OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti sirtqi Biologiya yonalishi
191- guruh talabasi Alimova Sapuraning
Botanika fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Chinnigullilar oilasi
Topshirdi: Alimova Sapura
Qabul qildi: Allaberganova Zebo
Reja:
Kirish.
Adabiyotlar sharhi
Asosiy qism
Chinniguldoshlar klassifikatsiyasi.
Chinniguldoshlar turlari va tarqalishi
Chinnigullarni ko’paytirish va o’stirish texnologiyasi..
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ajdodcha vakillari o't o'simlik buta va daraxtlar bo'lib, barglari butun. Gullari ikki jinsli, kamdan-kam hollarda bir jinsli. Ko'pchilik vakillarida gul tojbarglar bo'lmaydi. Bulaming xarakterli belgilaridan biri urug'kurtakning bukilgan bo'lishi hicoblanadi. Chinnigulkabilar ayiqtovonkabilardan kelib chiqqan degan fikrlar mavjud. Ko'pchilik vakillari quruq iqlimga moslashgan. Lekin tog' zonalarida ayniqsa chinniguldoshlar oilasiga mansub o'simliklardan ko'plab uchratish mumkin. Ajdodcha 3 ta qabila, 650 turkumga mansub 11500 yaqin tumi o'z ichiga oladi. O'rta Yer dengizi bo'ylarida, G'arbiy, O'rta va Markaziy Osiyo, Janubiy Afrika, Shimoliy Amerikaning preriyalarida, Janubiy Amerika pampaslarida hamda Avstraliya cho'llarida uchraydi. Ular o'tlar, ba’zan buta yoki kichik daraxtlar odatda sho'rlangan tuproqlarda hayot kechirishga moslashgan. Poyasi ko'pincha bugimli va sukkulent tipida bo'ladi. Oila vakillarining barglari oddiy, navbat bilan yoki karama-karshi joylashgan, yonbargchasiz, gullari mayda, kurimsiz. Ular xilma-xil murakkab tupgullami hosil etadi.
Chinniguldoshlar oilasining xududimizda uchraydigan ayrim vakillari quyidagilar:
1) Mensimas yulduzo`t (Stellaria neglecta). Bu o`simlik bir yillik o`t, bog` va ekinzorlarda va yo`l yoqalarida uchraydi.
2) Angren chinniguli (Dianthus angrenicus). Ko`p yilik tog` zonasida uchraydi.
3) Ugam chinniguli (D. ugamicus). Ko`p yillik o`t. Adir va tog` zonasida uchraydi .
4) Zurcha (Silene), Bex, etmak ( Acanthophyllum) va boshqalar.
5) Ekiladigan turlaridan: Xitoy chinniguli (D. chinensis), Turkiya chinniguli (D. barbatus), Golandiya chinniguli (D. caryophyllus).
Chinniguldoshlarning tarkibida saponinlarning bo'lishi ularning muhim xususiyatlaridandir. Yetmak, gipsofila ildizlarida saponinlar ancha ko'p to'planadi. Yetmak muhim tcxnikaviy o'simlik. Chinnigullar ajoyib manzarali o'simliklar bo'lib, ularning 70 dan ziyod navlari bor. Qoramug', randak kabi zaharli va begona o'tlari ham uchraydi.
Chinniguldoshlar oilasi urug'larining tuzilishi va tarkibida saponinlarning bo'lishiga ko'ra Semizo'tdoshlarga (Portulacaceae) yaqin turadi. Bu ikkala oilada pinitol moddasining bo'lishi ularning filogcnctik jihatdan yaqinligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |