biridir. Aynan shu ikki jarayon ko`pincha omixta yem sifatini 
belgilaydi. 
Katta bo`lmagan miqdordagi ozuqa (kushlar uchun u bir necha un gramlarda 
hisoblanadi) retseptda ko`rsatilgan barcha moddalarni saqlashi kerak. Binobarin, 
dozalangan komponentlar yaxshi aralashtirilgan bo`lishi kerak, ya`ni omixta yem bir 
xildagi okuvchan massaga ega bo`lishi kerak. Aralashtirish - bu bir xil aralashma 
olish uchun omixta yem komponentlari majmuasiga ta`sir qilish. 
Aralashtirish jarayoni oxirgi paytlarda aloxida muhim urin egallayapti, chunki 
omixta yemga kam miqdorda turli mikroqo`shimchalar kiritila boshlangani sababli, 
ular asosan arlashmalarning yuqori darajada bir xilligini talab qiladi. 
Omixta yemni aralashtirish uchun aralashtiruvchi mashinalar qo`llaniladi. 
Aralashtirish samaradorligi turli ko`rsatkichlar bilan tavsiflanadi, ulardan biri 
aralashmaning bir xillik darajasi hisoblanadi. Tabiyki, omixta yemdagi barcha 
komponentlar kancha bir tekisda taksimlangan bo`lsa, shunchalik aralashmaning bir 
xildalik darajasi yuqori bo`ladi. 
Aralashtirish samaradorligi bir tomondan komponentlarning fizik xossalaridan 
(namlik, zichlik, bo`lakchalarning yuza tavsifidan, granulometrik tarkib) bog`liq 
bo`lsa, ikkinchi tomondan aralashtirgich konstruktsiyasidan, aralashtirish vaqtidan
aralashtirgichni tuldirish darajasidan va boshqalardan bog`liq bo`ladi. 
Aralashmalarning bir xillik darajasi quyidagicha aniqlanadi. Uzluksiz ishlovchi 
aralashtirgichdan teng vaqt oraligida bir nechta namuna (10-15 tadan kam yemas) 
olinadi. Davriy harakatlanuvchi aralashtirgich ishlanganda ham shuningdek 
aralashtirgich bushatilayotganda 10-15 namuna olinadi. Olingan namunalardan 
kimyoviy usulda, Masalan, tuzning mavjudligi aniqlanadi. Aralashmalarning bir 
xillik darajasi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi. 


69 
r
B
B
К
0
=
V
0
-omixta yemdagi komponentning berilgan miqdori;
V
g
-omixta yemdagi komponentning xakikiy qiymati. 
K ning qiymati kanchalik birga yaqin bo`lsa, aralashmalarning bir xilligi shuncha 
yuqori, dyemak, komponentlarni aralashtirish shuncha yuqori amlaga oshirilgan. 
Aralashmalarning bir xilligini foizlarda ifodalash mumkin. Aralashma bir xilligini 
aniqlashning boshqa usullari ham mavjud. 
Aralashtirgichlar tiplari. Aralashtirgichlarni ishlash tavsifiga binoan shartli ravishda 
uzluksiz va davriy (portsion) harakatlanuvchi aralashtirgichlarga bo`lish mumkin. 
Aralashtirgich tipini tanlash korxonada qabul qilinagn dozalash sistyemasidan 
bog`liq: davriy harakatlanuvchi aralashtirgichlar bir komponentli dozatorlar 
batareyasi yoki KDK ko`p komponentli dozalash kompleksi bilan komplektlanadi; 
uzluksiz harakatlanuvchi aralashtirgichlar esa-hajmiy dozatorlar bilan, shuningdek 
lentali tarozili dozatorlar bilan komplektlanadi. 
Asosiy ishchi organining joylashuvidan bog`liq holda davriy harakatlanuvchi 
aralashtirgichlar gorizontal va vertikal bo`ladi.
Tayyor okuvchan aralashmalarni suyuk qo`shimchalar bilan aralashtirish uchun 
muljallangan. Maxsus aralashtirgichlar konstruktsiyalari ham mavjud; yana 
shundaylari mavjudki, bir vaqtning uzida okuvchan va suyuk komponentlarni 
aralashtirish boradi. 
Sanoatda turli rusumdagi aralashtirgichlar ishlab chiqariladi. Omixta yem 
komponentlarini uzluksiz aralashtirish uchun unumdorligi 20 t/soat bo`lgan 
gorizontal ikki valli aralashtirgich ishlab chiqariladi.U metal oxurdan tashkil topgan 
bo`lib, ikkita val bellari bilan bir-biriga tomon aylanadi.Bellarning burilish 
burchagini uzgartirish mumkin va shu bilan aralashtirsh vaqtini boshqarish 
mumkin.Oxur kopkok bilan germetik yopiladi. Privodning karama-karshi tomonida 
qabul qiluvchi patrubka joylashgan, yaqinida esa-chiqaruvchi patrubka joylashgan. 
Vallarning aylanish chastotasi-214 ob/min. 
Uzluksiz harakatlanuvchi aralashtirgichga dozalangan komponentlar uzluksiz 
okimda tushadi, aralashtirgichning ishchi organidan chiqarish potrubasi tomon 
harakatlanadi. 
Davriy 
harakatlanuvchi 
aralashtirgichga 
avval 
ulchangan 
komponentlar portsiyalari beriladi, sungra esa aralashtirish boradi, bundan keyin 
aralashtirgich bushatiladi. 
Davriy (portsion) harakatlanuvchi aralashtirgichlar turli tipda ishlab chiqariladi. 
Davriy harakatlanuvchi aralashtirgichlar ko`p komponentli dozalash kompleksi bilan 
ishlagan holda ancha sifatli aralashtirishni ta`minlaydi, dozalash va aralashtirishning 
yagona avtomatlashtirilgan sistyemasini tashkil qiladi. Davriy harakatlanuvchi 
aralashtirgichning 
unumdorligi 
vannaning 
sigimidan 
va 
to`liq 
tsiklining 
davomiyligidan 
bog`liq. 
Asosan 
to`liq 
tsikl 
vaqti-5..6min, 
shuningdek 
aralashtirishning uzini vaqti-4 min. SHunday qilib, 1 soatda o`rtacha 10 tsikl ishlab 
chiqiladi. Masalan, aralashtirgichning sigimi 1,0 t bo`lsa 10 t/soatni tashkil qiladi. 
Bunda omixta yemning bir xildalik darajasi 90...96% ga erishiladi va davom 
ettirilganda aralashtirish asta-sekin ortadi. 


70 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish