Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
lariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlar belgilanib,
1
 bu borada 
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish-
ga erishish muhimdir. 
Dunyo rivojlanishining asosiy tendensiyalari orasida jamiyat hayotining    barcha 
sohalarida media vositalarining ta’siri muammolari dolzarblashayotgan paytda infor-
matsion jamiyatga o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi.
XXi asrda axborot, bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish va-
zifasi jahon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda. Bu esa 
ta’lim tizimining yangi, innovatsion tuzilmasini yaratishni taqozo etmoqda. negaki, yan-
gilangan iqtisodiyot innovatsion ta’lim tizimisiz rivojlana olmaydi. Bilimlar hozirgi jahon 
xo‘jalik tizimining qudratli resursi va boyligi ekanligi bois, zamonaviy ta’lim tizimi ham 
dunyo standartlariga hamohang bo‘lishi tabiiy. Milliy ta’lim tizimining modernizatsiya 
qilinayotgan zamonaviy bosqichi fundamental o‘zgarishlar va tizimli yondashuv bilan 
xarakterlanadi. Zero, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda yosh avlodni yetuk kadrlar 
qilib tayyorlashga mas’ul bo‘lgan pedagoglar oldiga qo‘yilayotgan talablar nihoyatda 
yuqori bo‘lib, ular sifat jihatidan yangi, intellektual, ma’nan barkamol va yuksak profes-
sional salohiyatli shaxslarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Zotan, bugungi globallashuv jarayonlarida barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya tizi-
mida ham media aloqa vositalari kirib bormagan jabhaning o‘zi yo‘q.
ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarini  ta’lim  jarayoniga  jalb  etish,  ta’lim-tarbiyaning 
ilg‘or usullarini amaliyotda qo‘llashda ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 
roli tobora ahamiyat kasb etmoqda. O‘z navbatida, bugungi taraqqiyot zamoni yoshla-
rida ham ushbu vositalardan foydalanishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq kuchli.
Soha  istiqbolini,  yoshlarimiz  kamolini  axborot  zamoni  va  makonidan,  demakki, 
media axborot vositalaridan ayro tasavvur etib bo‘lmas ekan, hamma gap   ularning 
mazkur  vositalardan  foydalanish  borasidagi  tushunchalarini,  bilim  va  ko‘nikmalarini 
shakllantirib  borishda.    Bu  muhim  va  kechiktirib  bo‘lmaydigan  vazifa  global  tarmoq 
hisoblangan internetning afzal jihatlaridan oqilona va samarali foydalanish, uning za-
rarli ta’sirlari va salbiy jihatlari, ya’ni axborot xurujlaridan farzandlarimizni himoya qilish 
kabilardan iboratdir.
Bugungi kunda internet orqali amalga oshirilayotgan axborot xurujlari dunyodagi 
har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavf-
sizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo‘shilishi, aynan virtual dunyo 
orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto‘g‘ri tushinilishi, turli xil salbiy kuchlar va 
oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko‘ringan, ammo mohiyatan inson ongiga sal-
biy ta’sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko‘payib borayotganligi hech kimga sir emas. 
aynan jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini olishda aholini 
mediasavodli qilish zarur degan fikrlar ko‘paymoqda. Buning uchun esa:
–  huquqiy  demokratik  jamiyatimizning  to‘laqonli,  faol  fuqarosi  sifatida  amalga 
oshi rilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushinish;
–  OaV  orqali  uzatilayotgan  va  qabul  qilinayotgan  kundalik  axborotni  saralash 
ko‘nikmalarini shakllantirish;
– axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyat-
da to‘g‘ri qaror qabul qilish;
– insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini 
tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
1
 Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari risola. – T., 2017, 70-71-b.


123
– OaV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
–  axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, kimning man-
faatlarini o‘zida aks etayapti degan savollarga javob topa olish zarur.
Mediasavodxonlik OaV bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatdir. informatsion mada-
niyat jamiyatning har bir a’zosi yuqori yoki quyi darajadagi mediasavodxonlikka ega 
bo‘ladi.
Tadqiqotimiz doirasida nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 
Qo‘qon davlat pedagogika institutining “fizika va matematika” fakulteti hamda Tosh-
kent axborot texnologiyalari universiteti “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so-
hasida kasb ta’lim” fakulteti talabalari o‘rtasida ularning mediakompetentlik darajasini 
aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 5 ta savol bo‘yicha   i- va ii- bosqi-
chlardagi 144 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Quyida so‘rovnoma natijalarini tahlil 
qilib o‘tamiz. 
Siz informatsion ma’lumotni ko‘proq qayerdan olasiz? (Quyida savollarga ishtirok-
chilarning necha foizi qanday javob berganini keltirib o‘tiladi.)

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish